Ekologlar eʼtirozlaridan soʻng hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirdi

Chorvoq suv omborida qurilishi rejalashtirilayotgan Sea Breeze Uzbekistan loyihasi qatʼiy ekologik talablar asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga muvofiq, qurilish Chorvoq suv omborining ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi zarur. Mabodo ekotizimga zarar yetkazilgani aniqlansa, loyiha toʻxtatiladi, yer maydoni davlat foydasiga olib qoʻyiladi va investitsiya shartnomasi bekor qilinadi.

Loyihaning eng muhim talablaridan biri — Chorvoq suv omboriga va Chirchiq daryosiga iflos suvlarni tushirish qatʼiyan taqiqlanadi. Investor oʻz hisobidan zamonaviy tozalash va suvni qayta ishlash tizimini oʻrnatishi shart.

Loyihaning har bir bosqichida — hujjat tayyorlashdan to foydalanishga topshirishgacha uning qonuniyligi va shaffofligi Bosh prokuratura hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilinadi. Bosh prokuratura ayniqsa shaharsozlik va ekologik meʼyorlarga amal qilinishiga alohida eʼtibor qaratadi.

Rasul Kusherbayevning aytishicha, qaror qabul qilishda ekologik faollar bildirgan xavotir va eʼtirozlar inobatga olingan.

Xavotir bildirganlar orasida Facebook'da oʻz fikrini bayon qilgan faol Xurshida Yakubova ham bor. U loyihaning Toshkent ichimlik suv taʼminotiga salbiy taʼsiri boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirgan:

«Chorvoq qirgʻogʻida amalga oshirilayotgan Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga qaraganimda, «dengiz — bolalar oʻyinchogʻi emas» degim keladi. Chorvoq nimadan iborat? Bu — Toshkent va uning atrofi uchun strategik ahamiyatga ega ichimlik suv zaxirasidir… 2019 yilda suv hajmi 7 foizga kamaygan va bu yuz minglab gektar qishloq xoʻjaligi yerlarining sugʻorilishida muammolar keltirib chiqargan», — deb yozdi u.

Oʻzbekiston

01.08.2025, 17:01

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?

Chorvoq suv ombori hududida qurilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qonunchilik va xalqaro ekologik majburiyatlarga zid ravishda boshlangan boʻlishi mumkin. 

Oʻzbekiston

06.02.2026, 08:01

Oʻzbekistonda urbanizatsiya poygasi: 2026 yilda 140 ming xonadon uchun uy quriladi

Oʻzbekiston oʻz tarixidagi eng yirik qurilish va urbanizatsiya islohotlari ostonasida turibdi. 2040 yilgacha uy-oʻy qurilishi ikki barabar oshib ketadi! Renovatsiya ulushi 60%ga chiqadi, tadbirkorlar uchun "qurilishga tayyor yer" tizimi joriy etiladi.

Iqtisodiyot

04.02.2026, 12:07

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan

Chorvoq suv ombori boʻyida barpo etilishi rejalashtirilgan Sea Breeze Uzbekistan umummavsumiy kurortining ekologik loyihasi hali Davlat ekologik ekspertizasi markaziga taqdim etilmagan.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 17:12

Baland minorali uylar qanday quriladi?

Dunyoda qurilgan eng baland binolar tajribasi shuni koʻrsatadiki, osmonoʻpar uylar yagona qolip asosida emas, balki har bir hududning iqlimi, zilzila xavfi va shamol bosimiga mos holda loyihalanadi.

Jahon

14.01.2026, 13:09

1966 yil Toshkentdagi zilzila

Qurilayotgan uylarning zilzilaga chidamligi: nima uchun bu muhim va qanday oʻlchanadi?

Oʻzbekiston seysmik faol hududlar qatoriga kiradi va bu mamlakatda qurilayotgan har bir turar-joy va ijtimoiy infratuzilma binolari uchun zilzilaga chidamlik talablari alohida ahamiyatga ega. 

Oʻzbekiston

06.01.2026, 12:40

Nega ayrim mamlakatlar baland minoralar qurishdan voz kechyapti?

Bir vaqtlar dunyodagi eng baland minorani qurish davlat qudrati va iqtisodiy salohiyat ramzi hisoblangan. Biroq soʻnggi oʻn yillikda bu yondashuv qayta koʻrib chiqilmoqda.

Jahon

02.01.2026, 10:18

So‘nggi yangiliklar

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Fan-texnologiya

27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11