Eronga yangi sanksiyalar joriy qilindi
28 sentabrdan eʼtiboran BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qarshi 10 yil avval toʻxtatilgan sanksiyalarni qaytadan amalga kiritdi. Reuters agentligi xabar berishicha, xalqaro tuzilma Tehron sanksiyalarni toʻxtatish evaziga yadro dasturini cheklash boʻyicha 2015 yilgi bitim shartlarini bajarmayapti degan xulosaga kelgan.
Jahon
29.09.2025, 17:00
Ulashish:

Foto: REUTERS
Aslida BMT Xavfsizlik kengashi joriy yil 19 sentabr kuni sanksiyalarni tiklash haqida qaror qabul qilgandi. Ammo bu orada Rossiya va Xitoy tashabbusi bilan sanksiyalarni amalga kiritishni 6 oyga kechiktirish haqida rezolyutsiya loyihasi ovozga qoʻyildi. Ushbu hujjatni Xavfsizlik kengashining 4 aʼzosi (Rossiya, Xitoy, Pokiston, Jazoir) qoʻllab-quvvatladi, xolos. Kengashning 9 aʼzosi qarshi ovoz berdi, ikki davlat betaraf qoldi. Shu tariqa Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash qarori kuchga kirdi.
BMT qayta tiklagan sanksiyalar Eronga qurol-aslaha yetkazishga embargo, bir qator jismoniy va yuridik shaxslar aktivlarini muzlatish kabi choralarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, Eron uranni boyitish va qayta ishlash, yadro quroli tashuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanishi man etiladi.
2015 yilda Eron hamda dunyoning 6 yirik davlati (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Xitoy) oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq, Eron yadro dasturi boʻyicha cheklovlar koʻzda tutilgan edi.
2018 yilda AQSh Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida ushbu bitimdan chiqdi. Eron ham bunga javoban 2019 yilda mazkur bitimdan chiqqanini eʼlon qildi.
Gʻarb davlatlari Eron soʻnggi yillarda yadro dasturini kengaytirgan, uranni boyitish koʻrsatkichi yadro kallaklari yaratishga yaqinlashib qolgan deb hisoblaydi.
Rasmiy Tehron esa yadro dasturi faqat tinch maqsadga qaratilganini aytib keladi. Mamlakat prezidenti Masʼud Pezeshkiyon kuni kecha BMT minbarida ham Eron yadro qurolini yaratishni maqsad qilmaganini yana bir karra taʼkidladi.
Eron AQSh bilan joriy yil apreldan boshlab yadro kelishuvi boʻyicha muzokaralarni qayta boshlagan edi. Ammo Isroil iyun oyida Eronga qarshi keng qamrovli aviahujumlar uyushtirdi.
Isroilning BMT nizomlari va xalqaro huquq meʼyorlariga zid ravishda uyushtirgan hujumi oqibatida bir qator yuqori martabali harbiy mulozimlar hamda yadro sohasi olimlari oʻldirgan.
Iyun oxirlarida esa AQSh havo kuchlari Erondagi uchta yadroviy obʼektga (Fordo, Natanz va Isfahon) bomba tashladi.
Isroil va Eron oʻrtasidagi 12 kunlik urushdan keyin yevrouchlik, yaʼni Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Tehron bilan muzokaralar oʻtkazdi. Yevropa davlatlari muzokara yakunida Eron yadro dasturi boʻyicha majburiyatlarni bajarish borasida qatʼiyat koʻrsatmadi degan xulosaga kelgan va sanksiyalarni qayta tiklash jarayoni boshlangan.
Eron tashqi ishlar vazirligi sanksiyalar qayta tiklanganini huquqiy jihatdan asossiz va nohaq chora deb baholagan. Rasmiy Tehron AQSh va Isroilning iyun oyidagi Eron yadro obʼektlariga harbiy hujumlari xalqaro huquq va oʻzaro kelishuvlarga zid ekanini yana bir karra taʼkidlagan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengashining ushbu qarorini qoralagan. Vazir Sergey Lavrovga koʻra,“Gʻarb davlatlari xalqaro tuzilmalaridan oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda”.
“The Guardian” gazetasi sanksiyalar yuqori inflyatsiya, valyuta taqchilligi kabi muammolardan aziyat chekayotgan Eron iqtisodiyotini yanada ogʻir ahvolga solishi haqida yozdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Netanyahu BMT minbaridan turib Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilishni taklif qilgan edi.
Jahon
29.09.2025, 17:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
