Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 13:33

Tobora ommalashib borayotgan energetik ichimliklarning inson salomatligiga taʼsiri!

Energetik ichimlikdan “huzur qilish” insoniyatga qanchaga tushyapti?

Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarni kim ham xush koʻrmaydi deysiz? Albatta, bunday ichimliklar issiq kunlarda bizning chanqogʻimizni qondirish uchun xizmat qiladi. Ammo ularning shunday turlari borki, uning inson sogʻligʻiga zarari foydasidan koʻra karrasiga ortiq. Bu energetik ichimliklardir. Xoʻsh, bosh miyadan tortib boʻgʻimlargacha shikastlashi mumkin boʻlgan bunday ichimliklar nega oʻylab topilgan edi? Energetik ichimliklar qanday jiddiy kasalliklarga olib keladi? Qonunchilikda qanday choralar mavjud?.. Mazkur savollarga PARADIGMA.UZ tomonidan tayyorlangan navbatdagi maqola orqali javob olishingiz mumkin.

Tobora ommalashib borayotgan energetik ichimliklarning inson salomatligiga taʼsiri!

Tobora ommalashib borayotgan energetik ichimliklarning inson salomatligiga taʼsiri!

Energetik ichimlikdan qachon paydo boʻlgan?

Energetik ichimliklar ilk bor 1960-yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik bu mahsulot Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Ayni shu paytdan boshlab tadbirkorlar bunday ichimliklarni ommalashtirish uchun uning tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalarni qoʻshishni boshlagan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2014-yilga kelib oʻsmirlar oʻrtasida energetik ichimliklar koʻp isteʼmol qilinayotgani yuzasidan xavotirli bayonot bilan chiqadi. 2017-yilda esa AQShda 16 yoshli oʻsmirning oʻlimiga koʻp miqdorda isteʼmol qilingan energetik ichimlik sabab boʻlgani aytildi. Hozirgi kunga kelib dunyoning qator davlatlarida bunday mahsulotlar sotuviga taqiqlar oʻrnatilgan.

Nega shifokorlar bu mahsulotdan tiyilishni tavsiya qiladi?

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimovning soʻzlariga koʻra, energetik ichimliklar meʼyordan ortiq va surunkali isteʼmol qilinsa, bosh miya, markaziy nerv tizimi, boʻgʻimlar va boshqa aʼzolarga jiddiy ziyon yetadi.

“Energetik ichimliklar tarkibidagi kofein — psixostimulyator modda hisoblandi. U vaqtinchalik tetiklik hissini bagʻishlab, charchoqni aritishi, aqliy faoliyatni kuchaytirishi mumkin, ammo maʼlum bir vaqtdan soʻng, masalan, 1–1,5 soat oʻtgach inson organizmida horgʻinlik battar kuchayadi, bosh ogʻrigʻi paydo boʻladi va nafaqat aqliy, balki jismoniy faoliyat ham susayadi. Bunday mahsulotlarni tez-tez isteʼmol qiluvchilarda keyinchalik boʻgʻimlarda ogʻriqlar paydo boʻla boshlaydi va maʼlum bir asoratlarga olib keladi.

Oʻsmirlar va bolalar uchun hafta mobaynida kofein isteʼmolini 60 mg.dan oshirmaslik kerak. Bitta energetik ichimlik tarkibida esa oʻrtacha 30 mg kofein mavjud. Energetiklar ichish 18 yoshga toʻlmagan bolalar va oʻsmirlar, homilador va emizuvchi ayollar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan hamda qandli diabeti bor bemorlarga tavsiya etilmaydi”, deyiladi u tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga berilgan intervyuda.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi masʼul xodimi Sevara Faxrutdinova energetik ichimliklar meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinganda qonda glyukoza miqdori koʻpayib ketishini aytib oʻtgan.

“Oqibatda shakarning ortiqcha qismi yoqqa aylanadi va insulin organizmda koʻpayib, qandli diabetga olib keladi. Eng yomoni, odam bu ichimlikka beixtiyor bogʻlanib qoladi. Qolaversa, energetiklarni koʻp isteʼmol qilish inson tanasidagi hujayra va toʻqimalarga jiddiy zarar yetkazib, jigar, yurak qon-tomir kasalliklariga olib keladi”, deydi u.

Mazkur intervyuda yana bir malakali shifokor Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, tibbiyot fanlari doktori Guli Shayxova esa energetik ichimliklarining tarkibiy tuzilmasini sharhlab, uning inson salomatligiga qay darajada taʼsir qilishini keltirib oʻtgan.

“Yuqori konsentratsiyalangan quvvatbaxsh ichimliklar tarkibida Taurin — energetik jarayonni jadallashtiruvchi va nerv tizimini rivojlantiruvchi modda mavjud. Uning inson organizmi uchun sutkalik meʼyori — 400 mg. Ayrim energetiklar tarkibida esa bu modda 2 barobargacha oshiq boʻladi va oʻsmirlar sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bunday ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli taʼsir koʻrsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.

Masalan, 45 daqiqadan soʻng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qoʻzgʻatadi. 70-80 daqiqadan keyin aks taʼsir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi. Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni oʻtmaslashib, darslarni oʻzlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tugʻilishi ayni shunday illatlarning ham asorati, desak xato boʻlmaydi”, deydi shifokor.

Bundan tashqari, amerikalik tadqiqotchilarning xulosasi shuni koʻrsatmoqdaki, energetik ichimliklar yurakdagi QT intervali (yurakning elektrik sistolasi)ni oʻrtacha 2 soatda 10 millisoniyaga oshiradi. Agar millisoniyalarda oʻlchanadigan ushbu vaqt oraligʻi haddan tashqari uzun yoki kalta boʻlsa, yurak urushida jiddiy oʻzgarishlar yuz beradi. Bu esa hayot uchun xavfli boʻlgan aritmiyaga olib kelishi mumkin.

Oʻzbekiston qonunchiligida energetik ichimliklar masalasi

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, dunyoning turli davlatlarida energetik ichimliklar bilan bogʻliq bir qancha qonunlar mavjud, jumladan, Oʻzbekistonda ham. Mahalliy qonunchilikka koʻra, energetik ichimliklarning oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bu turdagi ichimliklar reklamasida ularni haddan ziyod isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud boʻlishi kerak. Bundan tashqari, reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida tekin tarqatish, asosan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish ham man etilgan.

Balki siz ham yozning issiq kunida salqin energetik ichimlikni icha turib quyidagi maqolani oʻqiyotgandirsiz?! Shuni unutmanki, hayotingizning garovi boʻlgan sogʻligʻingiz oʻz qoʻlingizda, uni asrash esa sizga bogʻliq.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi

Mazkur kitob Rui Gonsales de Klavixo  yozgan mashhur o‘rta asr xronikasi – “Temur huzuriga elchilik” asari asosida yaratilgan. 

Madaniy

21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti

Oq uy Tayvanga qurol-yarog‘ sotish masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda, chorshanba kuni Tramp jurnalistlarga Tayvan prezidenti Lay Ching-te bilan gaplashishini ma’lum qildi.

Jahon

21.05.2026, 14:01

“Insofsiz tekshiruvchilar reyestri” – tadbirkorlar uchun yangi himoya tizimi

1-iyuldan “Yagona davlat nazorati” tizimi ishga tushadi. Endi tadbirkor va mansabdor shaxs o‘rtasidagi muloqotlar nazorat qilinadi. Qoidabuzar tekshiruvchi esa “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.

Oʻzbekiston

21.05.2026, 11:17

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti

Qisqartirishlardan tashqari, Instagram, Facebook va WhatsApp'ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi 6000 kishini ishga yollash rejalarini bekor qiladi hamda 7000 nafar xodimni sun’iy intellekt bilan bog‘liq ish jarayonlariga o‘tkazadi.

Iqtisodiyot

21.05.2026, 10:27

Postsovet ko‘lankasidan qutulayotgan Markaziy Osiyo madaniyati

Markaziy Osiyoni ko‘pincha Rossiya imperiyasining xotiralari, Xitoyning ta’sir doirasi, Ipak yo‘li jozibasi yoki gigant davlatlar raqobati kabi tashqi qarashlar prizmasi orqali ko‘rishgan. Endi eski qolip darz ketib, mintaqa o‘z tarixini so‘zlab berishning yangi yo‘llarini kashf etyapti.

Madaniy

20.05.2026, 17:13

Kam uyqu ham, ko‘p uyqu ham qarishni tezlashtiradi

Yangi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam yoki haddan tashqari ko‘p uyqu miya, yurak, o‘pka va immun tizimining qarishini tezlashtirishi hamda bir qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Madaniy

20.05.2026, 12:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →