Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Fransiya davlati sentabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini mamlakat prezidenti Emmanuel Makron maʼlum qildi. G7 mamlakatlari orasida birinchi boʻlib Fransiya Falastinni tan olish boʻyicha qadam tashladi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

25.07.2025, 10:24

Ulashish:

Fransiya ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Foto: BBC

Qayd etilishicha, Makron X ijtimoiy tarmogʻidagi xabarda Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadigan BMT Bosh assambleyasi sessiyasida bu yangilikni rasman eʼlon qilinishini yozgan.

"Bugungi kunda eng dolzarb masala - Gʻazodagi urushni toʻxtatish va tinch aholini qutqarishdir. Tinchlikka erishish mumkin. Bizga darhol oʻt ochishni toʻxtatish, barcha garovga olinganlarni ozod qilish va Gʻazo aholisiga keng koʻlamli gumanitar yordam koʻrsatish zarur", — deb yozgan u.

 

Falastin rasmiylari Makronning bu qarorini xursandchilik bilan kutib olishdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanʼyaxu esa bu qadam HAMAS'ning 2023 yil 7 oktabrda Isroilga qilgan hujumidan soʻng "terrorni ragʻbatlantirish" deb atamoqda.

 

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Makronning bayonotini "qatʼiyan rad etayotganini" aytib, bu qarorni "behuda" sifatida baholamoqda.

 

G7 yirik sanoatlashgan davlatlar guruhi boʻlib, unga Fransiya bilan bir qatorda AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Kanada va Yaponiya kiradi.

 

"Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlikka boʻlgan tarixiy sodiqligimizga muvofiq, men Fransiyaning Falastin davlatini tan olishi haqida qaror qabul qildim. Biz, shuningdek, HAMAS'ning qurolsizlanishini taʼminlashimiz, Gʻazoni xavfsiz qilishimiz va uni qayta qurishimiz kerak”, —deya yozgan Makron X ijtimoiy tarmogʻida.

 

Shuningdek, u Falastin davlatini barpo etishni va u yerda barqarorlikni taʼminlash kerakligini aytmoqda. Shuningdek, HAMAS qurolsizlantirish va Isroilni toʻliq tan olish orqali Yaqin Sharqdagi barcha davlatlarning xavfsizligiga hissa qoʻshishni kafolatlash kerakligini va hozirgi vaqtda bundan boshqa muqobil yoʻl yoʻq ekanligini taʼkidlamoqda.

 

Makron, shuningdek, Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbosga uning qarorini tasdiqlovchi maktubni ilova qildi.

 

"Bu pozitsiya Fransiyaning xalqaro huquqqa sodiqligini va Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini va mustaqil davlatimizni barpo etishni qoʻllab-quvvatlashini aks ettiradi”, — dedi Mahmud Abbosning oʻrinbosari Husayn al-Shayx.

 

"Biz Prezident Makronning 7 oktabr kungi qirgʻin ortidan Tel-Aviv yaqinidagi Falastin davlatini tan olish qarorini keskin qoralaymiz”, - deya yozgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanʼyaxu X ijtimoiy tarmogʻida.

 

HAMAS Fransiyaning qarori "toʻgʻri yoʻnalishdagi ijobiy qadam" ekanini aytdi va dunyoning barcha davlatlarini "Fransiya ortidan ergashishga" chaqirdi.

 

Bugungi kunda Falastin davlati BMTga aʼzo 193 davlatning 140 dan ortigʻi tomonidan tan olingan. Yevropa Ittifoqining bir necha davlatlari, jumladan, Ispaniya va Irlandiya shular jumlasidandir. Ammo Isroilning asosiy qoʻllovchisi AQSh va uning ittifoqchilari, jumladan, Buyuk Britaniya Falastin davlatini haligacha tan olmagan.

 

Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer payshanba kuni bergan bayonotida juma kuni Fransiya va Germaniya rahbarlari bilan "qotillikni toʻxtatish uchun zudlik bilan nima qilishimiz mumkinligi"ni muhokama qilish uchun "favqulodda qoʻngʻiroq" oʻtkazishini aytdi.

 

Starmerga koʻra, davlatchilik Falastin xalqining ajralmas huquqi va oʻt ochishni toʻxtatish Falastin davlatini tan olish va ikki davlat yechimi bu mojaroning toʻxtatish uchun yaxshi yechim hisoblanadi.

 

Keyirning bayonoti Buyuk Britaniya Fransiya ortidan borishi oʻz deputatlari bosimiga duch kelayotgan bir paytda yangradi.

 

Juma kuni Buyuk Britaniya tashqi siyosatini sinchkovlik bilan oʻrganadigan tashqi ishlar qoʻmitasidagi deputatlarning aksariyati Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirib, u "tan olinishi kerak boʻlgan davlat hali mavjud boʻlganida" harakat qilishi kerakligini qoʻshimcha qildi.

 

“Xalqaro hamjamiyatning Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash va mustaqil davlat tuzish huquqi boʻyicha konsensusini yana bir bor tasdiqlaydi", — deyiladi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Mavzuga oid yangiliklar

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

Erdoʻgʻan: Muammoni hal qilish yoʻli — mustaqil Falastin davlatini tuzishdir

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, Falastin muammosini faqatgina 1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini tashkil etish orqali hal qilish mumkin.

Jahon

14.10.2025, 17:48

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi

AQSh rahbari Donald Tramp Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi urush butunlay tugaganini eʼlon qildi. Uning aytishicha, dushanba yoki seshanba kuni asirlar almashinuvi boʻladi. Shuningdek, u Isroil va Gʻazo oʻrtasidagi tinchlikka erish boʻyichagi Misrdagi imzolash marosimiga ham qatnashish niyati bor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 23:30

Hukumat: Isroil 4 kunda Gʻazoda 118 falastinlikni oʻldirdi

Isroil armiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, 4–7 oktabr kunlari Gʻazo sektoriga 230 dan ortiq zarba berdi.

Jahon

09.10.2025, 12:05

Isroil har kuni Gʻazoda oʻrtacha 92 nafar falastinlikni, jumladan 27 nafar bolani oʻldirmoqda

Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga qarshi hujumlari natijasida har kuni kamida 53 oiladan ikki kishi halok boʻlmoqda.

Jahon

07.10.2025, 12:44

Fransiya Isroildan Global Sumud flotiliyasi qatnashchilarining xavfsizligini taʼminlashni soʻradi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Isroildan Gʻazoga gumanitar yordam olib ketayotgan Global Sumud flotiliyasi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashni talab qildi.

Jahon

02.10.2025, 11:15

So‘nggi yangiliklar

Tramp Eronga yangi rahbar tanlovi haqida bayonot berdi

Tramp Eronning yangi rahbarini tanlash jarayonida AQSh ham rol oʻynashi kerakligini, yangi rahbar mamlakatda “tinchlik va barqarorlik”ni taʼminlashi lozimligini aytdi.  

Jahon

06.03.2026, 16:56

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?

Koʻrfaz davlatlari va Iroq Kurdistonidan farqli ravishda, Ozarbayjon hududida AQSh harbiy bazalari mavjudligi haqida ochiq maʼlumotlar yoʻq.

Jahon

06.03.2026, 16:44

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?

Eronning asosiy diplomatik hamkorlari — Rossiya va Xitoy AQSh–Isroilning Eronga qarshi harakatlarini xalqaro huquq buzilishi deb atadi, urushni qoraladi. Biroq ular harbiy yordam koʻrsatmadi.

Jahon

06.03.2026, 14:09

Oʻzbekistonda kambagʻallik chegarasi 715 ming soʻm etib belgilandi

Oʻzbekistonda 2026 yil uchun kambagʻallik chegarasi sifatida qoʻllaniladigan minimal isteʼmol xarajatlari 715 ming soʻm etib belgilandi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 11:20

Rodrygo

Braziliyalik futbolchi Rodrigo uzoq muddatli jarohat oldi.

Braziliyalik vinger Rodrigo ogʻir jarohat sabab uzoq muddat maydondan chetda qolishi mumkin.

Sport

06.03.2026, 10:12

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat

JSST maʼlumotiga koʻra, har yili dunyoda 1,1 milliondan ortiq odam YTHda halok boʻladi, qariyb 30 million kishi jarohat oladi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 09:24

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq, xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira topshirildi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 07:38

Myunxen Olimpiadasi: sport tarixidagi qora kun

1972 yilgi Myunxen Olimpiya oʻyinlari sport tarixidagi eng fojeali sahifalardan biri hisoblanadi.

Sport

05.03.2026, 14:47

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47