#Gʻazo

Gʻazo yana xavf ostida: Isroil yordam tashkilotlari faoliyatini cheklamoqchi

Isroil hukumati 1 mart kuni urushdan vayron boʻlgan Gʻazo, bosib olingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi 37 ta yordam guruhi faoliyatini taqiqlashini aytdi.

Jahon

26.02.2026, 10:29

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev

Vashingtonda oʻtgan “Tinchlik kengashi” sammitida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi gumanitar inqirozni bartaraf etish va vayron boʻlgan infratuzilmani tiklash yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 08:09

Gʻazo uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablagʻ ajratiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp «Tinchlik kengashi»ga aʼzo davlatlar Gʻazoni tiklash va gumanitar yordam uchun 5 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishini maʼlum qildi.

Jahon

16.02.2026, 09:10

Isroil Gʻazoda majburiy evakuatsiyani boshladi

Isroil armiyasi oktabr oyida eʼlon qilingan sulhdan beri birinchi marta Gʻazo sektori janubida falastinlik oilalarni majburiy koʻchirishga buyruq berdi.

Jahon

22.01.2026, 12:35

Gʻazoda isitish vositalari yetishmasligi bolalar oʻlimiga olib kelmoqda

Gʻazoda sovuq ob-havo va isitish vositalarining yetishmasligi oqibatida yana uch nafar bola hayotdan koʻz yumdi. Rasmiylarga koʻra, qish fasli anklavdagi gumanitar inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda.

Jahon

14.01.2026, 16:23

Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi BMT tomonidan maʼqullandi

17 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan Gʻazo boʻyicha 20 banddan iborat rejaning rezolyutsiyasini maʼqulladi. Rezolyutsiyani 13 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Somali qoʻllab-quvvatlagan, qarshi ovoz boʻlmagan, Rossiya va Xitoy esa betaraf qolgan.

Jahon

19.11.2025, 09:52

Gʻazo dunyodagi eng koʻp nogiron bolalar yashaydigan hududga aylandi

Gʻazo sektori dunyodagi eng koʻp nogiron bolalar yashaydigan hududga aylandi. 2023 yil oktabrda boshlangan Isroilning ikki yillik hujumlari davrida Gʻazoda 5 mingdan ortiq insonning qoʻli yoki oyogʻi amputatsiya qilindi. 2025 yil sentabr oyiga kelib, Gʻazoda 170 690 dan ortiq odam jarohatlangan. Ularning kamida toʻrtdan biri uzoq muddatli reabilitatsiyaga muhtoj. 

Jahon

11.11.2025, 11:38

Isroil Gʻazoga zarba berdi, Tramp otashkesim bekor boʻlmaganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi HAMAS isroillik asirlarning jasadlarini topshirmaganini bahona qilib, Gʻazo sektoriga kuchli aviazarbalar berdi. Hujumlar natijasida kamida 33 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok boʻldi. Bayt-Laxiya, al-Burayj, Nusayrat va Xan Yunis hududlaridagi uylar hamda maktablar zarar koʻrdi.

Jahon

29.10.2025, 11:13

Gʻazo SSV: Isroil topshirgan 30 nafar falastinlik jasadida qiynoq belgilari bor

Otashkesim va asirlar almashinuvi kelishuvi doirasida Isroil tomonidan yana 30 nafar falastinlik mahbus jasadi qaytarildi. 

Jahon

23.10.2025, 12:24

Isroil Gʻazoga 153 tonna bomba tashlaganini Netanyahu tan oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu amalga oshirilgan havo hujumlari orqali otashkesimni buzganini tan oldi va Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga soʻnggi hujumlar paytida 153 tonna bomba tashlaganini maʼlum qildi.

Jahon

22.10.2025, 10:05