Ham aytamiz, ham qaytamiz. Quvilgan amaldorlar hukumatga qaytmoqda
Prezident yoki Administratsiya tomonidan tanqidlar bilan ishdan olingan amaldorlar ishdan ketmaydi, ularni quyida vaqtinchalikka pastroq lavozim kutadi.
Siyosat
03.09.2024, 16:37
Ulashish:

Ham aytamiz, ham qaytamiz. Quvilgan amaldorlar hukumatga qaytmoqda
Bugun, 3 sentabr kuni Oʻzbekistonda rasmiy dam olish kuni hisoblanadi. Lekin prezident yigʻilishida "faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygani" alohida taʼkidlanib, ishdan olingan Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi boʻldi.
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida hokim vazifasida ishlagan Xudoyberdiyev 2024 yilning 17 iyul kunida prezident oʻtkazgan videoselektorda yaxshi ishlamagani uchun qattiq tanqid bilan ishdan olingan edi.

Xudoyberdiyevning 2020 yilda fermerlarni haqoratlab, soʻkib tashlagani yozib olingan audiosi ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib, keng muhkamalarga sabab boʻlgandi. Shundan soʻng, unga nisbatan qayd etilgan moddalar bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari — 4 mln 460 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Koʻp holatda prezident yo uning Administratsiyasi qaysidir amaldorni tanqid qilib, nadomatlar bilan ishdan oladi. Lekin bu bir muddatlik, chunki ana shunday shov-shuv bilan ishdan olinib, keyin biroz vaqt oʻtib, hamma unutganda yo boshqa xabar bilan chalgʻiganda birovga indamay boshqa amalga tayinlanadi.
Ulardan yana biri 2023 yilning 16 yanvar kuni Energetika vazirining sobiq oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev boʻlib, u anomal qish sharoitida energetika inqirozi fonida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi Farhod Abdurahmonov bilan bir qatorda ishdan olingan edi.

Lekin oradan bir oy oʻtar-oʻtmas, 16 fevral kuni Xitoy kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda umumiy quvvati 2000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha memorandum imzolash marosimida energetika vazirining sobiq oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev ham ishtirok etdi.
Shunda Sherzod Xoʻjayev hozirda Energetika vazirligida qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgani maʼlum boʻlgan.
Ishdan qattiq tanqidlar bilan quvilib, keyin yana hammaning esidan chiqqach, yangi lavozimga oʻtirib olish bizda odatiy holga aylanyapti. Bu roʻyxatni esa yana davom ettirish mumkin. Shu yerda qiziq savol tugʻiladi, qattiq tanqidlar bilan ishdan olinish va imi-jimida lavozimga oʻtirib olish orqali kim kimni aldayapti?!
Mavzuga oid yangiliklar

Suddan qochib ketgan sobiq Rossiya amaldorining jasadi topildi
Jahon
24.09.2025, 15:00

Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishining nomiga olingan kreditni oʻzlashtirgani aniqlandi
Oʻzbekiston
04.02.2025, 10:42
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
