Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi banklardan tobora ko‘proq qarz olyapti. 2026 yil boshidan buyon jismoniy shaxslarning banklar oldidagi qarzi 19,5 trillion so‘mga (20,3 milliard dollar) yetdi. Eng qizig‘i — qarzning o‘sishi ipotekada emas. Eng tez o‘sayotgan segment kredit kartalari va overdraftlar bo‘lib, 33,5 foizga oshgan.

Ulashish:

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida aholining banklar oldidagi jami qarzi qariyb $20,3 milliardga yetgan.

Hisob-kitobda 1 dollar 11 800 so‘mdan olingan. (Bu 2026 yil sentyabr boshidagi Markaziy bank kursi bo‘lib, hisobot sanasidagi kursdan farq qilishi mumkin. Shu sababli dollar qiymati taxminiy va taqqoslash uchun keltirilgan).

Аҳолининг банклар олдидаги қарзи $20,3 миллиардга яқинлашди

2026 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklari jismoniy shaxslarga ajratgan kreditlar qoldig‘i 239 trillion 801 milliard so‘mga, ya’ni taxminan $20,3 milliardga yetdi. Yil boshidan buyon aholi qarzi 8,9 foizga — 19 trillion 518 milliard so‘mga (taxminan $1,65 milliard) oshgan, deyiladi Markaziy bank ma’lumotlarida.

Bu raqamning o‘zi unchalik ajablanarli emas – O‘zbekistonda aholining kredit olishi so‘nggi yillarda muntazam oshib bormoqda. Qiziqarlisi, aholi qarzi banklarning umumiy kreditlaridan ham tezroq o‘smoqda. Ayniqsa, kundalik xarajatlarni qoplash uchun olinadigan kreditlar tez ko‘paymoqda.

 

Aholining qarz olish sur’ati bank kreditlarining umumiy o‘sishidan o‘zib ketdi

O‘zbekiston banklarining umumiy kredit portfeli — ya’ni nafaqat aholiga, balki biznesga, davlat sektoriga va boshqa qarz oluvchilarga berilgan kreditlar — shu davr ichida 604 trillion 2 milliard so‘mdan 644 trillion 637 milliard so‘mgacha ($51,2 milliarddan $54,6 milliardgacha) oshdi, ya’ni 6,7 foizga. Jismoniy shaxslar qarzi esa 8,9 foizga oshdi.

Natijada aholining banklar umumiy kredit portfelidagi ulushi yil boshidagi 36,5 foizdan avgustga kelib 37,2 foizga ko‘tarildi.

Farq uncha katta emas, lekin yo‘nalish barqaror: banklar korporativ sektorga nisbatan jismoniy shaxslarga kredit berishni kengaytirmoqda.

Аҳолининг банклар олдидаги қарзи $20,3 миллиардга яқинлашди

 

Ipoteka — eng katta kredit segmenti va tez o‘smoqda

Aholi qarzining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i – 88 trillion 147 milliard so‘m ($7,47 milliard) ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami kreditlarning 36,8 foizini tashkil etadi. Yil boshidan beri ipoteka kreditlari 11 foizga yoki 8 trillion 751 milliard ($742 million) so‘mga oshgan.

Ipoteka kreditlarining tez o‘sishi asosan, davlat uy-joy dasturlari va subsidiyalangan foiz stavkalari bilan bog‘liq — bular iqtisodiyotning boshqa sohalarida qarz olish qimmat bo‘lsa-da, ipotekani nisbatan arzon vositaga aylantiradi. Hozirda ipoteka eng ko‘p qarz olinayotgan va tez o‘sayotgan kredit turlaridan biridir.

 

Mikroqarz va mikrokreditlar ham tez o‘smoqda

Mikroqarzlar hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ularning umumiy miqdori 51 trillion 141 milliard so‘mga ($4,33 milliard) yetgan va yil boshidan beri 4,7 foizga oshgan.

Mikrokreditlar hajmi esa 40 trillion 474 milliard so‘mdan 46 trillion 744 milliard so‘mga yetib, 15,5 foizga oshgan. Bu kredit kartalaridan keyingi eng yuqori o‘sish sur’ati hisoblanadi.

Mikroqarz va mikrokreditlar — odatda oilalar kundalik ehtiyojlar uchun oladigan, qisqa muddatli, miqdori uncha katta bo‘lmagan kreditlar.

Aynan shu segmentda kuzatilayotgan o‘sish e’tiborga molik. Bu nafaqat ularning qulayligini, balki aholining ayrim qismida kundalik xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ yetishmayotganini ham ko‘rsatishi mumkin.

 

Kredit kartalari va overdraftlar — banklarning jadal o‘sayotgan mahsuloti

Kredit kartalari va overdraftlar hajmi jihatidan eng kichik kredit turlaridan biri. 1-avgust holatiga ularning umumiy miqdori 5 trillion 914 milliard so‘m (taxminan $501 million)ni tashkil etgan. Ammo aynan shu turdagi kreditlar eng tez o‘sgan – yil boshidan beri 33,5 foizga yoki 1 trillion 484 milliard so‘mga oshgan.

Bu ko‘rsatkich mikrokreditlar o‘sishidan (+15,5 foiz) qariyb ikki barobar yuqori. Bu banklar kredit limitli kartalarni faol targ‘ib qilayotganini, aholi esa ulardan ko‘proq foydalanayotganini ko‘rsatadi. Kredit kartasidagi qarzdan foydalanib, uni qayta to‘lash va yana qarz olish mumkin. Undan noto‘g‘ri foydalanilsa, qarz tez ko‘payib ketishi ham hech gapmas.

Avtokredit va ta’lim kreditida o‘zgarishlar katta emas

Avtokreditlar yil boshidan beri 2 foizga oshib, 40 trillion 503 milliard so‘mga ($3,43 milliard) yetdi.

Ta’lim kreditlari esa 1,3 foizga kamayib, 6 trillion 844 milliard so‘mni ($0,58 milliard) tashkil etdi.

Iste’mol kreditlari 3,3 foizga oshib, 508 milliard so‘mga ($43 million) yetgan.

 

Umumiy manzara nimani anglatadi?

Аҳолининг банклар олдидаги қарзи $20,3 миллиардга яқинлашди

Umuman olganda, aholining banklardan olgan qarzi butun iqtisodiyotni kreditlashga qaraganda tezroq oshmoqda. Ayniqsa, mikrokredit va kredit kartalaridagi qarzlar tez ko‘paymoqda.

Ipoteka esa davlat yordami bilan aholining eng katta kredit turi bo‘lib qolmoqda. Ammo qisqa muddatli va garovsiz kreditlarning tez o‘sishi ayrim aholining kundalik xarajatlarini qoplashda qiynalayotganidan darak berishi mumkin.

Agar O‘zbekiston aholisi taxminan 39 million kishi deb olinsa, $20,3 milliardlik kredit qarzi har bir kishiga o‘rtacha $521 dan to‘g‘ri keladi. Yil boshida bu ko‘rsatkich $479 atrofida edi.

Albatta, bu faqat o‘rtacha hisob – aholining hammasi ham bankdan qarz olmagan. Ammo ushbu raqam aholining qarz yuklamasi oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Markaziy bank hozircha ushbu davr va kredit segmentlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik ulushi haqida ma’lumot e’lon qilmagan. Bu ko‘rsatkich kreditlash o‘sishining qanchalik barqaror ekanini baholash uchun muhim.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi

Qirğiziston Rossiyaga iş va’dasi bilan borib, aldangan va uruşga yuboriliş xavfi ostida qolgan qirğizistonlik yigitni vataniga qaytarişni söramoqda.

Siyosat

06.11.2026, 17:40

Diogo Jota xotirasiga bag‘ishlangan gullar va muxlislar qoldirgan yodgorliklar

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar

Futbol millionlab insonlarni birlaştiradigan, muxlislariga unutilmas lahzalar va hayajonli uçraşuvlarni taqdim etadigan sport turi. Biroq uning tarixida faqat gollar, sovrinlar va ğalabalar bilan emas, balki ayançli fojialar bilan ham yodda qolgan voqealar bor.

Sport

06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi

Qozoğistonda benzin, dizel yoqilğisi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini avtomobil transportida olib çiqişga qöyilgan taqiq yana olti oyga uzaytirildi. 

Iqtisodiyot

06.11.2026, 14:48

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?

2026-yilning 3-noyabrida demokrat Gari Piters qayta saylanişga öz nomzodini qöymaganidan söng böşab qolgan örin uçun kuraş keskin tus oldi. Saylov poygasida Demokratik partiya nomzodi Abdul Al-Sayed ğalaba qozondi.

Siyosat

05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi

Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyatiga yakun yasamoqda. Beş karra “Oltin töp” sohibi xayrlaşuv xatida rekordlar va sovrinlardan köra, xalq qalbidan joy oliş muhimroq ekanini ta’kidladi.

Sport

05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi

Donald Tramp jamoasining boş sotsiologi Toni Fabritsio respublikaçilar uçun oraliq saylovlar natijasi salbiy bölgan taqdirda Isroildan siyosiy boşpana söraşini aytdi.

Siyosat

05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi

Miçigan ştatidagi keskin saylovda demokrat Abdul El-Sayed respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozondi. 

Siyosat

04.11.2026, 17:55

Guangzhou Evergrande  футболчисининг мухлислар билан хайрлашуви

Xitoy futbolining qulaşi

Milliardlar nega samara bermadi?

Sport

04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident

Buxoro viloyatida 40 mingga yaqin kişi işsiz, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.

Oʻzbekiston

04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil

Britaniyalik Karl Buşbi dunyo böylab sayohatini qanday yakunladi?

Madaniy

04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?

Samarqandda ŞHT plyus xavfsizlik böyiça ekspertlar muloqoti ötkaziladi

Oʻzbekiston

04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi

Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.

Jahon

03.11.2026, 17:09

Illyustrativ tasvir

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi

Yangi talab tafsilotlari bilan tanişing.

Iqtisodiyot

03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi

Qariyb töqqiz oylik tanaffusdan söng Vaşington, Moskva va Kiyev muzokaraçilari uruş masalasini muhokama qiliş uçun Abu-Dabida bir stol atrofiga yiğiladi.

Siyosat

03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi

Isroil harbiylari bosib olingan Ğarbiy sohildagi Dura şahrida jurnalist Muntasir Nassorning uyiga reyd ötkazib, uni hibsga oldi. 

Jahon

03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?

Germaniyaning 34 ta şahrida ön minglab yoşlar iştirokida namoyişlar ötkazildi. Frankfurtda ğalayonlar tartibsizlik va talonçiliklarga aylanib ketdi.

Jahon

02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 638 628 ta tirik tuğiliş qayd etildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 26 mingtaga kam.

Oʻzbekiston

02.11.2026, 13:03

Illyustrativ tasvir

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi

Uni öğirlab ketişmagan, garovda ham uşlab turişmagan.  Aslida nima bölgan?

Jahon

02.11.2026, 11:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →