Jahon banki Oʻzbekistonga 800 million dollarlik imtiyozli kredit ajratadi
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekistonda ish oʻrinlari yaratish, xususiy sektorni rivojlantirish va xalqaro savdoni kengaytirishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 800 million dollarlik imtiyozli moliyaviy paketni maʼqulladi.
Iqtisodiyot
17.10.2025, 19:24
Ulashish:

Ushbu mablagʻlar mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish, iqtisodiy raqobatni kuchaytirish va strategik tarmoqlarda islohotlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
Jahon bankining dasturi doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishlar amalga oshiriladi:
Ijtimoiy himoya
Kam taʼminlangan oilalar uchun elektr, issiqlik va gaz tariflarining oʻsishi oqibatlarini yumshatish maqsadida bir martalik yordam puli 270 ming soʻmdan 1 million soʻmgacha oshiriladi.
Aholining zaif qatlamlari uchun xususiy va nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlar bozori rivojlantiriladi.
Ayollar huquqlari va iqtisodiy imkoniyatlari
Ish joyidagi zoʻravonlik va kamsitishlarga qarshi huquqiy asoslar kuchaytiriladi.
Ish beruvchilarga ayollarni homiladorligi yoki farzandi borligi sababli ishga olmaslik yoki ishdan boʻshatish taqiqlanadi.
Iqtisodiyot va xususiy sektor
Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etilib, davlat korxonalarini samarali boshqarish va bosqichma-bosqich xususiylashtirish jarayonlari yoʻlga qoʻyiladi.
Teleradio va internet bozorida raqobatni oshirish, davlat kompaniyalarining ustunligini cheklash maqsadida mustaqil telekommunikatsiya regulyatori faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligi
Fermerlar uchun qishloq xoʻjaligi xavflarini sugʻurtalash tizimi joriy etiladi.
Paxta narxini belgilashning bozorga moslashuvchan mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi hamda toʻqimachilik korxonalari fermerlardan xom ashyoni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish imkoniga ega boʻladi.
Xalqaro savdo va raqobat
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni tezlashtiriladi.
Eksport tartibi soddalashtiriladi, ayrim tovarlar uchun ruxsatnomalar bekor qilinadi.
Energetika, neft-gaz, kimyo va qishloq xoʻjaligidagi eksklyuziv imtiyozlar bekor qilinadi.
Energetika va “yashil” islohotlar
Xususiy investorlar uchun elektr energiyasini taqsimlash bozori ochiladi.
Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchilarga isteʼmolchiga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish huquqi beriladi.
Energiya samaradorligini oshirish va issiqxona gazlarini kamaytirish uchun yangi ragʻbat tizimlari joriy etiladi.
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi hamda “yashil” davlat xaridlari tizimiga ekologik mezonlar kiritiladi.
Jahon bankining taʼkidlashicha, bu kreditlar uzoq muddatli va past foizli boʻlib, xalqaro moliya bozorlariga nisbatan ancha qulay shartlarda taqdim etiladi. Shu tariqa Oʻzbekiston qarz xizmatini tejash va mablagʻlarni ijtimoiy hamda iqtisodiy ustuvor yoʻnalishlarga yoʻnaltirish imkoniga ega boʻladi.
Iqtisodiyot
17.10.2025, 19:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Yevropa Ittifoqi G‘azo uchun 1 milliard dollarlik yordam dasturini ishga tushirdi
Jahon
13.07.2026, 18:03

Har uchinchi ishlaydigan oʻzbekistonlikning krediti bor
Iqtisodiyot
04.07.2025, 14:58
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?
Sport
16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov
Madaniy
16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Sun’iy intellekt AQSH va Xitoyning asosiy raqobat maydoniga aylandi
Jahon
15.09.2026, 11:42

Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Jahon
14.09.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
