Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon bankining yangi hisobotiga köra, 2011–2023 yillarda Hindistonda qariyb 500 million kişi kambağallikdan çiqqan. Mamlakatda öta qaşşoqlik darajasi şu davrda 27,1 foizdan 2,6 foizgaça pasaygan.
Jahon
03.11.2026, 17:09
Ulashish:

Hisobotda kambağallik darajasi kuniga 3 dollardan kam mablağ bilan yaşaydigan aholi uluşi asosida baholangan. Jahon bankining ma’lumotlariga köra, kuniga 4,20 dollardan kam mablağ bilan yaşaydigan aholi uluşi ham 2011 yildagi 57,7 foizdan 2023 yilda 16,1 foizga tuşgan. Bu mezon böyiça 496 million kişi kambağallikdan çiqqan.
Jahon banki mutaxassislari bu natijalarni kambağallikni qisqartiriş borasidagi sezilarli yutuq sifatida baholagan. Ularga köra, bunday özgarişga aholi iste’molining ösişi, ayniqsa ayollar örtasida bandlikning oşişi hamda oziq-ovqat subsidiyalari kabi ijtimoiy yordam dasturlarining kengayişi hissa qöşgan.
Hindistonda kambağallikka qarşi kuraşiş dasturlari bir neça hukumat davrida amalga oşirilgan. Sobiq boş vazir Manmoxan Singh qişloq aholisi uçun yiliga kamida 100 kunlik iş bilan ta’minlaş kafolatini beruvçi dasturni yölga qöygan. 2014 yilda hokimiyatga kelgan Narendra Modi hukumati esa töğridan-töğri pul ötkazmalari, bepul oziq-ovqat mahsulotlari va uy-joy bilan ta’minlaş dasturlarini kengaytirgan.
Hozirda Hindistonda taxminan 800 million kişi davlat tomonidan bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi. Şuningdek, qişloq joylarda içimlik suvi tarmoğiga ulangan xonadonlar uluşi 2019 yil avgustdagi 17 foizdan 80 foizdan ziyodga yetgan.
Biroq kambağallikning qisqarişi mamlakatdagi iqtisodiy tengsizlik muammosini hal qilmagan. 2026 yilgi Jahon tengsizlik hisobotiga köra, Hindistonda aholining eng yuqori daromadli 10 foizi milliy daromadning qariyb 58 foizini oladi. Eng kam daromadli 50 foiz aholi hissasi esa atigi 15 foizni taşkil etadi.
Iqtisodçilar tengsizlikning kuçayişini iqtisodiy ösiş samaralari aholi örtasida bir xil taqsimlanmayotgani bilan izohlaydi. Şuningdek, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlaridagi farqlar ham ijtimoiy tafovutni kuçaytirmoqda.
Jahon banki hisobotida kambağallik qisqargani qayd etilgan bölsa-da, kuniga 4,20 dollardan kam mablağ bilan yaşayotgan 233 million kişi hali ham mavjud. Ayrim iqtisodçilar bepul oziq-ovqat dasturining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligi va aholining ovqatlaniş sifatiga ta’siri yuzasidan ham savollar borligini ta’kidlamoqda.
Mutaxassislar Hindistonda kambağallikni yanada qisqartiriş uçun iqtisodiy ösiş bilan birga soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga davlat investitsiyalarini köpaytiriş, şuningdek, daromadlarni qayta taqsimlaş mexanizmlarini takomillaştiriş zarurligini bildirmoqda.
Jahon
03.11.2026, 17:09
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Sun’iy intellekt poygasi: Hindiston Deep Tech uchun $25 milliard yo‘naltirmoqchi
Fan-texnologiya
29.09.2026, 16:13

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
