Isroil Bayrutdagi qurol omboriga zarba berdi
Isroil mudofaa kuchlari Livan "Hizbulloh" harakatining Bayrut chekkasida joylashgan yer osti omboriga zarba berdi. Bu haqida Isroil Mudofaa kuchlari maʼlum qildi.
Jahon
16.10.2024, 14:30
Ulashish:

Isroil Bayrutdagi qurol omboriga zarba berdi
Isroil Mudofaa kuchlarining (IDF) Telegram-kanalida yozilishicha, IDF'ning razvedka koʻrsatmasi bilan "Hizbulloh" tashkilotiga tegishli strategik qurollarga zarba berilgan. Bu qurollar "Hizbulloh" tomonidan Bayrutdagi asosiy tayanch boʻlgan Dahieh hududidagi yer osti omborida toʻplangan.
"98-diviziya Livan janubida "Hizbulloh" nishonlari va hududdagi infratuzilmasiga qarshi cheklangan, mahalliylashtirilgan va operativ faoliyatni davom ettirmoqda. Oʻtgan kun davomida qoʻshinlar oʻzaro otishma va havo zarbalari davomida oʻnlab harbiylarni yoʻq qildi. Qoʻshinlar koʻplab qurol-yarogʻlarni, jumladan, Isroil shimolidagi jamoalarga qaratilgan minomyot va tankka qarshi raketa otish moslamalarini, granata va qoʻshimcha harbiy texnikani aniqladi", deyiladi xabarda.
Isroilning Bayrutga hujumi oqibatida "Hizbulloh"ning 140 dan ortiq nishonlariga havodan zarbalar berilgan. Qurol-yarogʻ omborlari, Isroil hududiga qaratilgan raketalar, infratuzilma shular jumlasidan.
"Bundan tashqari, Isroil Mudofaa kuchlarining Gʻazo sektori shimolida joylashgan HAMASning Havo kuchlari qoʻmondoni Mahmud al-Mabhuhni yoʻq qildi", deyilgan xabarda.
"Al Jazeera" muxbiri Imron Xonning yozishicha, Isroil tomonidan artilleriya otishmalari hali ham davom etmoqda. Isroil "Hizbulloh"ning 140 ta nishoni urganidan soʻng 36 soat ichida Livan janubi hududida 340 ga yaqin havo va artilleriya hujumlari amalga oshirilgan.
"Biroq, "Hizbulloh" tomonidan ularga qarshi kurash olib borilayotgani haqida maʼlumot berilmagan. Ular 24 soat oldin Isroilning dronini urib tushirishga muvaffaq boʻlganliklarini aytishdi, ammo bu ham hali tasdiqlanmagan xabar", deydi u.
Bu kungi mojarodan avval, yaʼni 15 oktabr kuni "Hizbulloh" Isroil shimolidagi Dalton, Dishon, Yaftah va Safed shaharlariga bir kechada toʻrtta raketa hamda 50 ga yaqin snaryad hujumini amalga oshirgandi. Shundan soʻng Isroil shimolidagi Safed va uning atrofidagi hududlarda sirenalar yangragan.
Isroil mudofaa kuchlariga koʻra, snaryadlarning bir qismi tutib olingan. Isroillik harbiylar Livandan uchirilgan ikkita dron qulagani haqida xabar bergan. Qurbonlar haqida maʼlumot ochiqlanmagan.
Jahon
16.10.2024, 14:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Hizbulloh" Isroilga javob qaytardi
Jahon
23.09.2024, 09:25

Livanda minglab odamlarning peyjerlari portlab ketdi
Jahon
18.09.2024, 10:36

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Tramp Gʻazo va Isroil oʻrtasidagi urush tugaganini eʼlon qildi
Jahon
09.10.2025, 23:30

Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishdi
Jahon
09.10.2025, 11:30

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi
Jahon
07.10.2025, 15:01
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
