Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 21.03.2026, 19:42

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Ulashish:

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil harbiylarining taʼkidlashicha, mudofaa tizimini mustahkamlash maqsadida qoʻshinlar Livan chegarasining bir necha nuqtalariga joylashtirilgan. Bu kuchlar Isroilning 2024 yil noyabrdagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvidan beri Livan janubida saqlab turgan beshta pozitsiyasiga qoʻshimcha sifatida kiritilgan.

Livanlik guruh AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyalari davomida oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻldirilishiga “qasos” sifatida yahudiy davlatga qarshi hujumga oʻtgan. Bunga javoban Isroil ham Livanga zarbalar bermoqda.

Shunga qaramay, SAHAL Eron bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashguncha (yoki umuman) Livanga keng koʻlamli bosqin boshlanishi ehtimoli pastligini bildirmoqda.

 

“Hizbulloh”ning zaiflashishi: Eron omili va ichki inqiroz

Isroil razvedkasiga koʻra, “Hizbulloh” Eronning tayyorgarligi va yoʻl-yoʻriqlarisiz parchalanib ketish xavfi ostida. Hozirda Eron rejimi oʻzi omon qolish uchun kurashayotgani sababli guruhga yordam sezilarli darajada kamaygan. Urush boshlanganidan beri guruhning deyarli yagona daromad manbai boʻlgan Eron mablagʻlaridan mahrum boʻlish “Hizbulloh”ga halokatli zarba beradi.

Shuningdek, guruh 2023–2024-yillardagi mojarolar paytida koʻrilgan zararlar uchun tovon puli olmagan oʻz tarafdorlarining ham gʻazabi bilan duch kelmoqda. SAHAL ushbu omillar Livan milliy armiyasi tomonidan “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

 

Raketa hujumlari va Radvan boʻlinmasi

“Hizbulloh”ning Isroilga hujumlariga toʻxtalar ekan, harbiylar aksariyat raketalar dengizga yoki ochiq maydonlarga tushganini, faqat bitta raketa urib tushirilganini qayd etdi.

Isroil tomoni Livan armiyasining “Hizbulloh”ni janubga, Isroil chegarasi tomon harakatlanishdan toʻxtatishga urinishlarini eʼtirof etdi. Maʼlum qilinishiga koʻra, guruhning 2 000 kishilik Radvan maxsus boʻlinmasining asosiy qismi xavfsizlik nuqtai nazaridan Beyrutda qolgan, janubga faqat kichik bir qismi yetib kelgan.

Isroil mudofaa vaziri Israyel Katsga koʻra, Livanga qarshi uyushtirilayotgan hujumlarda nishon guruhning yangi rahbari Shayx Naim Qosim ekanini ochiqladi.

“Livan hukumati va armiyasi "Hizbulloh"ni qurolsizlantirish boʻyicha koʻp marta ogohlantirilgan edi. Ular harakat qilmadi, endi esa biz oʻzimizni qanday himoya qilishni bilamiz. Ushbu kampaniya nafaqat Eronning, balki ‘Hizbulloh’ning ham butunlay tor-mor etilishi bilan yakunlanadi”, dedi SAHAL Bosh shtabi boshligʻi, general-leytenant Eyal Zamir.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Ҳизбуллоҳ ракеталари

Livandan Isroilga 35 ta raketa uchirildi

Yakshanba kuni ertalab Hizbulloh jangarilari Isroil shimoliga 35 ga yaqin raketa otgan, bu Isroilning qarshi hujumiga sabab boʻlgan, deya xabar beradi Isroil va Livan manbalari.

Jahon

11.03.2024, 09:47

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi

Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.

Jahon

17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi

Moskva 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni ham jazoni o‘z yurtida davom ettirish uchun topshirishga tayyorligini bildirgan, ammo jarayon huquqiy to‘siqlarga uchramoqda.

Jahon

17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 18-23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi haqida ogohlantirish berildi.

Oʻzbekiston

17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi

Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik sulh rasman kuchga kirgan. Donald Tramp payshanba kuni o‘t ochish to‘xtatilganini e’lon qilib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” ham otashkesimga rozi bo‘lganini tasdiqlagan edi.

Jahon

17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi

Tashiyevning Qirg‘iz futbol ittifoqi prezidenti sifatidagi vakolat muddati tugadi va o‘z ixtiyori bilan lavozimini topshirdi. U “O‘z vazifamni bajarib bo‘ldim” dedi.

Jahon

16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi

Botir Zaripov “Leapmotor” kompaniyasi vitse-prezidenti Ley Ming boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Viloyatda 2026-yilda Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Oʻzbekiston

16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur

Eron bugungi muzokaralar fonida kamida 6 milliard dollarini qaytarishni talab qilmoqda, umumiy muzlatilgan aktivlar esa 100 milliarddan oshadi.

Jahon

16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi

575 million yevrolik keskin tejamkorlik, 2000 tagacha ish o‘rni qisqarishi va Trampning 10 milliard dollarlik sud da’vosi — BBCning turli muammolari bir nuqtada jamlanmoqda. 

Jahon

16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14-aprelda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston

15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Jahon

15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi shunchaki ekologik masala emas, balki jiddiy iqtisodiy xavfdir. Uning natijasidagi yo‘qotishlar Markaziy Osiyoda allaqachon boshlangan.

Iqtisodiyot

15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →