Isroil: Erdoʻgʻan boshchiligidagi Turkiya Isroilga nisbatan diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning taʼkidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan rahbarligidagi hukumat Isroilga nisbatan nafaqat soʻzlarda, balki diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar orqali ham munosabatini namoyon etmoqda.
Jahon
28.10.2025, 17:15
Ulashish:
Saar Budapeshtda Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyyarto bilan qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazdi. U Mojariston poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.
Isroil tashqi ishlar vaziri xalqaro sudda Isroilning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) agentliklariga nisbatan harakatlari koʻrib chiqilganini eslatdi. Unga koʻra, Tel-Aviv hukumati Gʻazodagi BMT agentliklarini qoʻllab-quvvatlash haqida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, Isroil BMTning Falastin qochqinlariga yordam koʻrsatish agentligi (BAPOR) bilan hamkorlik qilmasligi va xalqaro sudlar qarorlarini tan olmasligini taʼkidladi.
Saar Turkiyaning Gʻazoda joylashtirilishi mumkin boʻlgan xalqaro harbiy kuchlarda ishtirok etish ehtimoli haqidagi savolga javoban shunday dedi:
«Erdoʻgʻan boshchiligidagi Turkiya Isroilga nisbatan faqat salbiy bayonotlar bilan cheklanib qolmadi, balki diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar orqali ham oʻz pozitsiyasini koʻrsatdi».
Vazirning soʻzlariga koʻra, Falastin maʼmuriyati ozod etilgan falastinliklarga toʻlovlar amalga oshirmoqda, Yevropa Ittifoq esa bu harakatlar uchun javobgarlik talab qilish oʻrniga, ularni «oqlaydi» va yordam koʻrsatishda davom etmoqda.
Saar taʼkidlashicha, Isroil armiyasining Gʻazo sektoridagi okkupatsiya qilingan hududlardan chiqishi “HAMASning qurolsizlantirilishiga bogʻliq”. Shundan soʻnggina ular kelishuv doirasida chiqishni amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, u Isroil parlamentida okkupatsiya qilingan Gʻarbiy sohilni anneksiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muxolifat kiritganini maʼlum qildi. Saarning taʼkidlashicha, mazkur loyiha AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning Isroilga tashrifi chogʻida muhokamaga kiritilgani “na oqilona, na masʼuliyatli qadam”dir. Hukumat bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlamaydi va qonun parlament tomonidan qabul qilinmaydi.
Shu bilan birga, Isroil tadbirkorlari Vengriyaga mamlakat tarixidagi eng yirik savdo delegatsiyasi bilan yetib borgani, ularning venger hamkasblari bilan 150 dan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvlari oʻtkazishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Xalqaro sud 22 oktabrdagi maslahat xulosasida Isroilning BMT muassasalariga nisbatan cheklovlari xalqaro huquqqa zid ekanini bildirgan. Sudning bayonotiga koʻra, Isroil fuqarolarga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun masʼul boʻlib, BMT agentliklari faoliyatini toʻsish yoki cheklash huquqiga ega emas.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 28 oktabrda Isroil parlamenti BAPORni mamlakat hududida taʼqiqlangan tashkilot deb eʼlon qilgan va shu orqali 1949 yildan buyon amal qilib kelayotgan agentlik faoliyati cheklangan edi.
Jahon
28.10.2025, 17:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”
Jahon
10.10.2025, 18:04
Erdoʻgʻan: “Biz Gʻazodagi vahshiyliklarni toʻxtatish uchun zarur boʻlgan barcha ishlarni amalga oshiryapmiz”
Jahon
12.08.2025, 15:08
Erdoʻgʻan: “Turkiya samarali tashqi siyosat orqali dunyodagi mavqeini mustahkamlamoqda”
Jahon
25.07.2025, 11:04

Erdoʻgʻan bilan koʻrishgan Suriyaning yangi yetakchisi u bilan nimalarni muhokama qildi?
Jahon
07.02.2025, 11:43

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
