Istanbul meri Imomogʻluga yangi ayblov qoʻyildi

Turkiya sudi muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (CHP) yetakchisi, Istanbul meri Ekrem Imomogʻluga nisbatan yangi hibsga olish orderini chiqardi.

Jahon

28.10.2025, 12:51

Ulashish:

«Anadolu» axborot agentligi maʼlumotlariga koʻra, u “siyosiy josuslik”da gumon qilinmoqda. Imomogʻluning oʻzi barcha ayblovlarni rad etgan.

Sud qaroriga koʻra, Imomogʻlu bilan birga «Tele1» telekanali bosh muharriri Merdan Yanardag va merning maslahatchisi hamda saylovoldi tashviqoti menejeri Nechati Oʻzkan ham hibsga olingan. Tergovda ular 2019 yilgi mahalliy saylovlarda firibgarlik orqali ustunlikka erishishni rejalashtirgani, ijtimoiy tarmoqlar va saylovchilarning elektron pochtalariga noqonuniy kirishga urinishgani aytiladi.

Prokurorlar ularni fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini xorijiy razvedka idoralariga yetkazishda ayblamoqda.

«Soʻzju» gazetasi yozishicha, bu qaror iyul oyida josuslikda gumon qilinib hibsga olingan Husayn Gʻunning koʻrsatmalari asosida qabul qilingan. Tergov hujjatlariga koʻra, Gʻun Nechati Oʻzkan bilan aloqalarni saqlab qolgan va «Tele1» telekanali faoliyatiga taʼsir koʻrsatgan.

Ekrem Imomogʻlu mart oyida hibsga olingan, iyul oyida esa davlat amaldorini haqorat qilishda ayblanib, bir yilu sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Unga qarshi korrupsiya ishi ham ochilgan.

Mart oyidan beri Turkiyada taxminan 500 nafar kishi hibsga olingan, ularning koʻpchiligi CHP aʼzolari boʻlib, oralarida Istanbul, Antaliya, Bursa, Chanoqqalʼa, Giresun va Trabzon shaharlari amaldorlari ham bor.

Jahon

28.10.2025, 12:51

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil: Erdoʻgʻan boshchiligidagi Turkiya Isroilga nisbatan diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning taʼkidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan rahbarligidagi hukumat Isroilga nisbatan nafaqat soʻzlarda, balki diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar orqali ham munosabatini namoyon etmoqda.

Jahon

28.10.2025, 17:15

Туркия Ғазога инсонпарварлик ёрдамларини оширди

Turkiya Gʻazoga insonparvarlik yordamlarini oshirdi

Turkiya Yaqin Sharqda urush boshlanganidan buyon Gʻazoga 100 ming tonnadan ortiq gumanitar yordamini yuborgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Jahon

14.10.2025, 14:41

Turkiyada ogʻir ahvolga tushib qolgan 13 yoshli oʻzbekistonlik bola vatanga olib kelindi

2025 yil 8 oktabr kuni soat 20:35 da Istanbuldan Fargʻona xalqaro aeroportiga 13 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi xavfsiz ravishda Vatanga qaytarildi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 18:22

Donald Tramp: “Erdoʻgʻan juda toʻgʻri ish qildi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazoda otashkesim jarayonida Turkiyaning katta hissasi boʻlganini taʼkidladi. 

Jahon

10.10.2025, 18:04

Odam savdosi bilan shugʻullanganlar Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Odam savdosi bilan shugʻullanganlar Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida odam savdosi bilan shugʻullanib kelgan hamda qidiruvda boʻlgan quyidagi ikki ayol Oʻzbekistonda deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Oʻzbekiston

26.09.2025, 13:09

Jahon musulmon ulamolari Turkiyada yigʻildi

Jahon musulmon ulamolari Turkiyada yigʻildi

Kecha, 22 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon musulmonlari ittifoqi va Turkiyadagi Islom ulamolari jamgʻarmasi tomonidan 8 kunlik “Gʻazo konferensiyasi” boshlandi. Bu haqda Anadolu AA xabar berdi.

Jahon

23.08.2025, 12:45

So‘nggi yangiliklar

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37