Kolumbiyada prezidentlikka nomzod saylovoldi tashviqotida otib ketildi
Kolumbiyada prezidentlikka nomzod boʻlgan 39 yoshli senator Migel Uribe Turbay poytaxt Bogotada boʻlib oʻtgan saylovoldi mitingi chogʻida ikki bor boshiga oʻq uzilishi oqibatida ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar qildi.
Jahon
09.06.2025, 11:06
Ulashish:

Kolumbiya bosh prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, hodisa joyida 15 yoshli gumonlanuvchi qoʻlga olingan.
Uribe darhol "Santa Fe Foundation" kasalxonasiga vertolyotda yetkazilgan. Uning tarafdorlari shifoxona atrofida tun boʻyi hushyorlikda ibodatda boʻlishdi.
Uribeninng rafiqasi, Mariya Klaudiya Tarazona, uning omon qolishi uchun xalqni ibodat qilishga chaqirdi:
Uribe aʼzo boʻlgan konservativ "Demokratik markaz" partiyasi bu hujumni keskin qoralab, uni "Kolumbiya demokratiyasi va erkinligiga tahdid" deb atadi.
Bogota meri Karlos Fernando Galan kechasi shifoxonada senator zudlik bilan operatsiya qilinganini va ahvoli ogʻir ekanini maʼlum qildi.
Shifoxona yakshanba kuni ertalab Uribe bosh miyasida va chap sonida tibbiy muolajalar oʻtkazilgani, u intensiv terapiya boʻlimida hushsiz yotganini bildirdi. Uning ahvoli juda ogʻir deb baholanmoqda.
Mahalliy OAVlarga koʻra, voqeadan soʻng politsiya qurollangan hujumchini taʼqib qilib, uni oyogʻidan otib qoʻlga olgan. Bosh prokuratura tarqatgan bayonotda gumonlanuvchi 9 mm kalibrli "Glock" toʻpponcha bilan ushlangan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Foto: DW
Kolumbiya ichki ishlar vaziri Pedro Sanches bu hodisani "pastkashona hujum" deb atab, jinoyatchilar haqida maʼlumot berganlarga 3 milliard peso (730 ming AQSh dollari) miqdorida mukofot vaʼda qildi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham bu hujumni "demokratiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid" sifatida baholadi.
Shunga qaramay, koʻplab kolumbiyaliklar soʻnggi paytlarda hukumat va muxolifat oʻrtasida kuchaygan keskin va tahdidli siyosiy ritorikani tanqid qilishmoqda.
Hodisa oldidan bir hafta Kolumbiya siyosiy hayoti taranglashgan edi. Prezident Gustavo Petro konstitutsiyaviy oʻzgarishlar uchun xalqdan bevosita qoʻllab-quvvatlov olishga urinayotgan edi. Muxolifat, xususan Uribe, bu tashabbusni noqonuniy deb atagan edi.
“Bugun bu — ogʻriqli kun. Bizda siyosiy farqlar bor, ammo ular siyosiy xolos. Eng muhimi — kolumbiyaliklar yuragidan chiqayotgan ijobiy energiyani birlashtirib, doktor Migel Uribenning hayotini saqlab qolishga harakat qilishimiz kerak”, — dedi Kolumbiya prezidenti.
Maʼlumot uchun, Uribe 2024 yil oktabr oyida 2026 yil prezidentlik saylovlari uchun oʻz nomzodini eʼlon qilgan edi. U 2022 yildan buyon senat aʼzosi boʻlib keladi.
U Kolumbiya siyosatida yirik oʻrni boʻlgan Uribe–Turbay sulolasidan chiqqan. Otasi kasaba uyushma yetakchisi va tadbirkor boʻlgan. Onasi esa taniqli jurnalist Diana Turbay boʻlib, u 1991 yilda Pablo Eskobar boshchiligidagi Medelin karteli tomonidan oʻgʻirlab ketilib, qutqaruv amaliyoti vaqtida halok boʻlgan edi.
Jahon
09.06.2025, 11:06
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07
So'nggi yangiliklar

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin
Sport
05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi
Jahon
05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi
Jahon
05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda
Jahon
30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda
Jahon
30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi
Jahon
30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?
Jahon
30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda
Oʻzbekiston
28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

