Mas’ud Pezeshkiyon iste’foga chiqmoqchi(mi?)
Yangi xabarga ko‘ra, amaldagi Eron prezidenti Oliy rahnamo idorasiga ariza topshirgan. Arizada “prezident va hukumat asosiy milliy qarorlarni qabul qilish jarayonlaridan chetlashtirilgani” aytilgan.
Jahon
01.06.2026, 14:20
Ulashish:

31-dekabr kuni Buyuk Britaniyada joylashgan muxolif “Iran International” nashri noma’lum manbaga tayanib, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Oliy Rahbar devoniga iste’foga chiqish haqida rasmiy ariza topshirdi, deb xabar berdi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni yuborilgan maktubda Pezeshkiyon prezident va hukumat mamlakatdagi yirik va muhim qarorlar qabul qilish jarayonlaridan amalda chetlatilganini, natijada yuzaga kelgan bo‘shliq orqali Islom inqilobi posbonlari korpusi ichidagi qat’iy siyosat tarafdorlari vaziyatni o‘z nazoratiga olganini ta’kidlagan.
Pezeshkiyon bunday sharoitda hukumatni boshqarolmasligini va qonuniy majburiyatlarini bajarolmasligini, shu sababli zudlik bilan iste’foga chiqishga ruxsat so‘ragan.
Maktub mazmuni hokimiyatning eng yuqori doiralarida muqaddam kuzatilmagan bo‘linish mavjudligidan dalolat beradi.
“Iran International” avvalroq Islom inqilobi posbonlari korpusi prezidentning ko‘plab vakolatlarini bosqichma-bosqich cheklab, hukumatning muhim qismlari ustidan amalda nazorat o‘rnatgani haqida xabar bergan.
Yuzaga kelgan vaziyat Pezeshkiyon ma’muriyatini siyosiy va ijroiy boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan.
Tasnim xabarni rad etdi
Eron ommaviy axborot vositalari Mas’ud Pezeshkiyon Eron Oliy rahnamosining o‘g‘li Mujtaba Xomanaiy idorasiga iste’foga chiqish haqida ariza topshirganini “yolg‘on” deb atab, zudlik bilan raddiya berdi.
Yarim rasmiy “Tasnim” axborot agentligi hukumatdagi manbasiga tayanib, “prezident iste’foga chiqmadi va bugun o‘z vazifalarini sidqidildan bajardi” deya ma’lum qildi va “uning keyingi ish jadvali odatdagidek davom etishini” bildirdi.
“Tasnim” shuningdek, “Iran International” telekanali Isroilning “Mossad” razvedka agentligi bilan aloqador ekanligini iddao qildi. Biroq Eron rahbariyatidagi ziddiyatlar ommaviy axborot vositalarida bir necha bor yuzaga qalqib chiqdi.
Muxolifatchilar, Isroil va G‘arb manbalariga ko‘ra, qat’iy siyosat tarafdori bo‘lgan Islom inqilobi posbonlari korpusi AQSH bilan diplomatik muzokaralar hamda mamlakat ichidagi noroziliklarni bostirishni amalda o‘z nazoratiga olgan va sobiq oliy rahbar Ali Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan jarohatlangan Mojtaba Xomanaiyning o‘rnini egallagan.
“Iran International” nashrining qo‘shimcha qilishicha, Pezeshkiyon faqat nomigagina prezident bo‘lib, deyarli hech qanday real hokimiyatga ega emas va hatto o‘z vazirlar mahkamasini shakllantirishga ham qiynalmoqda.
Pezeshkiyon mavhum bayonot berdi
Pezeshkiyon esa iste’foni tasdiqlamasdan yoki inkor etmasdan, rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda mavhum so‘zlar bilan chiqish qildi.
U X sahifasida shunday deb yozdi:
“Katta qiyinchiliklarga bardosh bermay turib, ularga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Bu o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan faqat jamoatchilik xabardorligi va hamkorligi bilangina o‘tish mumkin”.
“Biz jamiyatning barcha qatlamlari muammolarni hal qilishda ishtirok etishi uchun xalqqa mavjud voqelikni aniq-ravshan tushuntirishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qilgan Eron prezidenti.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Mavzuga oid yangiliklar

Buyuk Britaniya AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini olqishladi
Siyosat
26.08.2026, 11:47

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
