AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Iyun oyida tuzilgan kelishuvda “barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarni tezda batamom to‘xtatish” e’lon qilingan edi, biroq u ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi.
Siyosat
13.08.2026, 13:37
Ulashish:

Eronlik rasmiyning Reuters nashriga aytishicha, Eron va AQSh Fors ko‘rfazidagi urushni butunlay to‘xtatish sa’y-harakatlari yuzasidan hamon kelisha olmayapti.
Manbaning ta’kidlashicha, iyun oyida kelishilgan vaqtinchalik bitimni tiklash va uni amalga oshirish muddatlarini belgilash bo‘yicha hech qanday siljish bo‘lmagan.
Bu bayonot Donald Trampning 10-avgust kuni mintaqadagi kemalarga qilingan yangi hujumlar ortidan Eron rahbariyatiga qarshi keskin tanqidi fonida yangradi.
Iyun oyida tuzilgan kelishuvda “barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarni tezda batamom to‘xtatish” e’lon qilingan edi, biroq u ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi: Tramp 7-iyul kuni bitim “yakunlangani”ni, bir hafta o‘tib esa Eron Tashqi ishlar vazirligi uning amal qilishi “to‘xtatilgani”ni ma’lum qildi.
AQSh Eronni kelishuv doirasida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi yuk tashish yo‘lagini qayta ochish majburiyatini bajarmaganlikda ayblamoqda.
Tehronning ta’kidlashicha, Vashington va’da qilgan majburiyatlarini, jumladan, Eron portlarini qamal qilmaslik va muzlatilgan Eron aktivlarini ozod qilishni amalga oshirmagan.
“Vositachilar orqali muhokama qilinayotgan masalalardan biri AQShning muvaqqat kelishuvga qaytishi va majburiyatlarni bajarish uchun muddat belgilashidir. Bu masalada hech qanday siljish bo‘lgani yo‘q”, — dedi eronlik manba.
Tramp 12-avgust kuni AQSh Hormuz bo‘g‘ozi ustidan “to‘liq nazoratni” o‘rnatganini aytgandi. Biroq Eron tomoni u yopiqligicha qolayotganini va Tehron shartlari qabul qilinmaguncha ochilmasligini ma’lum qildi.
“Eron faqat gapiradi-yu, amal qilmaydi. Endi u Yaqin Sharqning zo‘ravoni emas”, – dedi Tramp o‘zining “Truth Social” platformasida.
Mojaro davomida Tramp goh vaziyatni keskinlashtirish bilan tahdid qilsa, goh tinchlik kelishuvi yaqinligi haqida da’vo qildib turgan.
Muddatni uzaytirishdan darak yo‘q
2-fevralda AQSh va Isroil Eron hududiga hujum boshlaganidan beri, minglab odam halok bo‘ldi Ularning aksariyati Eron va Livan hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eron Ummon, Iordaniya, Quvayt, Isroil, BAA va Saudiya Arabistonidagi AQSh obyektlari hamda infratuzilmalariga zarbalar berdi.
Iyun oyidagi vaqtinchalik sulh kelishuviga ko‘ra, tomonlarga Tehronning yadroviy dasturini cheklash va AQSh sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha yakuniy bitimga erishish uchun 60 kun muxlat ajratildi. Bu muddat tomonlarning o‘zaro roziligi bilan uzaytirilishidan umid qilingandi.
12-avgust kuni Turkiyaning Anadolu agentligi, Pokiston hukumati manbalariga tayanib, 60 kunlik muddatni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatgan. Biroq eronlik manba buni rad etdi.
Kemalarga hujumlar
Urushgacha Eron va Ummon o‘rtasidagi tor suv yo‘lagi – Hormuz bo‘g‘ozi orqali jahon nefti va suyultirilgan tabiiy gaz oqimining qariyb beshdan bir qismi tashilgan.
Urush boshlanganidan keyin Brent markali neft narxi keskin oshib – urushdan oldingi darajadan qariyb 75 foizgacha – bir barrel uchun 126 dollargacha yetdi.
12-avgust kuni neft narxlari avval oshdi, keyin esa 2026-yilgi neftga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari pasaygach, o‘zgaruvchan savdolarda barqarorlashdi. Brent nefti bir barrel uchun qariyb 88 dollar, AQShning WTI nefti esa 83 dollar atrofida sotildi.
Mavzuga oid yangiliklar

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri
Siyosat
20.08.2026, 14:50

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada
Siyosat
15.08.2026, 12:13

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas
Siyosat
18.08.2026, 11:50

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi
Siyosat
15.07.2026, 15:11
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
