Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Eksportchi Qozog‘iston uchun yuqori narxlar tushumlarni oshiradi. Neft importiga tayanadiganlar esa ortiqcha xarajatlar va yoqilg‘i narxlarining ko'tarilishiga duch kelishi mumkin.
Jahon
14.09.2026, 16:56
Ulashish:

Jahon neft bozori yangi haftani yuqori narxlar bilan boshladi. Brent nefti 14-sentabr kuni bir barrel uchun $100 dan oshdi.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Brent narxi dushanba kuni $107,61gacha ko‘tarilgan, WTI toifasidagi neft esa $102,53 atrofida bo‘lgan.
Narxlarning o‘sishiga Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi, Saudiya Arabistoni energetika infratuzilmasiga hujumlar va global neft ta’minotidagi uzilishlar sabab bo‘lmoqda.
Markaziy Osiyoga ta’siri
Yuqori neft narxlari Qozog‘iston uchun nisbatan ijobiy omildir. Mamlakat mintaqadagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, eksportdan tushadigan daromadlar davlat moliyasi va tashqi savdoda muhim o‘rin tutadi.
2026-yil Qozog‘iston budjeti bir barrel neft uchun $60 narx asosida hisoblangan. Shuning uchun Brentning $100dan yuqori bo‘lishi uzoq davom etsa, mamlakatning eksport tushumlari va budjet daromadlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy Osiyoning barcha davlatlari ham yuqori neft narxidan bir xil darajada foyda ko‘rmaydi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlar uchun neft va neft mahsulotlari narxining oshishi import xarajatlarini ko‘paytirishi mumkin. Ayniqsa, transport va logistika xarajatlari oshsa, bu oziq-ovqat va boshqa tovarlar narxiga ham bilvosita ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi ayrim davlatlar Rossiyadan keladigan yoqilg‘iga ham bog‘lanib qolgan. Masalan, Tojikiston 2026-yilning birinchi yarmida import qilgan 599,5 ming tonna neft mahsulotining 91,1 foizini Rossiyadan olgan.
Shu sababli neft narxining uzoq vaqt $100dan yuqoriligicha qolishi mintaqa uchun ikki xil manzara yaratadi: eksportchi Qozog‘iston qo‘shimcha daromad oladi, importga tayanadigan davlatlarda esa yoqilg‘i, transport va inflyatsiya bosimi oshishi ehtimoli yuqori.
Jahon
14.09.2026, 16:56
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Rossiya neft ishlab chiqarish hajmi yanvardan beri 940 ming barrelga kamayib ketdi
Jahon
14.09.2026, 15:54

Dunyoda inflyatsiya yana kuchaymoqda
Iqtisodiyot
10.09.2026, 10:38

Eron mojarosidan global kompaniyalar 25 mlrd dollar ziyon ko‘rdi
Jahon
18.05.2026, 11:57

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
So'nggi yangiliklar

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
