updated: 22.03.2026, 17:51

Qobiljon millatchilik qurboni

Bugungi globallashuv davrida millatchilikning yangi shakllari namoyon boʻlmoqda. Migratsiya oqimlari, iqtisodiy tengsizlik va madaniy idenitet yoʻqolishidan qoʻrquv jamiyatda “biz” va “ular” qarama-qarshiligini kuchaytirmoqda.

Jahon

22.12.2025, 11:02

Ulashish:

Qobiljon millatchilik qurboni

Bugungi globallashuv davrida millatchilikning yangi shakllari namoyon boʻlmoqda. Migratsiya oqimlari, iqtisodiy tengsizlik va madaniy idenitet yoʻqolishidan qoʻrquv jamiyatda “biz” va “ular” qarama-qarshiligini kuchaytirmoqda. Bu holat keskinlashganda ijtimoiy nizolarga sabab boʻladi, agressiv shaklga kirganda esa ksenofobiya, murosasizlik va boshqa millatlarga nisbatan dushmanlikni yuzaga keltiradi.

Markaziy Osiyo kontekstida millatchilik masalasi ayniqsa nozik. Bu hududda milliy oʻzlikni anglash koʻp millatli jamiyat uchun muhim vosita hisoblanadi. Millatni sevish va millatchilik oʻrtasida aniq farq va meʼyor mavjud. Ushbu meʼyor buzilishi esa ijtimoiy taranglikni keltirib chiqarishi mumkin. Sogʻlom milliy gʻurur jamiyatni birlashtirsa, oʻz millatini ustun qoʻyish va boshqalarni kamsitish davlatlararo munosabatlarda ham ziddiyatlarga sabab boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Shu kunlarda 10 yoshli tojikistonlik bola — Qobiljon Aliyevning vafoti jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab boʻldi. Hodisa maktab hududida sodir boʻlib, unda 15 yoshli oʻsmir gumonlanmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi voqeani shaxsiy telefoni orqali tasvirga olgan.

Maʼlum qilinishicha, Uspenskiy maktabining 9-sinf oʻquvchisi boʻlgan gumonlanuvchi avval maktab ichida harakatlanib, keyin boshqa oʻquvchilar bilan birga boʻlgan Qobiljon bilan toʻqnash kelgan. Voqea davomida maktab xodimlari vaziyatni bartaraf etishga uringan. Qobiljon esa vahima holatida maktab zinapoyasi tomon harakatlangan. Afsuski, hodisa ogʻir oqibat bilan yakunlangan. Gumonlanuvchi voqea kuni ustida “No lives matter” (“Hech bir hayot ahamiyatga ega emas”) degan yozuv tushirilgan futbolka kiyib yurgani ham qayd etilgan.

Mahalliy jurnalistlar xabar berishicha, Tojikiston rasmiylariga Qobiljon Aliyevning jasadini olib kelish va dafn marosimlari bilan bogʻliq jarayonlarni tasvirga olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berilgan. Aytilishicha, bu cheklovlar aeroportda ham, marhumning tugʻilgan qishlogʻida ham amal qilgan. Professional videokameralardan foydalanish taqiqlangan, natijada hodisaga oid faqat guvohlar tomonidan telefon orqali olingan videolar mavjud. 

Rasmiy idoralar tomonidan mazkur cheklovlarga oid izoh berilmagan. Norasmiy manbalar esa qaror “yuqoridan” berilganini taʼkidlamoqda. Jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga koʻra, voqeaning keng muhokama qilinishi ayrim doiralarga maʼqul emas. Biroq faollar taʼkidlashicha, xotira va haqiqatni toʻliq nazorat qilish imkonsiz, vaqt oʻtishi bilan voqealar baribir oshkor boʻladi.

Qayd etilishicha, qotillikda gumonlanayotgan oʻsmir hodisadan bir necha kun avval 11 sahifalik “Mening gʻazabim” nomli manifest yozib, tanishlariga tarqatgan. Unda boshqa din va millat vakillariga, ayniqsa migrantlarga nisbatan keskin nafrat ifodalangan.

Namoyish etiladigan videolarda esa “soʻz isboti bilan” degan naqlga guvoh boʻlish mumkin.

Tojikistonlik siyosatshunos Muhammad Shamsuddinov ushbu hodisaga munosabat bildirib, Qobiljonni “tizim oʻldirdi”, deya bayonot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra:
“Soʻnggi ikki yil ichida radikallashuv darajasiga yetgan segregatsiya va aparteid muhiti bu fojiaga olib keldi. Doimiy bayonotlar, qonun loyihalari, davlat telekanallaridagi chiqishlar va natsistik kontent tarqatiladigan Telegram kanallari bu muhitni shakllantirdi”.

Shuningdek, u migrantlarga qarshi muntazam reydlar va aeroportlarda uzoq davom etadigan tekshiruvlar ham bunday fojialar uchun zamin yaratayotganini taʼkidladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining ushbu voqeani keskin qoralashi va hamdardlik bildirishi rasmiy Dushanbe masalaga jiddiy yondashayotganini koʻrsatadi. Bu holat ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar uchun ham muhim sinov boʻlib xizmat qilmoqda. Tergovning ochiqligi esa nafaqat adolat, balki ishonch masalasidir.

Xulosa qilib aytganda, Odinsovodagi maktab fojiasi yakka jinoyat doirasidan ancha keng. Bu hodisa radikal gʻoyalar, yoshlar ongiga taʼsir, maktablar xavfsizligi va migrant bolalar himoyasi kabi muammolarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Jahon

22.12.2025, 11:02

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →