Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
AQŞ sudi Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga nisbatan suiqasd rejasini taşkil etişda ayblangan Assif Merçantni 27,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Jahon
18.11.2026, 14:28
Ulashish:

BBC
AQŞda pokistonlik fuqaro Assif Merçant mamlakat siyosiy rahbarlariga nisbatan suiqasd uyuştirişga urinişda ayblanib, 27,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 48 yoşli Assif Merçant Bruklindagi federal sud qarori bilan 330 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. U xalqaro miqyosdagi terrorçilik harakatini amalga oşirişga uriniş va yollanma qotillikni taşkil etiş bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topilgan.
Tergov ma’lumotlariga köra, Merçant 2024 yilda AQŞga siyosiy arboblarga nisbatan suiqasd rejasini amalga oşiriş maqsadida kelgan. AQŞ prokuraturasi uning rejasi Donald Tramp, öşa paytdagi prezident Jo Bayden va sobiq BMTdagi AQŞ elçisi Nikki Heyli kabi siyosiy şaxslarga qaratilganini bildirgan.
AQŞ rasmiylari Merçant uşbu rejani Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) topşiriği bilan tayyorlaganini da’vo qilmoqda. Prokuratura talqiniga köra, bu harakat 2020 yil yanvar oyida AQŞning Bağdoddagi zarbasi oqibatida IIQKning sobiq qömondoni Qosim Sulaymoniy öldirilgani uçun qasos oliş bilan boğliq bölgan.
Merçant sud jarayonida Erondagi oilasiga tahdidlar sababli uşbu rejaga majburan jalb qilinganini aytgan. U aniq bir şaxsni öldiriş böyiça bevosita körsatma olmaganini ham bildirgan.
Iş materiallariga köra, Merçant murojaat qilgan şaxs uning rejasi haqida huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Keyinçalik u FBR bilan hamkorlik qilgan. Merçant suiqasdni amalga oşiriş uçun yollanma ijroçilar deb öylagan şaxslar bilan muzokara olib borgan, ammo ular aslida FBRning yaşirin xodimlari bölgan.
U 2024 yil 12 iyul kuni Texas ştatida qölga olingan. Sud hay’ati 2026 yil mart oyida uni aybdor deb topgan.
AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, sud hukmi 17 noyabr kuni e’lon qilingan.
Eron rasmiylari esa AQŞ siyosatçilariga nisbatan suiqasd rejalaştirilgani haqidagi ayblovlarni rad etib kelgan.
Jahon
18.11.2026, 14:28
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu
Jahon
25.08.2026, 14:01

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda
Jahon
28.07.2026, 13:45
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
So'nggi yangiliklar

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22

Özbekistonda noyabr oxirida havo 22 darajagaça isiydi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 12:39

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02

Bugundan bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometriya talablari özgardi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 10:31

Toşkentda 9 oyda 300 dan ortiq OIV yuqtiriş holati aniqlandi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 10:21

Şohrux Ğiyosov lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
15.11.2026, 17:09

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
