Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 10:50

Turkiyada Istanbul meri hibsga olinishi ortidan ommaviy namoyishlar boshlandi

Istanbul shahri meri, Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻanga muxolifatchi boʻlgan Respublika xalq partiyasi vakili Akrom Imomoʻgʻli hibsga olinganidan keyin koʻplab turkiyaliklar ommaviy ravishda namoyishga chiqdi. Bu haqda "BBC news" nashri maʼlum qildi.

Turkiyada Istanbul meri hibsga olinishi ortidan ommaviy namoyishlar boshlandi

Turkiyada Istanbul meri hibsga olinishi ortidan ommaviy namoyishlar boshlandi

Qayd etilishicha, namoyishchilar Istanbul shahar hokimligi, Imomoʻgʻli saqlanilayotgan politsiya boʻlimi, Istanbul universiteti va boshqa joylarda yigʻilib, turli shiorlar bilan mitinglar uyushtirmoqda. Mamlakat politsiyasi esa shahar hokimligini oʻrab olgan, yoʻllarning bir qismi hamda Taksimning markaziy maydonini toʻsib qoʻygan. 

"Bu toʻntarishga urinish boʻldi. Akrom Imomoʻgʻlining prezidentlikka nomzod boʻlish erkinligi tortib olinmayapti, bu millatdan uni saylash erkinligi tortib olinmoqda", deydi Respublika xalq partiyasi rahbari Ozgur Ozel shahar hokimligi binosida yigʻilganlar oldida qilgan nutqida.

Voqea joyidan olingan kadrlarga koʻra, politsiya Istanbul universiteti hududida talabalarni tarqatib yuborish uchun maxsus vositalardan foydalanmoqda. Ular Akrom Imomoʻgʻlining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomi boʻlmagani uchun, prezidentlik saylovida ishtirok eta olmasligi qaroriga nisbatan norozilik bildirib chiqqan. Qaror siyosatchi hibsga olinishidan biroz oldin qabul qilingan. 

Yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan Respublika xalq partiyasi qurultoyida Akrom Imomoʻgʻli 2028 yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi sifatida eʼlon qilinishi kutilgan edi. Turkiyada muddatidan oldingi saylovlar 2027 yil noyabr oyida boʻlib oʻtishi mumkin. 

Aytilishicha, Imomoʻgʻli korrupsiya va terroristik tashkilotlar bilan aloqadorlikda tergov qilinmoqda. Tergov doirasida 100 ga yaqin odam, jumladan siyosatchilar, jurnalistlar va ishbilarmonlar hibsga olingan. 

Imomoʻgʻli hibsga olingandan soʻng, uning ijtimoiy tarmoqlarida "xalq irodasini qoʻrqitish yoki noqonuniy harakatlar orqali bostirib boʻlmaydi”, degan bayonot paydo boʻldi.

"Men nafaqat Istanbulning 16 million aholisiga, balki Turkiyaning 86 million fuqarosiga, shuningdek, butun dunyoda demokratiya va adolatni qoʻllab-quvvatlayotgan barcha insonlarga ishonch bildirgan holda qatʼiy turibman", deya taʼkidlangan bayonotda.

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil: Erdoʻgʻan boshchiligidagi Turkiya Isroilga nisbatan diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saarning taʼkidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan rahbarligidagi hukumat Isroilga nisbatan nafaqat soʻzlarda, balki diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar orqali ham munosabatini namoyon etmoqda.

Jahon

28.10.2025, 17:15

Istanbul meri Imomogʻluga yangi ayblov qoʻyildi

Turkiya sudi muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (CHP) yetakchisi, Istanbul meri Ekrem Imomogʻluga nisbatan yangi hibsga olish orderini chiqardi.

Jahon

28.10.2025, 12:51

Oʻzbekistonlik erkak Turkiyada rashk sabab rafiqasini pichoqlab oʻldirildi

19 avgust kuni gumonlanuvchilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

21.08.2025, 15:18

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Istanbuldagi Otaturk aeroporti Rossiya-Ukraina urushini hal qilish boʻyicha yetakchilarning ehtimoliy sammiti oʻtkaziladigan asosiy joylardan biriga aylanishi mumkin, deb yozadi “Milliyet” gazetasi.

Jahon

18.08.2025, 15:01

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Checheniston rahbari Ramazan Qodirov dengizda choʻkib ketishidan arang qutilib qoldi. Qodirov Sohil Xavfsizlik xodimlari tomonidan qaytarib qolingan. Hozirgi vaqtda uning sogʻligʻi yaxshi.

Jahon

25.07.2025, 15:35

Erdoʻgʻan: “Turkiya samarali tashqi siyosat orqali dunyodagi mavqeini mustahkamlamoqda”

Turkiya rahbari Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanganining 102 yilligi munosabati bilan bayonot berdi.

Jahon

25.07.2025, 11:04

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 46,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,4 foizga oshgani bilan e’tiborli.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi

Narendra Modi koronavirus pandemiyasi davrida qo'llaniladigan masofaviy ish, virtual uchrashuvlar va videokonferensiyalar amaliyotini qayta joriy etish zarurligini aytdi.

Jahon

11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

20 yoshli Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ta'lim

11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Iqtisodiyot

11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi

“Samsung Electronics” kompaniyasi Dua Lipa suratidan televizor sotishda ruxsatsiz foydalangan. Xonanda zararni qoplash uchun 15 million dollar talab qilmoqda.

Jahon

11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi

Fransiyalik professor Florent Montakler filologiya bo‘yicha soxta mukofot joriy etganlikda ayblanmoqda. U shuningdek, soxta “Xalqaro filologiya jamiyati”ni tuzgan va amerikalik tilshunos Noam Chomskiyni ham mukofotlagan.

Jahon

09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?

Pivo iste’moli bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Chexiyada rekord darajadagi pasayish qayd etildi. Pivo zavodlari xavotirda bo‘lsa-da, mutaxassislar bu o‘zgarishga ijobiy baho bermoqda.

Jahon

08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Kolumbiyalik xonanda Shakira payshanba kuni 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini ommaga namoyish qildi.

Sport

08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin

Markaziy Osiyo koridorlari dengiz yo‘llariga nisbatan uzunroq va qimmatroq bo‘lsa-da, barqarorlikni ta’minlay oladi. Yo‘lning arzonligi muhim emas. Muhimi – yo‘lning ishonchliligi.

Jahon

07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi

Joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Iqtisodiyot

06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Ukrainadagi yirik kompaniyalar rahbarlari va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston

06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi

Mahalliy OAV marhum o‘limidan oldin xat qoldirgani haqida xabar bergan, biroq tergovchi buni rad etdi. 

Jahon

06.05.2026, 13:51

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin

FIFA Jahon chempionati boshlanishiga bir necha hafta qolgan bo‘lsa-da,  Xitoy va Hindistonda media huquqlarini sotish bo‘yicha muzokaralar hali tugamaganini ma’lum qildi.

Sport

05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri AQShni, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarini ham ogohlantirdi.

Jahon

05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi

Rossiya 4-may kuni Ukrainaning Merefa shahriga ballistik raketa orqali zarba berdi, oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi. Endi esa Moskva G‘alaba kunini tinch nishonlash maqsadida 8-9-may kunlari uchun vaqtinchalik sulh taklif qilmoqda. 

Jahon

05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Samarqandda davom etayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida bank rahbari Masato Kanda nutq so‘zladi.

Oʻzbekiston

04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi

3-may kuni Niderlandiyaning Oceanwide Expeditions kompaniyasi o‘zining MV Hondius ekspeditsiya kemasida “o‘ta og‘ir tibbiy vaziyat” yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Jahon

04.05.2026, 15:06

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →