YuNISEF: bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizligi uchun yosh cheklovlari yetarli emas
Tashkilotga koʻra, qatʼiy yosh cheklovlari joriy etilgan taqdirda ham bolalar VPN yoki kamroq tartibga solinadigan platformalar orqali ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda davom etishi mumkin. Bu esa ularni himoya qilishni yanada qiyinlashtiradi.
Jahon
16.12.2025, 08:01
Ulashish:

BMTning Bolalar jamgʻarmasi — YuNISEF onlayn makonda bolalar xavfsizligini taʼminlashda faqat yoshga oid cheklovlar bilan cheklanish yetarli emasligini taʼkidladi. Bayonot Avstraliyada oʻsmirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga toʻliq taqiq joriy etilgani fonida eʼlon qilindi.
YuNISEF qayd etishicha, bolalarni raqamli muhitda himoya qilish boʻyicha davlatlarning harakatlari quvonarli, biroq qatʼiy taqiqlar ayrim hollarda aks taʼsir koʻrsatishi mumkin.
«Ijtimoiy tarmoqlar koʻplab bolalar, ayniqsa ijtimoiy jihatdan cheklangan yoki yolgʻiz qolgan oʻsmirlar uchun muloqot, taʼlim olish va oʻzini namoyon qilish imkonini beradigan muhim makon hisoblanadi», — deyiladi YuNISEF bayonotida.
YuNISEF yosh cheklovlari bolalarni zararli kontentdan himoya qilish, ularning shaxsiy daxlsizlik huquqini hurmat qilish va xavfsizligi past raqamli muhitlarga «siqib chiqarmaslik»ni koʻzda tutgan kengroq himoya strategiyasining bir qismi boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek, jamgʻarma qonunchilik choralari onlayn platformalarning bolalar xavfsizligiga sarmoya kiritish majburiyatini almashtira olmasligini bildirdi. YuNISEF fikricha, yoshga oid qonunlar platforma dizayni, algoritmlar va kontent moderatsiyasini yaxshilash oʻrnini bosa olmaydi.
Tashkilot hukumatlar, regulyatorlar va texnologik kompaniyalarni bolalar va ularning oilalari bilan hamkorlikda xavfsiz, inklyuziv va bola huquqlariga hurmat bilan yondashilgan raqamli makon yaratishga chaqirdi.
Avstraliya va boshqa davlatlardagi choralar
- Avstraliyada 10 dekabrdan boshlab 16 yoshga toʻlmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi. Bu dunyoda birinchi bor oʻsmirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini toʻliq cheklaydigan qonun hisoblanadi.
- TikTok, Snapchat, YouTube, X, Facebook va Instagram kabi yirik platformalar qonun doirasiga kiritilgan.
- Qonun talablarini bajarmagan kompaniyalarga 50 million Avstraliya dollarigacha jarima solinishi mumkin.
- Avstraliyadan keyin Daniya hukumati ham 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklash rejalarini maʼlum qildi. Tegishli qonun 2026 yil oʻrtalarigacha qabul qilinishi kutilmoqda.
Jahon
16.12.2025, 08:01
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30
So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi
Oʻzbekiston
16.07.2026, 17:35

O‘zbekistonda kutubxonalar soni oshmoqda
Madaniy
16.07.2026, 16:47

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

Besh yil avvalgi bashorat: Argentina Ispaniyani 3:2 hisobida yutadi
Sport
16.07.2026, 15:16

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku
Siyosat
16.07.2026, 14:45

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi
Jahon
15.07.2026, 17:58

Yevropa Ittifoqi va Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
15.07.2026, 16:51

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 15:40

AQSH Eron portlariga blokada joriy etdi
Siyosat
15.07.2026, 15:11

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlandi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 14:10

Putin endi Si Szinpinning teng hamkori emas, balki kichik sherigiga aylandi
Jahon
15.07.2026, 12:06

AQSH va Rossiya Qozog‘istondagi kosmodromdan kosmik kema uchirdi
Fan-texnologiya
15.07.2026, 11:38

AQSHda musulmon erkak dini tufayli pichoqlandi
Jahon
15.07.2026, 10:02

Xitoyning oylik avtomobil eksporti 1 million donadan oshdi
Iqtisodiyot
14.07.2026, 17:31

Elektromobillarning "umri" qisqami?
Iqtisodiyot
14.07.2026, 14:48

Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 6-klaster bo‘yicha muzokara boshladi
Siyosat
14.07.2026, 14:43

Tramp Kongressga Eron bilan urush qayta boshlanganini bildirdi
Siyosat
14.07.2026, 11:34
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30

