Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Hindiston maktablardan 50 metr radiusda tarkibida yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar savdosi va reklamasini cheklashni rejalashtirmoqda.
Jahon
24.09.2026, 11:32
Ulashish:

Hindiston maktablar yaqinida tarkibida yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar savdosini cheklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi qoidalarga ko‘ra, bunday mahsulotlarni maktablardan 50 metrgacha bo‘lgan hududda sotish va reklama qilish cheklanishi mumkin.
Reuters xabariga ko‘ra, mazkur tashabbus Hindistonda, ayniqsa bolalar orasida semirish ko‘rsatkichlari ortib borayotgani fonida ilgari surilmoqda. Qoida mamlakatdagi qariyb 1,5 millionta maktab atrofida faoliyat yurituvchi do‘konlar, restoranlar va ko‘cha savdosi nuqtalariga ta’sir qilishi mumkin.
Cheklovlar shirin gazli ichimliklar, chipslar, somsalar, pitsa va burgerlar kabi tarkibida yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori mahsulotlarga taalluqli bo‘ladi.
Hindiston Oziq-ovqat xavfsizligi va standartlari boshqarmasi (FSSAI) rahbari Rajit Punxaniga ko‘ra, tashabbusning asosiy maqsadi bolalarda sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ishlab chiqaruvchilarni mahsulot tarkibini qayta ko‘rib chiqishga undashdan iborat.
Qonunning aniq kuchga kirish sanasi hozircha belgilanmagan. Tegishli tashabbus ilk bor 2020-yilda taklif qilingan. Joriy yil avgust oyida (FSSAI) yog‘, tuz va shakar miqdori bo‘yicha cheklov mezonlarini e’lon qildi hamda jamoatchilik fikrini 6-oktabrgacha qabul qilishini ma’lum qildi.
Bolalar orasida ortiqcha vazn muammosi kuchaymoqda
World Obesity Federation ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda 5–19 yoshdagi ortiqcha vaznli yoki semiz bolalar soni 2015-yildagi 28 million nafardan 2025-yilda 41 million nafarga yetgan. Tashkilot prognozlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2040-yilga borib 56 million nafarga yetishi mumkin.
Hindistonning Maxarashtra shtati esa maktablar atrofidagi savdoga nisbatan yanada qat’iy choralarni qo‘llamoqda. Shtat oziq-ovqat xavfsizligi komissari Tukaram Mundhening Reuters’ga aytishicha, maktabdan 50 metr radiusdagi do‘konlarda yuqori yog‘, tuz va shakar miqdoriga ega mahsulotlarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shtat ma’lumotlariga ko‘ra, inspektorlar maktablardan 50 metrgacha bo‘lgan hududda 133 ta do‘konda qoidabuzarlikni aniqlagan va 51 ta do‘konga faoliyatini to‘xtatish buyurilgan.
Tadbirkorlar yangi qoidalardan xavotirda
Yangi tartib maktablar yaqinida ishlaydigan kichik do‘konlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Bhubanesvar shahridagi bir qator do‘kon egalari Reuters’ga savdo hajmi uchdan bir qismga yoki undan ham ko‘proqqa kamayishi mumkinligini bildirgan.
Hindiston Oziq-ovqat savdosi va sanoati konfederatsiyasi ham yangi talablarni bajarish qiyin bo‘lishini ta’kidlagan. Tashkilot maktablarning ko‘pchiligi aholi gavjum bo‘lgan bozor va savdo hududlariga yaqin joylashganini qayd etgan.
Konfederatsiya tayyorlagan hujjatda cheklovlar maktablarning ichki hududi bilan chegaralanishi kerakligi, aks holda tadbirkorlar daromad va tirikchilik manbaidan ayrilishi mumkinligi bildirilgan.
Yirik kompaniyalarga ham ta’sir qilishi mumkin
Yangi qoidalar PepsiCo, Coca-Cola, Mondelez va Nestle kabi yirik xalqaro kompaniyalarga ham ta’sir qilishi mumkin. Ularga tegishli mahsulotlar orasida chips, shokolad, shirin ichimliklar va tez tayyorlanadigan oziq-ovqatlar bor.
PepsiCo Reuters so‘roviga kompaniyaning maktablarda qaysi mahsulotlarni sotish mumkinligini belgilaydigan global siyosatiga havola qilgan. Nestle esa boshlang‘ich va o‘rta maktablarda faqat belgilangan oziqaviy mezonlarga javob beradigan mahsulotlar sotilishiga ruxsat berilishini bildirgan.
Coca-Cola va Mondelez kompaniyalari Reuters so‘roviga javob bermagan.
Dunyoda ayrim davlatlar maktablar atrofida yoki maktablarning o‘zida zararli oziq-ovqat mahsulotlari savdosini cheklash choralarini joriy qilgan. University of North Carolina tadqiqotchilari ma’lumotlariga ko‘ra, beshta davlat maktablar atrofidagi savdoga cheklov joriy qilgan yoki bunday chorani taklif qilgan, 48 ta davlat esa maktablarning ichki hududida bunday mahsulotlar savdosini cheklagan.
Chili 2016-yilda oziq-ovqat mahsulotlarida ogohlantiruvchi belgilarni joriy etish va maktablarda zararli mahsulotlarni sotish hamda targ‘ib qilishni taqiqlash bo‘yicha qoidalarni qabul qilgan. Reuters keltirgan Lancet tadqiqotiga ko‘ra, qonun amalga kirganidan keyin 18 oy o‘tib, ortiqcha vaznga ega bo‘lish ehtimoli qizlarda 2,85 foizga, o‘g‘il bolalarda esa 2,4 foizga past bo‘lgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Chilidagi qoidalar ishlab chiqaruvchilarni mahsulotlar tarkibini qayta ko‘rib chiqishga ham undagan.
Muallif: Hasanboy OCHUN
Jahon
24.09.2026, 11:32
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

Ummon Hormuz bo‘g‘ozida hujumga uchragan tanker ekipajini evakuatsiya qildi
Jahon
07.10.2026, 10:06

Neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar oqibatida Rossiya YaIMining 1 foizini yo‘qotdi – Putin
Iqtisodiyot
02.10.2026, 12:46
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
