Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik
Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.
Jahon
25.02.2026, 13:51
Ulashish:

Volodimir Zelenskiy urush boshlanganining toʻrt yilligiga bagʻishlangan murojaatida Ukraina Rossiya bosqinidan buyon oʻz mustaqilligini himoya qilib kelayotganini, tinchlikka erishish yoʻlida xalqi bergan qurbonliklarga xiyonat qilmasligini taʼkidladi.
“Putin oʻz maqsadlariga erisha olmadi. U Ukraina xalqini sindirolmadi. U bu urushda gʻalaba qozonmadi”, — dedi Zelenskiy seshanba kuni.
“Biz Ukrainani saqlab qoldik. Bundan keyin ham tinchlikka erishish hamda adolatni taʼminlash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz”.
Kiyevda Rossiyaning 2022 yil 24 fevraldagi keng koʻlamli bosqinining toʻrt yilligiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.
Unga Ukrainaning ittifoqchilaridan yuqori martabali mehmonlar, jumladan, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen qatnashdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropadagi eng qonli mojaro boʻlgan bu toʻqnashuvda har ikki tomondan yuz minglab askarlar halok boʻldi yoki yaralandi.
Asosiy vayronkorlik Ukraina hududiga toʻgʻri keladi. Rossiya kuchlari oʻn minglab tinch aholini oʻldirdi. Raketa hamda dron zarbalari bilan Ukraina shaharlarini barbod qildi.
Qoʻshma Shtatlar vositachiligidagi Rossiya bilan tinchlik muzokaralari hudud masalasidagi kelishmovchilik tufayli toʻxtab qoldi.
Jang maydonida toshbaqadek sekin harakat qilayotgan Moskva sharqiy Donetskning qolgan 20 foizini ham soʻramoqda.
Kiyev esa minglab odamlari jonini fido qilib himoya qilgan yerlarining bir qarichidan ham voz kechmasligini qatʼiy taʼkidladi.
Zelenskiy oʻz murojaatida hukumati mustahkam, munosib va barqaror tinchlik istashini bildirdi.
U Ukraina nomidan tinchlik muzokarachilariga aytgan gaplarini eslatdi: “Shuncha yillik mehnatingizni yoʻqqa chiqarmang. Ukraina boshidan oʻtkazgan barcha kurashlarni, jasoratni, qadr-qimmatni – hammasini qadrsizlantirmang. Biz bularni qoʻldan chiqarmaymiz, unutmaymiz va unga xiyonat qilmaymiz”.
Zelenskiy nutqi soʻngida ular tarixdagi eng ogʻir qishdan oʻtayotgani, shuningdek, kelajakdagi Ukraina uchun qadam-baqadam, vazifama-vazifa, yutuqma-yutuq harakat qilayotgani va buning barchasi butun Ukraina xalqining xizmati ekanini aytib oʻtdi.
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy
Jahon
12.05.2025, 13:06

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy
Jahon
29.09.2026, 11:27
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
