Jurnalistlar qotilliklari ochilmay qolmoqda — BMT bosh kotibi

Butun dunyo boʻylab jurnalistlar oʻlimining qariyb 85 foizi hali ham ochilmay qolmoqda. «Chegarasiz muxbirlar» tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2023–2025 yillar oraligʻida kamida 1163 jurnalist hibsga olingan, shulardan 568 nafari 48 mamlakatda hanuz qamoqda qolmoqda. Hibsga olish holatlarining yarmidan koʻpi Belarus, Xitoy, Isroil, Myanma va Rossiya Federatsiyasiga toʻgʻri kelgan.

Jahon

08.11.2025, 11:58

Ulashish:

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan yoʻllagan murojaatida maʼlum qildi.

YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, 2023 yil avgustidan 2025 yil mayigacha boʻlgan davrda 163 nafar jurnalist halok boʻlgan. Ulardan 109 nafari, jumladan 12 nafar ayol jurnalist, mojaro hududlarida, asosan Gʻazo (46 holat), Sudan (13) va Ukraina (8) hududlarida jon bergan.

«Men Gʻazoda jurnalistlarning oʻldirilishini keskin qoralayman. Bu holatlardan gʻazabdaman va mustaqil hamda xolis tergov oʻtkazishga chaqiryapman. Xalqaro jurnalistlarning Gʻazoga kirishini cheklovchi taqiq — mutlaqo qabul qilinmas», — dedi Antoniu Guterrish.

Murojaatda qayd etilishicha, jurnalistlarga qarshi tajovuzlar faqat urush hududlarida emas, tinch mamlakatlarda ham davom etmoqda. Masalan, soʻnggi ikki yil ichida Meksikada 15 nafar OAV xodimi oʻldirilgan.

Jurnalistlar oʻldirilishi boʻyicha tasdiqlangan holatlardan eng koʻpi arab davlatlarida (82), keyingi oʻrinlarda Lotin Amerikasi va Karib hududi (34), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (30), Afrika (5) hamda Yevropa va Shimoliy Amerika (12) davlatlarida qayd etilgan.

BMT maʼlumotlariga koʻra, jahon boʻylab jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlik darajasi 2022 yilga nisbatan bir foizga kamaygan boʻlsa-da, hanuz 85 foiz qotillik ochilmay qolmoqda. Eng koʻp jazosizlik  Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida kuzatilgan, keyingi oʻrinlarda Osiyo-Tinch okeani va Afrika keladi. Bu holatga huquqni muhofaza qilish tizimlarining zaifligi, korrupsiya, siyosiy irodaning yoʻqligi hamda siyosiy arboblar va jinoiy tuzilmalar oʻrtasidagi aloqalar sabab boʻlmoqda.

«Erkin va mustaqil jurnalistika — jamiyatning eng muhim neʼmatlaridan biri. Ammo jurnalistlarga qarshi hujumlar davom etmoqda. Davlatlar jurnalistlarni oʻldirganlik uchun jazosizlikka chek qoʻyish maqsadida tezkor, xolis va mustaqil tergov oʻtkazishlari shart», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Jahon

08.11.2025, 11:58

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi BMT tomonidan maʼqullandi

17 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan Gʻazo boʻyicha 20 banddan iborat rejaning rezolyutsiyasini maʼqulladi. Rezolyutsiyani 13 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Somali qoʻllab-quvvatlagan, qarshi ovoz boʻlmagan, Rossiya va Xitoy esa betaraf qolgan.

Jahon

19.11.2025, 09:52

AQSh BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts BMT Xavfsizlik kengashini Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Jahon

23.10.2025, 16:27

BMT: Dunyo boʻylab 122 million kishi urush va zoʻravonlik sababli uyini tark etgan

BMTning qochqinlar ishlari boʻyicha Oliy komissari Filippo Grandining maʼlum qilishicha, 2015 yildan buyon dunyoda urushlar va zoʻravonlik tufayli oʻz uyini tashlab ketishga majbur boʻlganlar soni deyarli ikki baravar oshib, 122 million nafarga yetgan.

Jahon

07.10.2025, 17:43

Yaqin yillarda Orolboʻyi mintaqasining 80 foizida yashil qoplamalar hosil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi 80-sessiyasida Orolboʻyi ekotizimini qayta tiklash boʻyicha ishlar izchil davom etayotganini taʼkidladi. 

Oʻzbekiston

30.09.2025, 13:15

Urbanizatsiya Konstitutsiya va inson huquqlarini oyoq osti qilmasligi kerak

BMTning maxsus maʼruzachisi Balakrishnan Rajagopal mamlakatimizda tegishli uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirish masalalarini oʻrganish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi veb-saytiga koʻra, "Janob Rajagopal milliy qonunchilik va amaliyotda tegishli uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirishni, shu jumladan uy-joyning arzonligi va arzonligi xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganadi. majburiy koʻchirish. Unda Oʻzbekiston hukumati tomonidan aholining barcha guruhlari uchun munosib uy-joy huquqini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi, shuningdek, iqlim inqirozining ushbu huquqqa taʼsiri va aholining uy-joy masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki oʻrganiladi. 

Oʻzbekiston

30.08.2024, 17:49

Daniya, Gretsiya, Pokiston, Panama va Somali BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzolari etib saylandi

Daniya, Gretsiya, Pokiston, Panama va Somali payshanba kuni ikki yillik muddatga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzolari etib saylandi.

Siyosat

07.06.2024, 13:05

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17