Kogonda halokatga uchragan avtobusda 54 nafar maktab oʻquvchisi boʻlgan

«Paradigma.uz» jamoasi Kogon tumaniga tashrif buyurib voqeani yaqindan oʻrganish maqsadida surishtiruv oʻtkazdi.

Ulashish:

Voqea sodir boʻlgan chorrahani koʻzdan kechirganimizda svetofor ishlab turgani sababli, mashinalar tartib bilan harakatlanayotganini guvohi boʻldik. Asfaltda esa tormoz bosganda yuzaga keladigan bir qancha izlarni koʻrdik. Tasvirga olishni boshlaganimizdan koʻp vaqt oʻtmay ichki ishlar xodimlari yetib kelib bizni soʻroqqa tuta boshladi… Shundan soʻng bizni Kogon tuman IIB binosiga olib borib suhbatlashishdi va qoʻyib yuborishdi.  

Keyin esa biz bolalar tahsil olayotgan Kogon tumanidagi 5-makatabga borib masullaridan  voqea boʻyicha intervyu olishga harakat qildik. Maktabga borganimizda Milliy Gvardiya xodimlari darvoza oldida turgan edi, ular maktabga kirmasligimizni soʻrashdi, bir necha daqiqadan keyin esa ketib qolishdi. Biz direktor bilan uchrashish uchun yana kirmoqchi boʻldik, ammo bu safar oʻqituvchilar qattiq qarshilik koʻrsatdi…


Maktabdan soʻng Kogon shahar shifoxonasi yetib borib avtobusda avariyaga uchrab kasalxonaga olib kelingan bolalar ahvoli haqida maʼlumot soʻradik.

Shifokorlar kasalxonada bemor bolalar qolmaganligini aytishdi. Ammo sinchiklab qaraganimizda bir qancha bolalar palatalarda yotganligini koʻrdik. Bemor qiz va uning vasiylari bilan suhbatlashdik, ular maktab maʼmuriyatidan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Biz kasalxonadan chiqqanimizdan bir necha daqiqa oʻtib yana ikki nafar avtobusda boʻlgan bolalarga koʻzimiz tushdi. Aniqlashimizcha, bizni borishimizda xabar topgan shifokorlar birdaniga bolalarni uyiga javob bera boshlagan, baʼzilarini esa bizdan yashirishgani maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng, Buxoro shahar shifoxonasiga kelib, kasalxona maʼmuriyatidan bemor bolalar va ularning ahvoli haqida maʼlumot oldik. Tashrif chogʻida holati nisbatan yaxshi boʻlgan bemor oʻquvchilar bilan ham suhbatlashdik.

Halokatga uchragan avtobusda boʻlgan bolalarning koʻpchiligi bilan suhbatlashganimizda deyarli ularning barchasi, maktab tomonidan teatrga borishga majburlanganligini, majburiy pul yigʻilganligini va tiqilinch avtobusda olib ketilganligini aytishdi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan bogʻlanishga harakat qildik, ammo qoʻngʻiroqlarimiz javobsiz qoldi.

Halokat sodir boʻlganidan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining vaziyat yuzasidan bergan dastlabki maʼlumotlarida bir nafar yoʻlovchi tan jarohati olgani, 25 nafar yoʻlovchilarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgani aytilgan edi. Shifokorlar bizga taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra avtohalokat sodir boʻlganidan soʻng  Buxoro shahar shifoxonasiga 16 nafar, Kogon shahar shifoxonasiga 22 nafar Avtobusda boʻlgan bemorlar olib kelingan. Shundan ham bilish mumkinki 24 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan  avtobusda sigʻimidan ortiq yoʻlovchi tashilgan. Oʻquvchilarning bizga aytishicha maktabning 9-10-11-sinflardan tashkil topgan jami 130 ta yoʻlovchilar 2 ta avtobusga taqsimlangan. Halokatga uchragan avtobusda taxminan 54 nafar oʻquvchi boʻlgan. 4 nafar oʻquvchi avtobusdagi tiqilinch sabab teatrga borishdan bosh tortib uyiga ketgan.

Joriy yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan maktablarda davomatni yaxshilash va oʻquvchilar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har bir maktabga Milliy Gvardiya xodimlari biriktirildi. Oʻquvchilarning davomati gvardiya xodimlarining qattiq nazoratiga olindi. Umuman olganda, maktab tizimi hukumatning asosiy eʼtibor nuqtasida, ishlab chiqilayotgan qonun va hujjatlar ham oʻquvchilarning xavfsizligi va sifatli taʼlim olishi yoʻlidagi harakat belgisidir, ammo ijro etish masalasida masullar tomonidan koʻplab xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Buni aniqlashga uringanimizda esa koʻplab chalkashliklar va suʼniy toʻsiqlarga duch keldik.

Masalan, voqea haqidagi dastlabki rasmiy xabarlarda Avtobus haydovchisi halok boʻlgani aytilgan edi. Biz surishtiruv boshlaganimizda esa haydovchi tirik ekanligi maʼlum boldi. Halok boʻlganlar esa 2 nafar 9-sinf oʻquvchilari.

Shu oʻrinda, masullar javob berishi kerak boʻlgan bir qancha savollar tugʻiladi.

Oʻquvchilarni dars vaqtida teatrga olib borishga va buning uchun majburiy pul yigʻishga maktabning harakatlari qanchalik qonunga toʻgʻri keladi?  Bu boʻyicha Maktabgacha va maktab talimi vazirligi munosabat bildiradimi?

Avtotransport bilan safarlar tashkillashtirilganda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash kimnning zimmasida? Avtobusda kallona boʻlib xarakatlanishida xavfsizlik uchun patrul xodimlari kuzatuvi taminlanishi kerak emasmi?  

24 kishiga moʻljallangan avtobusda 54 nafar yoʻlovchi tashilgani va ularning sogʻligʻi va xavfsizligi xatarga qoʻyilgani uchun kim javob beradi?

Jurnalistlarning  kasbiy faoliyatini olib borishida toʻsiqlar va bosimlar oʻtkazishga harakat qilinayotgani achinarli holat, chunki biz shu jamiyatning faol vakili sifatida bunday holatlar qaytarilmasligi uchun mutasaddilar tomonidan xulosalar chiqarilishi va bu xatoliklar yurtimiz hududida boshqa qaytarilmasligi yuzasidan kerakli tizimli ishlar qilinishi tarafdorimiz.

Mavzuga oid yangiliklar

Buxoroda avariyaga uchragan avtobus haydovchisi toʻliq tuzalib ulgurmay qamoqqa olindi

Manbaalarga koʻra avtobus haydovchisi shifoxonada qamoqqa olingan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshligʻi bilan telefon orqali bogʻlanganimizda hech qanday maʼlumot berishni istamadi.

Oʻzbekiston

01.04.2024, 12:02

Boliviyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 31 kishi halok boʻldi

Boliviyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 31 kishi halok boʻldi

Kecha, 17 fevral kuni Boliviyada yoʻlovchi avtobus jarlikka qulab ketishi oqibatida uning ichida boʻlgan 31 kishi halok boʻldi. Bu haqda mamlakat mahalliy politsiyasiga tayangan holda "Amerika ovozi" ("Voice of America") nashri maʼlum qildi.

Jahon

18.02.2025, 10:44

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

Yaponiyada kuchli boʻron oqibatida 30 kishi halok boʻldi

20 yanvardan boshlab yogʻgan yomgʻir va qor oqibatida 100dan ortiq odamlar jabrlandi. Qariyb ikki metrli qor toʻplamini tozalashda hukumatning himoya kuchlari yordam bermoqda.

Jahon

04.02.2026, 15:26

Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbulning Bekirkyoy tumanida oʻzbek maktabi qurilishini boshlab berdilar.

Oʻzbekiston

30.01.2026, 10:29

Oʻzbekistonliklar boʻlgan sayyohlik kateri halokatga uchradi

Taylandning Pxuket oroli yaqinida sayyohlarni olib ketayotgan kater halokatga uchradi. Hodisa vaqtida kema bortida Oʻzbekiston fuqarolari ham boʻlgan.

Oʻzbekiston

13.01.2026, 15:52

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26