updated: 22.03.2026, 17:43

Кредит расмийлаштириш билан боғлиқ фирибгарлик 42 фоизга ошди — Омбудсман

2024 йилда кредит расмийлаштиришга оид фирибгарлик ҳолатлари 42 фоизга ошгани аниқланди. Бу ҳақда Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (Омбудсман) хабар берди.

Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik  42 foizga oshdi — Ombudsman

Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik 42 foizga oshdi — Ombudsman

Унга кўра, Омбудсманга фуқаролардан иқтисодий ҳуқуққа оид 6 мингдан ортиқ мурожаатлар келиб тушган. Ушбу мурожаатларнинг 9 фоизи фирибгарлик ҳолатлари билан боғлиқ бўлган. 

Фуқароларнинг шахсий маълумотлари асосида турли тижорат банкларидан кредит ажратиш ҳолатлари сезиларли даражада кўпайган. 2023 йилда шундай мурожаатлар сони 110 тани ташкил қилган бўлса, 2024 йилда бу рақам 42 фоизга ошган. 

Мурожаатларнинг 60 фоизида ўзини "Click" компанияси ёки Марказий банк ходими сифатида таништирган шахслар фуқароларнинг шахсий маълумотларидан фойдаланган ҳолда, онлайн кредитлар расмийлаштирган. Айрим ҳолатларда эса бир шахс номига 5-6 та тижорат банкларидан кредитлар олинган.

"Ушбу мурожаатлар юзасидан Ички ишлар органлари терговчилари томонидан тижорат банкларига ушбу фуқаролар кредит маблағларидан ўзлари фойдаланмаганлиги ҳамда фуқаровий даъвогар деб топилганлиги, шунингдек, айбдор шахслар топилгунига қадар кредит қарздорлиги ҳамда унга фоизлар ҳисоблашни тўхтатиб туриш юзасидан топшириқлар юборилган", дейилади Омбудсман томонидан берилган хабарда.

Марказий банк томонидан тақдим этилган маълумотларга кўра, 2024 йилда фирибгарлик йўли билан фуқаролар номига онлайн кредит ажратиш орқали 463 та ҳолатда қарийб 15 млрд сўм миқдорда моддий зарар етказилган.

Бир нарсани йодда тутиш зарурки, ахборот технологиялар ривожланган сари, янгидан-янги алдов ва фириб бериш усуллари ҳам ўйлаб топилмоқда. Ахборот хавфсизлигини таъминлаш ва фирибгарлик ҳолатларидан сақланиш учун қуйидаги тавсияларга риоя қилиш тавсия этилади: 

— Паспорт маълумотлари, банк карталари рақами ва PIN-код каби шахсий маълумотларни ҳеч кимга ошкор қилманг.
— Шахсий маълумотларингизни ижтимоий тармоқларда ёки номаълум шахсларга юборишдан сақланинг. 
—Телефонга келган тасдиқлов кодлари, пароллар ёки банк иловаларига кириш маълумотларини ҳеч кимга айтманг.
— Ижтимоий тармоқлар ёки электрон почта орқали келган нотаниш файллар, ҳужжатлар ёки ҳаволаларни юклаб олманг. Улар вирус ёки зарарли дастур бўлиши мумкин. 
— Нотаниш рақамлар, хусусан чет эл рақамларидан келган қўнғироқлар ва видеоқўнғироқларга жавоб берманг. 
— Агар кимдир ўзини банк ходими ёки бошқа ташкилот вакили сифатида таништирса, уларнинг шахсини тасдиқлаш учун расмий каналлар орқали маълумот олинг.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi

 Bu haqda studiya direktorlar kengaşi raisi Yuliana Slaşçyova 9 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya mediaforumida ma’lum qildi.  

Madaniy

10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi

12 noyabr kuni Özbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari örtasida bölib ötadigan örtoqlik uçraşuviga hakamlar tayinlandi.

Sport

10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →