“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik sayyoh Tailandga qilgan sayohati va u yerda guvoh bo‘lgan ma’naviy inqiroz haqida e’tiborga molik post e’lon qildi.
Madaniy
06.07.2026, 15:30
Ulashish:

Taniqli yozuvchi Muhammad Ismoil oʻzining Facebook sahifasida Tailandning mashhur kurort shahri — Pattayaga qilgan sayohati taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Muallif yorqin reklamalar ortida yashiringan achchiq haqiqat, fahsh va ma’naviy inqiroz haqida jiddiy mulohaza yuritgan.
Turistik agentliklar taqdim etayotgan jozibador manzaralar va va’dalarga uchmaslikka chaqirgan sayyoh, Pattayadagi haqiqiy ahvolni dunyoni larzaga keltirgan jinoiy jinsiy ekspluatatsiya markazlariga qiyoslaydi.
Muallifning yozishicha, shaharda axloqsizlik, narkotik moddalar va jinsiy manipulyatsiyalar har qadamda uchraydi.
Shifoxonalarda $10 000 evaziga bir kunda jins o‘zgartirish amaliyotlari o‘tkazilishi, ko‘chalarda ochiqchasiga qoradorilar arzon narxda sotilishi, shuningdek, voyaga yetmagan qizlarning fohishalikka jalb etilgani sayyohni larzaga solgan.
"Islovotxonalar har qadamda 24 soat ishlaydi. Ko‘chada yurishingizga qo‘ymaydi. Nomiga massajxona, aslida esa maishatxona. Xizmat turlari narxi o‘ttiz mingdan ikki yuz ming so‘mgacha va undan yuqori. Hech qanday til bilishingiz shart emas, shunchaki boshingizni liqillatib rozilik bersangiz kifoya. Pul bo‘lsa, hamma muammo hal bo‘ladi", — deydi muallif.
"Faqat meva yedim va suv ichdim"
Mahalliy oshxona ham o‘zbekistonlik sayyohga ma’qul kelmagan. Ko‘chalarda hasharotlar, kaltakesak va turli qumursqalardan tayyorlangan taomlar sotilishi sababli, u sayohat davomida faqat meva-cheva va suv bilan kifoyalanganini aytadi.
Biroq, muallif shaharda ma’naviy tasalli topish mumkin bo‘lgan yagona joyni ham tilga olib o‘tgan:
"Yaxshiyam, Pattayada masjid bor ekan. Imomi tay millatiga mansub yaxshi odam ekan. U yerda jon saqladim. Baxt osmono‘par binolarda yashashda emas, insoniy yuksaklikda yashashdadir".
Axloqsizlikka taslim bo‘lgan yurt
Maqolada Tailand xalqining o‘tmishiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Tailand — tarixan g‘arb davlatlari tomonidan hech qachon mustamlaka qilinmagan, o‘z mustaqilligini mardlik va jasorat bilan himoya qilib kelgan qadimiy o‘lka.
Biroq, muallifning achinish bilan qayd etishicha, g‘olib xalq bugungi kunda "demokratiya va erkinlik" bayrog‘i ostida kirib kelgan ma’naviyatsizlikka, hayvoniy hislarga va axloqsizlikka taslim bo‘lgan.
Muhammad Ismoil o‘z postini vatandoshlariga murojaat bilan yakunlagan. Unga ko‘ra, o‘z irodasiga to‘liq ishonmaganlar bu shaharga aslo bormasligi kerak.
Shu kabi joylarga yaqinlarni, farzandlarni yuborish ma’naviy xavf tug‘diradi. Eng muhimi, turizm niqobi ostida kirib kelishi mumkin bo‘lgan bunday salbiy illatlardan o‘z mamlakatimizni asrashimiz zarurligi ta’kidlangan.
"O‘zbek o‘zbekni asrashi, himoya qilishi kerak. Shu dunyoqarash ko‘nglimda bo‘lgani uchun bu fikrlarni yozishga qaror qildim", — deya xulosa qiladi muallif.
Madaniy
06.07.2026, 15:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 15:31

Tailanddagi maktabda yuz bergan otişmada ikki kişi halok böldi
Jahon
07.08.2026, 10:42
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
