Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi / foto:  Sputnik Oʻzbekiston /

Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi / foto: Sputnik Oʻzbekiston /

Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
 

So‘nggi yangiliklar

FIFA reytingi yangilandi: Oʻzbekiston bir pogʻona yuqoriladi

Bugun, 18 sentabr kuni FIFAning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Osiyo jamoalari orasida 6-oʻrinni band etgan.

Sport

18.09.2025, 18:24

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Prezident qaroriga koʻra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Ta'lim

18.09.2025, 17:25

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh ziyoratchilar Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Saudiya Arabistoniga Umra amallarini bajarish uchun borgan va mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 16:25

Oʻzbekiston jahon oltin qazib olishda kuchli oʻntalikka kirdi

2024 yilda dunyo boʻyicha 3600 tonna oltin qazib olindi. Bu 2023 yilga nisbatan 0,5% koʻp deganidir.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 15:23

"Yangibod"da bokschilar uchun yangi baza quriladi

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" sport bazasida boʻldi.

Sport

18.09.2025, 14:22

Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 13:19

2,1 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

"Oʻzenergoinspeksiya" axborot xizmatining maʼlumot berishicha, Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona faoliyati aniqlandi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 12:01

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namanganda oʻtkazilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq soʻzlab, bugungi kunda dunyoda 800 milliondan oshiq aholi kambagʻallikda yashayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 11:02

Namanganda tikilgan kiyimlar jahon bozorlarida sotilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiyot

18.09.2025, 10:46

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida oʻtayotgan "Kambagʻallikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:30

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 10:15

Isroil armiyasi Gʻazo shahridagi Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi

Isroil armiyasi Gʻazo shahrida joylashgan Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi. U yerda hujum vaqtida 80 nafar bemor bor edi. Bu haqda Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jahon

18.09.2025, 10:05