Isroil armiyasi Gʻazo shahridagi Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi

Isroil armiyasi Gʻazo shahrida joylashgan Rantisi bolalar shifoxonasiga zarba berdi. U yerda hujum vaqtida 80 nafar bemor bor edi. Bu haqda Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jahon

18.09.2025, 10:05

Ulashish:

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, kecha kechqurun isroillik harbiylar bir necha daqiqa ichida uch marotaba shifoxonaning yuqori qavatlarini oʻqqa tutgan.

«Bu jinoyat yana bir bor Isroilning Gʻazodagi sogʻliqni saqlash tizimini qasddan yoʻq qilishga qaratilgan siyosatini isbotlaydi», — deyiladi bayonotda.

Rantisi bolalar shifoxonasi Gʻazo sektorida yagona ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasa hisoblanadi. U yerda onkologik kasallar davolanadi, dializ jarayonlari oʻtkaziladi, nafas olish va hazm tizimi kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga yordam koʻrsatiladi.

Hujum vaqtida shifoxonada 80 bemor davolanayotgan boʻlib, ular orasida reanimatsiya boʻlimidagi 4 nafar bola va yangi tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimidagi 8 nafar chaqaloq ham bor edi.

Zarba ortidan 40 nafar bemor farzandlarini asrab qolish va xavfsiz joy izlash maqsadida shifoxonani tark etgan. Qolgan 40 nafar bemor va ularga hamroh shaxslar, jumladan 12 nafar ogʻir ahvoldagi reanimatsiya bemori hamda 30 nafar tibbiyot xodimi binoda qolgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hujumni keskin qoralab, Gʻazodagi barcha tibbiyot muassasalari, ularning xodimlari va bemorlarni himoya qilishga chaqirdi.

Isroil armiyasi esa hali ham Gʻazo sektoridagi turli hududlarga massirovan hujumlar uyushtirib, aholi uylarini bombardimon qilmoqda. Buning orqali ular tinch aholini oʻz uylarini tark etishga majbur qilishga intilayapti.

Jahon

18.09.2025, 10:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil har kuni Gʻazoda oʻrtacha 92 nafar falastinlikni, jumladan 27 nafar bolani oʻldirmoqda

Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga qarshi hujumlari natijasida har kuni kamida 53 oiladan ikki kishi halok boʻlmoqda.

Jahon

07.10.2025, 12:44

Isroil Gʻazo sektoriga hujumlarni toʻxtatgani aytilmoqda

Isroil nashrlarining  xabar qilishicha, Isroil armiyasiga Gʻazoga hujumlarning shiddatini kamaytirish boʻyicha koʻrsatma berilgan va yaqin vaqt ichida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. HAMAS ham muloqotga tayyor ekanini bildirib, barcha garovdagilarni ozod qilishga, halok boʻlganlarning jasadlarini topshirishga va Gʻazoni texnokratlar hukumati boshqarishiga rozi boʻlishini maʼlum qildi.

Jahon

04.10.2025, 12:31

Gʻazoga qilingan hujumlarda halok boʻlganlar soni 66 ming nafardan oshdi

Isroil hujumlari natijasida soʻnggi bir kunda 370 dan ziyod yaralanganlar shifoxonalarga yetkazildi. 79 nafar kishi halok boʻldi.

Jahon

29.09.2025, 19:02

BMT rahbari Isroilning Rafah lageriga uyushtirgan zarbasini qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 45 nafar falastinlik halok boʻlgan Rafah qochqinlar lageriga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarbani keskin qoraladi. Bu haqda seshanba kuni uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.

Jahon

29.05.2024, 14:27

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

Isroil Gʻarbiy Sohilda yangi qurilish rejasini maʼqulladi

Tel-Aviv hukumati Gʻarbiy Sohil hududining 82 foizini Isroil tarkibiga qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Jahon

06.10.2025, 14:25

So‘nggi yangiliklar

Mubashshir Ahmadning advokati sud hukmidan rozimi? Videoreportaj

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 22:14

Oʻzbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. Davlat rahbari Dushanbe shahrida oʻtadigan "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 19:08

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oyga qamaldi

Jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan diniy ulamo Alisher Tursunovga sud tomonidan 2 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:56

Buxoroda noqonuniy ravishda oltin qazib olayotgan 37 kishi ushlandi

DXX, Buxoro viloyat IIB tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy ravishda oltin qazib chiqarish bilan shugʻullanayotgan 37 kishi qoʻlga olindi. Tadbir davomida tarkibida oltin moddasi mavjud boʻlgan 400 qopga yaqin ruda va qazish ishlarida foydalanilgan 3 ta avtomashina, perforatorlar hamda qoʻlbola asbob-uskunalar olib qoʻyildi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 17:26

TDT rahbarlari Shimoliy Kiprni turk dunyosining ajralmas qismi ekanini tasdiqlashdi

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Ozarboyjonda oʻtkazilgan 12-Sammiti yakunlari boʻyicha yetakchilar tomonidan qabul qilingan qoʻshma bayonotda turkiy davlatlar oʻrtasida har bir sohada hamjihatlik, hamkorlik va muvofiqlashuvni kuchaytirishga oid qatʼiylik tasdiqlanib, tashkilotning Falastin, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Suriya kabi mintaqaviy masalalarga nisbatan pozitsiyasi bayon etildi.

Siyosat

08.10.2025, 14:16

Italiya bosh varizi Gʻazo sektoridagi genotsidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh varizi Gʻazo sektoridagi genotsidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh vaziri Djordja Meloni RAI davlat telekanaliga bergan intervyusida uning ustidan Gʻazo sektoridagi "genotsidga sheriklik" aybi bilan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat qilinganini aytdi.

Jahon

08.10.2025, 13:00

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi

Oʻzbekistonda raqamlashtirish tufayli vazirlik va idoralarida 2000 dan ortiq shtat birligi qisqartiriladi

Prezidentning ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida raqamlashtirishni kengaytirish hisobiga boshqaruv shtatlar sonini qisqartirishga qaratilgan farmon qabul qilindi.

Siyosat

08.10.2025, 12:00

Deputatlar shovqin solish taqiqlangan soatlarni uzaytirish koʻzda tutilgan qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolarning tinchligi va dam olishini buzish taqiqlangan vaqtni amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 6:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 7:00 gacha) uzaytirish, bu vaqt davomida meʼyordan ortiq shovqin uchun tovon undirish imkonini koʻzda tutilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 11:59

Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda boshqa bir fuqaroga 19,8 mln soʻm qalbaki pullarni 10 mln soʻmga sotgan shaxslar ushlandi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 11:30

Toshkentning ayrim koʻchalari 20 sentabrgacha yopildi

Toshkentning ayrim koʻchalari 20 sentabrgacha yopildi

Bugun, 8 oktabrdan boshlab Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek hamda Yashnobod tumanlaridan oʻtuvchi yoʻllarning maʼlum bir qismida avtomobil cheklanadi. Bu haqda IIBB maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 11:00

IIV rahbariyati ilk bor Rishtondagi holat boʻyicha munosabat bildirdi

IIV rahbariyati ilk bor Furqatdagi holat boʻyicha munosabat bildirdi

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov Fargʻonaning Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori boʻlgan ayolni yechintirib, kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirib, “Bu — oʻtaketgan vahshiylik. U rahbar [tuman IIB boshligʻi — tahr.] qaysidir yoʻllar bilan amalga oʻtirib qolgan, deb oʻylayman... Biz oʻzidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — dedi Almatov.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 10:45

Zoyir Mirzayev  bolalarning zaharlanishiga aloqador shaxslar ishdan olinish kerakligini aytdi

Zoyir Mirzayev bolalarning zaharlanishiga aloqador shaxslar ishdan olinish kerakligini aytdi

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda bolalarning ovqatdan zaharlanganidan soʻng ularga 5-6 milliard soʻmlik dori-darmonlar yetkazilgan. Shuningdek, ushbu ishga aloqador boʻlgan 11 kishi qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 6 oktabr kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Xalq deputatlarining Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashining yettinchi chaqiriq 20-sessiyasidagi nutqida aytib oʻtdi.

Oʻzbekiston

08.10.2025, 10:30