updated: 22.03.2026, 13:56

Mart oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasaydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti  mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahliliy hisobotini eʼlon qildi.

Hisobotga koʻra Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yil mart oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0.61%ga, toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa oʻrtacha 0.76%ga tushish kuzatildi.

Ulashish:

Uy bozori. Toshkent, Chilonzor tumani /foto zamin.uz/

Uy bozori. Toshkent, Chilonzor tumani /foto zamin.uz/

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi. 2024-yil mart oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari oʻtgan fevral oyiga nisbatan oʻrtacha 0.6% ga pasayib, $391 ni tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 1.2% ga arzonlab,  oʻrtacha $436 gacha tushdi. Shuningdek,  oʻrtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari  mos ravishda 0.2% va 0.4% ga pasayib, oʻrtacha narxlar $513 va $591 ni tashkil etdi.

Oʻrtacha taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $354, 2 xonali - $386 ,3 xonali - $435, 4 xonali - $441), Olmazor (1 xonali - $359, 2 xonali - $414, 3 xonali - $454, 4 xonali - $489) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $463, 2 xonali - $518, 3 xonali - $620, 4 xonali - $819) va Shayhontohur (1 xonali - $437, 2 xonali - $456, 3 xonali - $537, 4 xonali - $624) tumanlarida kuzatildi.

Toʻliq taʼmirlangan uylar ijara narxlari. Mart oyida toʻliq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari $472 ni tashkil etib, oʻtgan fevral oyiga nisbatan 0.8%ga tushgan boʻlsa, 2 xonali uylar uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda $644 va 1.1% ni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3%) tushish kuzatildi. Shuningdek, toʻliq taʼmirlangan 4 xonali uylar oʻrtacha ijara narxlari ham  0.9% tushib, $909 gacha pasaygan.

Toʻliq taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $394, 2 xonali - $449, 3 xonali - $556, 4 xonali - $646) va Uchtepa (1 xonali - $396, 2 xonali - $496, 3 xonali - $622, 4 xonali - $646) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi  eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $567, 2 xonali - $844, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1097) va Shayxontohur (1 xonali - 556$, 2 xonali - $845, 3 xonali - $1050, 4 xonali - $1024) tumanlarida kuzatildi.
 
Ijara narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida toʻplandi. Bunda 2024 yil fevral oyi uchun 51.5 ming va mart oyi chun 52.2 mingta maʼlumotlardan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5% lik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.

Mavzuga oid yangiliklar

Sentabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari qimmatlashdi

Dollar kursining pasayishi va yangi oʻquv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga sezilarli darajada taʼsir qilgan. 

Oʻzbekiston

08.10.2025, 10:04

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

Xosilbek Eshnazarov oilasiga poytaxtdan 3 xonali kvartira topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq, xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira topshirildi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 07:38

Talabalar ijara xarajatlarini qoplash boʻyicha onlayn murojaat yoʻllashi zarur

Talabalar ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berish boʻyicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishi kerak.

Oʻzbekiston

03.09.2025, 17:36

Toshkentda ijara toʻlovlarining pasayishi davom etmoqda

Koʻchmas mulk bozoridagi faollikning oʻsishi ipoteka kreditlarining koʻpayishi, aholi daromadlari va uy-joy qurilishiga investitsiyalarning oʻsishi bilan izohlanadi.

Iqtisodiyot

07.08.2025, 09:01

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45