Toshkentda ijara toʻlovlarining pasayishi davom etmoqda
Koʻchmas mulk bozoridagi faollikning oʻsishi ipoteka kreditlarining koʻpayishi, aholi daromadlari va uy-joy qurilishiga investitsiyalarning oʻsishi bilan izohlanadi.
Iqtisodiyot
07.08.2025, 09:01
Ulashish:

Markaziy bank 2025 yil II choragi uchun koʻchmas mulk bozori tahlilini eʼlon qildi.
Unda qayd etilishicha, joriy yilning II chorak yakunlariga koʻra, koʻchmas mulk bozoridagi faollik yuqoriligicha qoldi. Ushbu davrda koʻchmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 88,1 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oshgan.
Markaziy bank hisobotida birinchi yarim yillikda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq shartnomalar soni ham oʻsishda davom etib, 148,4 mingtani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 12,1 foizga koʻpdir.
Koʻchmas mulk bozoridagi faollikning oʻsishi ipoteka kreditlarining koʻpayishi, aholi daromadlari va uy-joy qurilishiga investitsiyalarning oʻsishi bilan izohlanadi.
Dastlabki olti oyda ipoteka kreditlaridan foydalangan holda tuzilgan bitimlarning oldi-sotdi bitimlarining umumiy hajmidagi ulushi 21,3 foizgacha oshdi, bu esa ipotekaning uy-joy sotib olishdagi roli ortib borayotganidan dalolat beradi.
II chorakda narxlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Talab yuqori boʻlishiga qaramay, taklif yetarli boʻlib qolmoqda, bu esa narxlarning tez oʻsishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Narxlar darajasi yuqori boʻlgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida oʻsish deyarli oʻzgarmadi yoki sekinlashdi. Boshqa hududlarda oʻsish davom etmoqda, bunga narxlarning pasayishi, infratuzilmaning yaxshilanishi va talabning oshishi sabab boʻlmoqda.
Masalan, poytaxtda ikkilamchi bozordagi narxlar oy davomida 1 kvadrat metr uchun 15,28 million soʻmdan 14,9 million soʻmga, Toshkent viloyatida 8,33 million soʻmdan 8,21 million soʻmga tushdi.
Ijara bozorida taklifning oshishi va talabning mavsumiy pasayishi fonida narxlar barqaror boʻlib qolmoqda. Umuman olganda, respublika boʻyicha ijara stavkalarining oʻsishi nolga yaqin. Toshkentda ijara toʻlovlarining pasayishi davom etmoqda - iyun oyida pasayish yillik hisobda 6,1 foizni tashkil etdi.
Toshkent shahridagi yer uchastkalari segmentida iyun oyi yakunlari boʻyicha 100 kvadrat metr (1 sotix) yerning qiymati 334 million soʻmni tashkil etdi, bu 2024 yildagi qiymatlardan 2,5 foizga past.
Umuman olganda II chorakda koʻchmas mulk bozorida bitimlar soni va ipoteka kreditlari hajmining oʻsishi tufayli yuqori faollik saqlanib qoldi. Taklifning oʻsishi va xaridorlar uchun imkoniyatlarning kengayishi bozorning muvozanatli rivojlanishiga va narxlarning barqaror dinamikasiga hissa qoʻshadi.
Iqtisodiyot
07.08.2025, 09:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sentabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari qimmatlashdi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 10:04

Talabalar ijara xarajatlarini qoplash boʻyicha onlayn murojaat yoʻllashi zarur
Oʻzbekiston
03.09.2025, 17:36

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari arzonligi boʻyicha Sergeli va Uchtepa tumanlari yetakchi
Oʻzbekiston
20.05.2024, 16:21

Soliq organlarida 370 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qoʻyilgan
Oʻzbekiston
25.04.2024, 17:19

Mart oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasaydi
Iqtisodiyot
22.04.2024, 10:46
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
