Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi
Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.
Jahon
26.11.2026, 11:19
Ulashish:

Aljazeera
Misr poytaxti Qohira şahri atrofidagi halqa yölida neft mahsulotlarini taşiyotgan maşina ağdarilib, yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida kamida 31 kişi halok bölgan, yana 21 kişi jarohatlangan. Bu haqda Aljazeera xabar berdi.
Yonğin Giza viloyatining Imbaba tumanidagi Al-Varak hududida, tunnel ustidagi yöl qismida sodir bölgan. Mazkur halqa yöli Qohira, Giza va Qaliyubiya viloyatlaridagi asosiy avtomobil yöllarini özaro boğlaydi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, yuk maşinasi boşqaruvni yöqotib, yölning markaziy tösiğiga urilgan va ağdarilganidan keyin portlaş sodir bölgan. Biroq hodisaning aniq sabablari rasman tasdiqlanmagan.
Misr prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boşladi. Şuningdek, halok bölganlarning şaxsini aniqlaş uçun DNK namunalarini yiğiş topşirildi. Sud idorasi ma’lumotiga köra, yonğin oqibatida 27 ta transport vositasi yonib ketgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi hodisa joyiga 39 ta tez yordam maşinasi yuborilganini bildirdi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi şifoxonalarga olib ketilgan.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining matbuot kotibi davlat rahbari halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirganini ma’lum qildi.
Boş vazir Mustafo Madbuli esa jabrlanganlarning tibbiy xarajatlari davlat tomonidan qoplanişini buyurdi.
Jahon
26.11.2026, 11:19
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
So'nggi yangiliklar

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi
Oʻzbekiston
26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?
Siyosat
26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari
Fan-texnologiya
25.11.2026, 17:17

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:32

Taysonda şizofreniya aniqlandi
Sport
25.11.2026, 11:52

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
