Tojikistondan qaryib 27 kg narkotik modda olib kirilayotgan vaqtda ushlandi
Tojikistondan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari kontrabanda yoʻli bilan Oʻzbekistonga olib kelgan 6 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda DXX xabar qildi.
Oʻzbekiston
19.05.2025, 11:09
Ulashish:

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1986 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi "oʻzbek-tojik" davlat chegarasini qonunga xilof ravishda buzib oʻtgan vaqtida toʻxtatib qolindi. Unga tegishli sumka koʻzdan kechirilganda, 15 dona oʻramdagi jami 14 kg 584 gr "gashish" moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shundan soʻng, uni buyurtma qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1969 y.t. Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa, Xizmatning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan 9 kg 467 gr "opiy" moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, tojikistonlik narkokurer tomonidan Surxondaryo viloyati hududidagi kontrabanda yoʻli bilan yetkazib berilgan mazkur ajal ogʻusini Denov tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro qabul qilib olib, Toshkent viloyatiga olib kelganligi aniqlandi va u ham protsessual tartibda ushlandi.
Qoʻqon shahrida qayd etilgan holatda, "Fargʻona-Qoʻqon" yoʻnalishida harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada unda yoʻlovchi sifatida harakatlanayotgan - Qoʻqon shahrida yashovchi, 1967 y.t. fuqaro oʻzining bel qismiga 1 kg 759 gr "gashish" moddasini yashirib olganligi aniqlandi.
Fargʻona shahrida kuzatilgan holatda esa, "Fargʻona-Toshloq" yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan, 1995 y.t. shaxs boshqaruvidagi "Zaparojes" rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida 995 gr "gashish" moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ashyoviy dalil sifatida olingan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
19.05.2025, 11:09
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Putinni hibsga olmagani uchun Tojikiston xalqaro maydonda tanqid ostiga olinmoqda
Siyosat
10.10.2025, 15:00

Oʻzbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 19:08

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
24.09.2025, 11:01

Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlik uchun 475 dollargacha jarima joriy etildi
Jahon
25.08.2025, 17:21

Xitoy Markaziy Osiyoning abadiy qoʻshnisiga aylandi
Siyosat
18.06.2025, 17:48

Qirgʻiziston Tojikiston bilan 23 yillik muzokarasiga nuqta qoʻydi
Jahon
20.03.2025, 13:51
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
