Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi Oʻzbekiston energetika bozoriga kiradigan boʻldi

Boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni oʻzlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yoʻnalishlarda hamkorlik qilinmoqda.

Ulashish:

Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Taʼkidlanishicha, Ozarbayjonning “Socar” kompaniyasi bilan Ustyurtdagi konlarda qidiruv oʻtkazib, neft qazib olish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Birgalikda istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, boshqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni oʻzlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim yoʻnalishlarda hamkorlik qilinmoqda.

Taqdimotda mutasaddilar sheriklikdagi ishlarning borishi va galdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.

Prezident istiqbolli maydonlar boʻyicha aniq loyihalarni shakllantirish, geologiya-qidiruv ishlaridan tayyor mahsulot olishgacha boʻlgan toʻliq zanjirni yoʻlga qoʻyish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Shu bilan birga, amaldagi xorijiy va qoʻshma korxonalarda yangi burgʻulash usullarini qoʻllash, quduqlarning samaradorligini oshirish orqali neft va gaz hajmini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham koʻrib chiqildi. Mutasaddilar buning uchun yetarli energiya ishlab chiqarish, gaz omborlarida jamgʻarish va muvozanatli yetkazib berish choralari koʻrilayotgani toʻgʻrisida axborot berdi.

Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bugʻ-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat boʻladi.

Shuningdek, bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidro elektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi. Bular, avvalo, xalqimiz ehtiyoji va oʻsib borayotgan iqtisodiyot uchun qoʻshimcha quvvat boʻladi.

Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni taʼmirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilgʻi, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.

Yigʻilishda soha infratuzilmasini izchil modernizatsiya qilib, energiya yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilandi.

Iqtisodiyot

22.07.2025, 12:58

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?

Koʻrfaz davlatlari va Iroq Kurdistonidan farqli ravishda, Ozarbayjon hududida AQSh harbiy bazalari mavjudligi haqida ochiq maʼlumotlar yoʻq.

Jahon

06.03.2026, 16:44

Ramazon oyi munosabati bilan muhtojlarga keng koʻlamli yordam koʻrsatiladi

19 fevraldan boshlanadigan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonda muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Oʻzbekiston

17.02.2026, 08:56

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Guliston shahridagi ichki yoʻllar boʻylab qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelindi. Ular “Yevro-5” standarti talablariga toʻliq javob berib, tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 19:39

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters

Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvda ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkinligini aytib oʻtgan. Qozogʻiston ushbu kelishuvga qoʻshilganidan soʻng, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.

Siyosat

08.11.2025, 15:19

Mirziyoyev YuNESKOning 43-sessiyasida qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

30 oktabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YuNESKOning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha 43-sessiyasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida taʼlim, fan, madaniyat va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.

Siyosat

31.10.2025, 10:13

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26