Ramazon oyi munosabati bilan muhtojlarga keng koʻlamli yordam koʻrsatiladi

19 fevraldan boshlanadigan muborak Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonda muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 

Ulashish:

Bu haqda 16 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

«Ramazon — mehr-oqibat, birlik va shukronalik oyi» shiori ostida ishlab chiqilgan kompleks dastur doirasida xayriya va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlariga katta mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda.

Jumladan, jamoat xayriya fondi «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 750 milliard soʻm, Milliy ijtimoiy himoya agentligi orqali esa 300 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Ajratilgan mablagʻlar hisobidan:
• muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
• nogironligi boʻlgan shaxslar uchun davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlari qoplab beriladi.

Yigʻilishda davlat rahbari ayollarni buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Ayollarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrni va faolligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari orqali tarqalayotgan radikal va ekstremistik gʻoyalarga qarshi kurashishda faqat jazo va taqiqlar bilan cheklanib qolmaslik kerakligi qayd etildi. Bunday taʼsirga tushib qolgan fuqarolarni jamiyatga qayta moslashtirish, ular bilan individual ishlash, oilalariga yordam berish, tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatish, kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash muhimligi urgʻulandi.

Prezident har bir mahallada muhtoj oilalar roʻyxatini aniq va shaffof shakllantirish, yordamni esa fuqarolarning diniy eʼtiqodi, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, teng va adolatli taqdim etish zarurligini alohida taʼkidladi.

Ramazon oyida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar jamiyatda mehr-shafqat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43