Oʻzbek sportida doping bilan bogʻliq muammolar

Bir oy ichida oʻzbek sporti uchun uchta doping mashmashasi juda ham koʻp, boʻlib ham noxush holatlarning ikkitasi Parij-2024 Olimpiadasi chempionlarida qayd etildi.

Sport

07.08.2025, 11:05

Ulashish:

Doping jarohatlardan oldin, balki keyin turuvchi sportchining eng katta dushmani hisoblanadi. Bu illat sabab yillar davomida orttirilgan obroʻ, nufuzli musobaqalarda qoʻlga kiritilgan medallardan qandaydir soniyalar ichida ayrilib qolish hech gap emas. Xuddi choʻldagi sarob singari bir zumda yoʻq boʻladi qoladi.

Afsuski, yakuniga yetib borayotgan iyul oyi Oʻzbekiston sporti uchun ana shu biz tilga olgan doping mashmashlari bilan yodda qoladigan boʻldi. Eng yomoni, qayd etilgan uch holatdan ikkitasi Parij-2024 Olimpiadasi chempionlari bilan sodir boʻldi. Toʻgʻri, bu ularning Olimpiya oʻyinlarida qoʻlga kiritgan oltin medallarining olib qoʻyilishi bilan yakunlanmadi. Lekin chiroyli ish ham boʻlmadi-da.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy Antidoping agentligi tomonidan shuncha targʻibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramay, doping bilan bogʻliq holatning qayd etilishi hech qanaqasiga oqlab boʻlmaydigan ish. Bu holatlarning oldini olsa boʻlardi. Extiyotsizlik, balki eʼtiborsizlik sabab shunday boʻldi. Bu - biz uchun ogohlik qoʻngʻirogʻi! Etagingni yigʻishtirib ol, degandek ogohlantirish boʻldi. 

Avvaliga taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov oʻz joylashuvi haqida maʼlumot taqdim etish boʻyicha antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yil muddatga musobaqalardan chetlatildi. Toʻgʻri, ikki karra Olimpiada chempionimizning qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlanmadi. Ammo antidoping qoidalarining buzilishiga sabab boʻlgan holatning oʻzi ikki yillik diskvalifikatsiyaga yetarli ekanini koʻrdik. 

Keyin dunyoning eng kuchli - UFC ligasida oʻz janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazib kelayotgan Ramazon Temirov dopingda "ushlandi". Rashitovdan farqli ravishda aralash yakkakurash ustamizning qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlandi. Aniqrogʻi, Ramazon infeksiyaga qarshi dori isteʼmol qilgan, uning tarkibida esa taqiqlangan modda boʻlgan.     

"Tailandga kelgan paytimda menga har xil infeksion yaralar toshdi. Bu har bir sportchi ushbu davlatga kelgan paytida boʻladigan holat ekan. Keyin diyetologim menga dori yozib berdi, men esa uni ichdim. Uch-toʻrt kundan keyin doping nazoratidan kelib, tahlillar olib ketishdi. Javob esa men uchun salbiy boʻldi - men ichgan dori tarkibida doping nazoratida taqiqlangan modda bor ekan", deya vaziyatga izoh berdi Temirov. 

Doping sabab Ramazon Temirovning 26 iyul kuniga belgilangan qozogʻistonlik Asu Almabayevga qarshi jangi bekor qilindi. Agar ish shu bitta jangning bekor qilinishi bilan yakun topsa, bu biz uchun bayram boʻladi. Odatda bunday holatlar uzoq muddatga chetlatishlar bilan tugaydi. Nafasimizni shamol uchirib, biz oʻylagan holat boʻlmasin. Aks holda, chempionlik sari dadil qadam tashlab kelayotgan Temirovning kamar yoʻlidagi orzusi bir necha yilga surilib ketishi mumkin. 

Hali Temirovning doping mojarosini hazm qilmay turib, uchinchi holat ham kuzatildi. Bu safar ham Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati sovrindori nishon markazida boʻldi. Ogʻir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilindi. Xalqaro test agentligi bergan xabarga tayanadigan boʻlsak, shu yilning 11 iyun kuni musobaqadan tashqari oʻtkazilgan doping nazorati chogʻida Mullojonovdan olingan namunada metasteron moddasi - anabolik-androgenik steroid aniqlangan. Unga vaqtinchalik musobaqalardan chetlatish jazosi qoʻllanilgan. Bokschimiz bu qaror yuzasidan appelyatsiya berish huquqiga ega.

Darvoqe, Lazizbek bir necha kundan soʻng Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilayotgan WBC Gran-prisining 1/4 finalida ringga chiqishi kerak edi. Endi uning raqibi jangsiz yarim finalga yoʻl oladi. Hamyurtimiz ikkinchi bosqichda marokashlik Yuness Baalani 6 raundlik jang yakunida hakamlarning yakdil qarori (60-54, 60-54, 60-54) bilan magʻlub etgandi. Turnir setkasidan koʻrinib turibdi-ki, Mullojonovga magʻlub boʻlgan raqib 1/4 finalga yoʻl olgan. 

Xulosa qiladigan boʻlsak, doping mashmashasi yaxshi emas va bundan mutasaddilarimiz, murabbiylar, shifokorlar va sportchilarning oʻzlari xulosa chiqarib olishi kerak. Yil boshida Xalqaro antidoping agentligidan taqiqlangan preparatlarning roʻyxati keladi. Antibiotik boʻladimi yoki boshqa dori vositalari, shifokorlar sportchilarga uni berayotganda hushyor boʻlishi lozim. 

Doping bu - xalqaro maydondagi obroʻimizga ham soyasolib qoʻyadi. Misqollab yigʻilgan yutuqlar arzimagan eʼtiborsizlik sabab yoʻqqa chiqmasin!

Sport

07.08.2025, 11:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati atrofida siyosiy muhokamalar keskinlashdi. AQSh, Kanada va Meksika qoʻshma mezbonlik qiladigan mazkur turnir ayrim Yevropa mamlakatlarida boykot qilinishi mumkinligi haqida ochiq bahslar paydo boʻldi.

Jahon

21.01.2026, 11:22

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik oʻyinlariga 194 nafar sportchi bilan boradi

7–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Sport

27.10.2025, 09:01

Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etadi. Qolganlar-chi?

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayevning JChdagi ishtiroki boʻyicha munosabat bildirdi.

Sport

06.10.2025, 17:23

Aytjan Xalmaxanovga Nurafshondan 3 xonali kvartira berildi

Yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga «Nurafshon City» hududidagi koʻp qavatli uylardan 3 xonali kvartira prezident sovgʻasi sifatida topshirildi.

Sport

01.10.2025, 19:40

Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov Jahon chempionatida bitta vaznda ishtirok etadi

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Ruslan va Akbar JChda bir xil, 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Sport

30.09.2025, 18:09

Oʻzbek MMA olamida “mashina mojarosi”: qarz, kelishuv va jamoatchilik muhokamasi

Oʻzbekiston MMA jamoatchiligida soʻnggi kunlarda sportga aloqasi yoʻqdek koʻringan, ammo katta shov-shuvga aylangan voqea muhokama qilinmoqda. Gap Anvar Abdullayevning kreditga olingan avtomashinasi va uning toʻlovi atrofidagi bahs haqida ketmoqda.

Sport

29.09.2025, 18:01

So‘nggi yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06