Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi

Misrning nufuzli ilmiy-diniy markazi — “Al-Azhar” va Oʻzbekiston oʻrtasida ilmiy-taʼlimiy hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi. Qohirada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad at-Toyyib Oʻzbekiston delegatsiyasi — Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi vakillar bilan muzokara olib bordi.

Ulashish:

 Bu haqda mamlakatning diniy-ijtimoiy nashri Al-Liwaa Al-Islami xabar berdi.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasida ilmiy va maʼrifiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv chogʻida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi:

  • olimu mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
  • oʻzbek talabalarining Al-Azharda tahsil olishini qoʻllab-quvvatlash;
  • qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
  • konferensiya, seminar va master-klasslarni muntazam oʻtkazish.

Oʻzbekiston delegatsiyasi mamlakatda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, ekstremizmning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda yoshlar bilan ishlashda maʼrifatning oʻrni haqida maʼlumot berdi.

Shayx Ahmad at-Toyyib Oʻzbekiston bilan tarixiy hamkorlikni yuqori baholab, ikki tomonlama ilmiy va taʼlimiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish zarurligini qayd etdi. Uchrashuv yakunida qoʻshma ilmiy loyihalar, akademik almashinuvlar hamda talabalar va mutaxassislar uchun qoʻshimcha grantlar ajratish boʻyicha kelgusidagi rejalar tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun, Saida Mirziyoyeva 8 dekabr kuni Qohiradagi uchrashuv haqida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 10:14

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Saida Mirziyoyeva: «Bolalarimiz oʻz tilida, zamonaviy multfilmlarni koʻrib ulgʻayishi juda muhim»

Uning yozishicha, premera namoyishi oʻtkazilgan zalda 2000 nafar bolajon jam boʻlgan. Bolalarning quvonchi, hayrati va samimiy kulgisi multfilm ular qalbidan joy olganini yaqqol namoyon etgan. 

Madaniy

20.12.2025, 15:07

Tugʻruq maskanining achinarli ahvoli: Saida Mirziyoyeva holatni oʻrgandi

1972 yilda qurilgan mazkur bino hozirda 13 mingdan ortiq aholiga xizmat koʻrsatib, 16 ta qishloq uchun yagona tugʻruq maskani hisoblanadi.

Oʻzbekiston

19.12.2025, 09:38

«Bu narsa toʻxtashi kerak»: Saida Mirziyoyeva Qibraydagi issiqxonada ekologik tekshiruv oʻtkazdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2 dekabr kuni kechqurun ekologiya boʻyicha maxsus komissiya yigʻilishida ishtirok etgandan soʻng Toshkent viloyatining Qibray tumanida oʻtkazilgan ekologik reyd tadbirlariga qoʻshildi.

Oʻzbekiston

03.12.2025, 10:05

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Mirziyoyeva Oksfordni oʻzbek tilini oʻqitishga koʻndirdi

Endilikda dunyodagi yetakchi oliygohlaridan biri Oksford universitetida oʻzbek va eski oʻzbek tillari oʻrgatiladi.

Ta'lim

16.10.2025, 12:29

Oʻzbekiston Osakadagi butunjahon koʻrgazmasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtayotgan EKSPO butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston paviloni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 12:45

Saida Mirziyoyeva Nukusdagi suv tozalash inshootida boʻldi

Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus shahridagi “Jeketerek” mahallasida toʻliq modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshootini borib koʻrdi.

Oʻzbekiston

07.10.2025, 19:48

So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48