Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Samarqandda davom etayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida bank rahbari Masato Kanda nutq so‘zladi.

Ulashish:

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Osiyo taraqqiyot banki rahbari tarqoq milliy yechimlarga asoslangan avvalgi yondashuvlar endi zamonaviy inqirozlar ko‘lamiga mos kelmasligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, bank mintaqani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda. 2025-yilda moliyalashtirish hajmi rekord darajada 44 milliard AQSH dollariga yetdi, shundan 29 milliard dollardan ortig‘i o‘z mablag‘larini tashkil etdi. Hamkorlik mexanizmlari orqali qo‘shimcha 15 milliard dollarga yaqin mablag‘ jalb qilindi.

Qariyb 60 yil ichida bank ustaviga kiritilgan birinchi o‘zgartirish muhim qadam bo‘ldi. Bu esa qo‘shimcha kapital jalb qilmasdan moliyalashtirish hajmini 50 foizga oshirish imkonini berdi. Ayniqsa inqirozli vaziyatlarda loyihalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va resurslarni taqsimlashni tezlashtiruvchi mexanizmlar joriy etilmoqda.

Uzoq muddatli tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Transchegaraviy energetika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 50 milliard dollarlik “Pan-Asia Power Grid” loyihasi shular jumlasidandir. 2035-yilga borib, 20 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish va 200 million aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash kutilmoqda.

Shu bilan birga, byudjeti 20 milliard dollar bo‘lgan “Osiyo–Tinch okeani raqamli magistrali” dasturi amalga oshirilmoqda. Unda 650 million aholining internetga kirishini kengaytirish, aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda ish o‘rinlarining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi xususiy sektor asosiy rol o‘ynashi kerak. Shu bois, xususiy sektorni har yili moliyalashtirishni 2030-yilga borib 13 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Ustuvor yo‘nalishlar qatorida ekologiya masalalari ham qayd etilgan. Bank iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, biologik xilma-xillikni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan loyihalarga sarmoyalarni ko‘paytirmoqda.

Bank prezidenti misol tariqasida suv resurslarini samarali boshqarish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va fermerlar daromadini sezilarli darajada oshirishga erishgan Indoneziya tajribasini keltirdi.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda

19–21 oktabr kunlari Özbekiston böylab ötkazilgan reydlarda 120 dan ortiq qonunbuziliş holati aniqlandi. Ularning 39 tasida gaz ta’minoti sohasi hodimlarining aloqadorligi ma’lum böldi. 

Oʻzbekiston

23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →