Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?
Yangi Toshkentda Toshkent shahrining har bir tumani va mamlakatning qolgan 13 ta hududiga 100 gektardan yer ajratiladi. Bu hududlarda mahallalar tashkil etish va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston
12.10.2026, 17:00
Ulashish:

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni investorlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish hamda xususiy sektorni loyihalarga kengroq jalb etish masalalariga to‘xtaldi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi shaharda poytaxtning har bir tumani va mamlakatning qolgan 13 ta hududiga 100 gektardan yer biriktiriladi. Hududlarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihalar mahallalar kesimida ishlab chiqiladi. Dastlabki auksionlarda tegishli hudud tadbirkorlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyev tuman hokimlariga Yangi Toshkentdagi loyihalar bilan haftasiga bir kun shug‘ullanish va har oy prezidentga hisobot berish vazifasini topshirdi. Viloyat hokimlari esa yangi shaharda har oy besh kundan ishlashi kerak. Prezident keyingi tashrifida har bir tuman loyihasi bilan shaxsan tanishishini bildirdi.
Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilgan
Uch yil avval boshlangan loyiha doirasida jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hozirgacha yangi shaharga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilgan. 1 ming gektardan ziyod maydonda asosan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish olib borilmoqda. Tadbirkorlarga esa 94 gektar yer ajratilgan.
Prezident xususiy biznesni jalb etish sur’ati mavjud imkoniyatlarga mos emasligini ta’kidladi. Investorlar uchun ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi turar joy loyihalariga to‘g‘ri kelmoqda, 28 ta lotda esa qurilish hali boshlanmagan.
Davlat rahbari muammolar orasida eskirgan talablar, ruxsatnomalar berilishining cho‘zilishi va ayrim idoralarning tadbirkorlarga hamkor sifatida emas, nazoratchi sifatida munosabatda bo‘lishini qayd etdi. Yer ajratishdan obyektni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Infratuzilma to‘lovlari kamaytiriladi
Yangi Toshkentda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurishni rag‘batlantirish uchun infratuzilma to‘lovlari kamaytiriladi:
- savdo obyektlari, xizmat ko‘rsatish maskanlari va biznes markazlari uchun — 3 baravar;
- mehmonxonalar va turizm obyektlari uchun — 5 baravar;
- madaniyat va ko‘ngilochar obyektlar uchun — 10 baravar.
Xususiy bog‘chalar, maktablar va shifoxonalar uchun to‘lov 1 foiz etib belgilanadi. Yangi tartiblar qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.
Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan noturar obyektlar uchun «yashil» sertifikat xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga oladi. Investorlarning yer maydonining 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi bekor qilinadi. Ushbu ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Qiymati 50 million dollardan yuqori bo‘lgan har bir loyihaga obyekt foydalanishga topshirilguniga qadar shaxsiy mas’ul xodim biriktiriladi.
Yirik tijorat obyektlari uchun «Shveysariya chaqirig‘i» mexanizmi joriy etiladi. Bunda investor tashabbusi ochiq e’lon qilingach, boshqa ishtirokchilar yaxshiroq shartlarni taklif qilishi mumkin. Muqobil takliflar bo‘lmasa, yer tashabbuskor investorga beriladi.
Yangi shaharda 20 ming xonadon topshiriladi
Yil oxirigacha Yangi Toshkentda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu kamida 70 ming kishining yashashi uchun sharoit yaratadi.
Shu bilan birga, shahar aholisi uchun sport, dam olish, savdo, ta’lim va tibbiyot obyektlari ham qurilishi kerak. FIFA standartlariga mos 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion barpo etilmoqda.
Kelasi yili Toshkentda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan mehmonxonalar, kafelar va ko‘ngilochar obyektlarga bo‘lgan talabni o‘rganish hamda tadbirkorlar uchun investitsiya takliflarini tayyorlash topshirildi.
Xorijiy investorlar uchun dastlabki 50 ta yer uchastkasi tayyorlangan. Ular haqidagi iqtisodiy hisob-kitoblar va boshqa ma’lumotlar diplomatik vakolatxonalar orqali xorijiy kompaniyalarga yuboriladi.
Prezident, shuningdek, Samarqanddagi «Shirin» massivida qurilish ishlari sust ketayotganini tanqid qildi. Ushbu hududga ham Yangi Toshkent uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlarni tatbiq etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Yangi Toshkent faqat turar joylar quriladigan hudud emas, balki biznes, ta’lim, tibbiyot, turizm va xizmat ko‘rsatish rivojlanadigan mustaqil iqtisodiy markaz bo‘lishi kerak.
Shahar hududida 2 ming gektar yashil hudud va 500 gektar park tashkil etish rejalashtirilgan. Yangi aeroport qurilishi hisobga olinganda, prezident hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollarga baholadi.
12-oktabr kuni Mirziyoyev Toshkentda umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan yettita obyektni foydalanishga topshirdi va umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik yana o‘nta yirik loyiha qurilishini boshlab berdi.
Mavzuga oid yangiliklar

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 14:37

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35
