Prezident kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga oid qonunni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Respublikada huquqiy hujjatlari mavjud boʻlmagan yoki toʻliq boʻlmagan 3 million 600 mingdan ortiq yer uchastkalari bor. Yangi qonun natijasida hujjatlari mavjud boʻlmagan yakka tartibda qurilgan uy-joylar va bino inshootlarga egalik huquqi eʼtirof etiladi.
Oʻzbekiston
07.08.2024, 11:45
Ulashish:

Prezident kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga oid qonunni imzoladi
Qonun 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat boʻlib, unda quyidagi yer va mulklarga nisbatan huquqlar eʼtirof etilmoqda:
1) 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda oʻzboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
2) 2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
3) “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
4) 2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimi qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
5) bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
6) kichik sanoat zonalariga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
7) davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
8) hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.
Mulk huquqini qonuniylashtirish uchun ham baʼzi shartlar mavhud. Masalan, yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan boʻlishi, yer boʻyicha nizo boʻlmasligi, bosh reja talablariga zid emasligi va boshqa omillar hisobga olinadi.
Huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:
- Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;
- 10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;
- tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.
Shuningdek, Qonunga koʻra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:
- Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm);
- Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln soʻm);
- viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming soʻm);
- boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm);
- qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.
Ushbu Qonun 3 oydan keyin kuchga kiradi va 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Qonunning toʻliq matni bilan Telegram kanalimizda tanishishingiz mumkin
Oʻzbekiston
07.08.2024, 11:45
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muhim hujjatlar qabul qilindi
Siyosat
02.09.2025, 10:16

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston
24.07.2025, 11:24
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda
Jahon
10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Jahon
10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi
Jahon
09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi
Jahon
09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
