updated: 22.03.2026, 11:33

Toshkentda noqonuniy qurilish: "Niyozbek Yo‘li" mashmashasi

Shimoliy Irlandiyada joylashgan Olster universitetining Jamoat boshqaruvi markazi tomonidan olti oy davomida Oʻzbekistonda fuqarolardan yer va mulklarni majburan tortib olishga doir surishtiruv tadqiqoti amalga oshirildi. Mazkur tadqiqotdan asosiy xulosalar "Land Home Justice" ("Yer Uy Adolat") birlashmasi tomonidan eʼlon qilindi.

Ulashish:

Тошкентда ноқонуний қурилиш: "Ниёзбек Йўли" машмашаси

Тошкентда ноқонуний қурилиш: "Ниёзбек Йўли" машмашаси

Qayd etilishicha, tadqiqot doirasida intervyular oʻtkazilgan, sud jarayonlari kuzatilgan va hujjatlar tahlil qilingan. Hisobotda xalqaro moliya institutlarining bu jarayondagi roli ham inobatga olingan boʻlib, misol tariqasida Toshkentning Niyozbek Yoʻli koʻchasidagi holat oʻrganilgan. 

Niyozbek Yoʻli koʻchasi u yerdan metroning oʻtganligi, savdo hududlarining koʻpligi va shahar markaziga yaqinligi bilan mashhur boʻlib, ishlab chiquvchilar tomonidan elita turar-joy majmualari, mehmonxonalar va savdo markazlari qurish uchun juda ham foydali boʻlgan lokatsiya hisoblanadi.  

Tadbirkorlarga yon bosadigan Toshkent shahar hokimining 2017 yil 21 noyabr kuni chiqargan 1544-sonli qaroriga koʻra, Niyozbek Yoʻli, Sharofobod, Malyasova va Lashkarbegi koʻchalaridagi yer uchastkalarida yashovchi fuqarolar u yerdan koʻchirilishi belgilangan. 

Shuningdek, qarorda 10,4 gektar yer maydonini boʻshatib, Toshkent shahri zaxira fondiga kiritish va soʻngra bu "boʻshatilgan" yer uchastkasini doimiy foydalanish uchun "Steel Quality Business" xususiy kompaniyasiga ajratish taklif etilgan. "Steel Quality Business" kompaniyasiga esa evakuatsiyadan zarar koʻrgan turar va noturar mulk egalariga kompensatsiya toʻlash hamda buzilish ishlarini yakunlash masʼuliyati yuklatilgan. 

Hokim qarorini asoslash uchun "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonunning 5- va 10-moddalariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 mayda tasdiqlangan "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish munosabati bilan fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi nizomiga tayangan. 

Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunning 10-moddasiga koʻra, viloyat va Toshkent shahar hokimi yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish, yer egalik qilish va undan foydalanish huquqini qonunda belgilangan hollarda bekor qilish huquqiga ega. 

Toshkent shahar hokimi tomonidan asos sifatida keltirilgan boshqa "qonun" esa 2006 yil 29 maydagi 97-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori — qonun osti hujjati hisoblanadi. Ushbu hujjat yuqori huquqiy maqomga ega qonunlarda belgilangan xususiy mulk huquqlarini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi. 

Bundan tashqari, ushbu hujjatda yer uchastkalarini davlat ehtiyoji uchun majburiy olib qoʻyilgan taqdirda ham faqat cheklangan maqsadlar uchun ruxsat berilgan. Hokimiyat qarorida bunday davlat ehtiyojlari koʻrsatilmagan. 1544-qarorning mazmuni esa xususiy mulkni olib qoʻyish va uni xususiy kompaniyaga koʻchmas mulk loyihasini rivojlantirish uchun berishni nazarda tutadi. Bu qonunda belgilangan davlat ehtiyojlariga mos kelmasligini anglatadi. 

Bu yetmaganidek, "Yer kodeksi"ning 23-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi xususiy kompaniyaga ajratilishidan avval davlat zaxira fondiga oʻtkazilishi va davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Bu holat Adliya vaziri oʻrinbosari Aktam Muhammadiyev tomonidan 2022 yilda jabrlangan aholi uchun yuborilgan maktubda oʻz tasdigʻini topgan.

“Birinchidan, ushbu qarorda (№1544) yer uchastkasining qonuniy olib qoʻyilishi koʻzda tutilmagan, ikkinchidan, mavjud qonuniy tartiblarsiz foydalanish, ijara yoki egalik qilinayotgan yer uchastkasini taqdim etish (sotish) mumkin emas”, deya vazir oʻrinbosari fikr bildirgan.

Maktubda davlat ehtiyoji uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish hokimiyat tomonidan qanday hollarda amalga oshirilishi belgilangan. Adliya vaziri oʻrinbosari Muhammadiyev ushbu qarorning qabul qilingan paytida Toshkent shahar hokimi quyidagi majburiyatlarni bajarishi lozimligini taʼkidlangan edi:

— Dasturchiga xususiy mulkka egalik tufayli yer uchastkalarini taqdim etib boʻlmasligini bildirish;

— Dasturchiga mavjud boshqa yer uchastkalarini taklif etish. (25 fevral 2013 yil, Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori, 12-modda).

Natijada maktubda shunday qayd etiladi: "Toshkent shahri hokimining 2017-yil 21-noyabrdagi 1544-qarorida yer uchastkasini qonuniy olib qoʻyish koʻzda tutilmagani sababli, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qoʻyish bilan bogʻliq zararni qoplash boʻyicha muzokaralar olib borish uchun hech qanday huquqiy asos yoʻq.” 

Adliya vaziri oʻrinbosarining jabrlangan aholiga bergan huquqiy xulosasi Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha Ombudsmani tomonidan berilgan qoʻshimcha tavsiyalar bilan tasdiqlangan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga koʻra, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida. Unda belgilab qoʻyilganidek, mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda belgilangan holatlarda va tartibda mahrum etilishi mumkin.

Toshkent shahar hokimining 2017-yil 21-noyabrdagi 1544-qarori xususiy mulkni olib qoʻyish uchun asos bermaydi, shu sababli mulk egalariga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga hech qanday huquqiy asos yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 11-moddasiga koʻra, xususiy uy-joy va xonadonlar olib qoʻyilmaydi va ularning egalari mulk huquqidan mahrum etilmaydi", deya Ombudsman tomonidan masalaga yanada oydinlik berilgan.

Yuqorida aytilganidek, odamlardan "tozalanishi" rejalashtirilgan 10,4 gektar yer "Steel Quality Business" xususiy kompaniyasiga ajratilgan boʻlib, ushbu kompaniya Namuma Development savdo belgisi nomi bilan ham tanilgan. Oʻsha davrdagi xabarlar shuni koʻrsatadiki, kompaniya 10 gektardan kattaroq boʻlgan yerda 30 ta bino va 932 ta xonadondan iborat boʻlgan Nur turar-joy majmuasini qurishni rejalashtirgan. "Steel Quality Businesss" haqida esa ochiq manbalarda quyidagilar maʼlum. 

Kompaniya 2017 yil 1 yanvarda Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan hamda uning dastlabki faoliyati "soch va goʻzallik salonlari xizmatlari" boʻlgan. Uning ustaf fondi 5 700 AQSh dollarini tashkil qilgan. Dastlabki aksiyadorlar ikki kishi boʻlib, yaʼni 50 foizdan ulushga ega boʻlgan Agzamov Sanjar Nigʻmatovich hamda Husanov Abdullatif Abdugʻapurovich hisoblangan. Kompaniyaning rahbari esa Yusupov Umidjon Nigʻmatovich. 

Keyinchalik kompaniyaning aksiyadorlik tuzilmasida oʻzgarishlar yuz beradi. 2022-yil 12-apreldagi maʼlumotlarga koʻra, Agzamov va Husanovning ulushi mos ravishda 19,4% gacha kamaygan. Bu davrda asosiy aksiyador "Technological Generation" MChJga tegishli boʻlgan. Ushbu kompaniyaning yagona aksiyadori dastlab Rolan Sakenov edi, keyinchalik uning ulushlari Kim Irina Vladislavovnaga oʻtkazilgan. 

Keling, endi tepada nomi tilga olingan bir qator shaxslar ham "Technological Generation"ga toʻxtalsak: 

1. Agzamov Sanjar Nigʻmatovich

Lavozimi: "Unit Great Trade" MChJ rahbari ("Leading Force Company"ga 100 foiz ulushdor).

Faoliyati: Polimer qoplar, beton va qurilish sohasida ixtisoslashgan. "Leading Force Company" asosiy aksiyadori "ICS Establishment" boʻlib, Lixtenshteynda roʻyxatdan oʻtgan. Ushbu kompaniya haqida batafsil maʼlumot ochiq emas.

"Ipak Yoʻli Banki" bilan aloqasi: 2007 yilda bankning Germaniyaning KfV Bank kredit liniyasidan foydalangan holda muvaffaqiyatli shartnoma tuzgani uchun minnatdorchilik maktubi olgan. 

2. Husanov Abdullatif Abdugʻapurovich

Lavozimi: "Alfa Invest Insurance" kompaniyasida direktor oʻrinbosari (ilgari "Alfa Invest" deb nomlangan).

Aloqasi: "Zamon Plus Sarmoya" kuzatuv kengashi aʼzosi. Ikkala kompaniya ("Alfa Invest" va "Zamon Plus Sarmoya")"Ipak Yoʻli Banki"da muhim ulushlarga ega boʻlgan. 

3. "Technological Generation"

Dastlabki aksiyador: Sakenov Rolan.

Hozirgi aksiyador: Kim Irina Vladislavovna. Sakenov 2020 yilda "Alfa Invest Insurance"da yuqori lavozimni egallagan. 

Bundan xulosa qilish mumkinki, "Steel Quality Business"ning aksiyadorlari "Alfa Invest" va "Ipak Yoʻli Banki" bilan kuchli aloqalarga ega. Quyidagi maʼlumotlar esa buni yanada tasdiqlaydi:

— Kompaniyaning dastlabki manzili "Alfa Insurance" ("Alfa Invest"ning shoʻba korxonasi) manzili bilan bir xil boʻlgan.

— "Ipak Yoʻli Banki" Nur turar-joy majmuasi loyihasini moliyalashtirgan.

— Aksiyadorlar oʻrtasidagi bogʻliqlik professional nomzodlarning qatnashgani yoki uchinchi tomon manfaatdorligini bildirishi mumkin (biroq bu aniq emas). 

Mazkur kutilmagan toʻqnashuvlar yuzasidan "Steel Quality Business" va "Ipak Yoʻli Banki"idan izoh olish uchun soʻrovlar yuborilgan, ammo javob kelmagan.

Shuncha urinishga qaramay oʻz kuchini yoʻqotmagan qaror taʼsirida qolgan aholining taʼkidlashicha, ularning uylarini buzish toʻgʻrisidagi hukumat qarori haqida ularga hokimning oʻrinbosari yigʻilishda xabar bergan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, hokim oʻrinbosari aholi savol berishini kutmay yigʻilishni tark etgan. Mazkur yigʻilishda qatnashgan mahalla (mahalliy kengash) sobiq raisi boʻlgan Fathulla Toshpoʻlatov 2022 yil 24 aprelda holatni bunday talqin qilgan edi:

“Biz hokim oʻrinbosariga oʻzimizni qiziqtirgan savollarni berish va hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish masalalarini muhokama qilish umidida mahallamizdagi 17-maktabga yigʻildik. Biz u bilan maslahatlashib, barcha buzilish holatlarini muhokama qilmoqchi edik. Yigʻilishda hokim oʻrinbosari qatnashdi, lekin qurilish kompaniyasidan hech kim kelmadi.

Haqiqat shundaki, amaldorlar yigʻilishga keldi, lekin odamlar muammolarni tinglamadi. Ular kelib, qarorlarini oʻqib eshittirishdi, uylarning buzilishi haqida eʼlon qilishdi va hech kimni tinglamasdan ketishdi. Bu nimani anglatadi? U odamlarni nega yigʻdi? Agar ular xalqni tinglamoqchi boʻlmasa, nima uchun bizni yigʻishdi? Odamlar hanuzgacha aziyat chekmoqda", degan u.

2021 yil 10 martda yigʻilgan guvohliklarning koʻpchiligi mazkur qurilishdan norozi boʻlgan. Ulardan biri Niyozbek Yoʻli koʻchasining 4-tor yoʻlagida yashovchi Farida Langer. U oʻz farzandlari va nabiralari bilan shu yerda yashagan, ularning maktablari ham shu atrofda boʻlgan. Unga kompensatsiya taklif qilingan, ammo u norozi boʻlgan. 

Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, Langer oʻz xususiy mulki va yashash joyini saqlab qolish huquqiga ega edi. Shunga qaramay, unga 2020 yil 22 dekabrda  "Steel Quality Business" kompaniyasidan quyidagicha mazmunda xat keladi.

 

"Toshkent shahar hokimining 2017 yil 21 noyabrdagi 1544-sonli qaroriga koʻra, "Steel Quality Business" xususiy kompaniyasiga Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlari oʻrtasida joylashgan, Sharofobod koʻchasidan Malasova va Niyozbek koʻchalarigacha boʻlgan hududdagi yer uchastkasi koʻp qavatli turar-joy majmuasi qurilishi uchun ajratildi. Mazkur qaror ushbu hududda joylashgan turar va noturar joylarning buzilishi hamda egalariga kompensatsiya berilishini koʻzda tutadi", deyiladi xatda.

Unga 40 000 AQSh dollari miqdoridagi kompensatsiyani, ikkilamchi bozordan xonadon xarid qilishni yoki Nur majmuasidan yangi xonadon olishni tanlash taklif qilinadi. Xatda agar siz belgilangan muddat ichida rozilik bildirmasangiz yoki javob bermasangiz, biz sizga nisbatan tegishli daʼvo bilan sudga murojaat qilishga majbur boʻlamiz, deya ogohlantirish koʻrinishidagi tahdid qilinadi. 

Oradan koʻp vaqt oʻtmay "Steel Quality Business" kompaniyasi Langerni kompensatsiyani qabul qilishga va uyidan koʻchib ketishiga majbur boʻlishi uchun sudga murojaat qilgan. Dastlabki qarorda sud quruvchining mulkni qanday qoʻlga kiritgani qonuniyligini koʻrib chiqmagan. 

Shuningdek, sud Langerni oʻz uyidan koʻchirish uchun asoslarni ham hisobga olmagan. Ammo sud qarorida mustaqil baholovchi tomonidan Langerning uyi qiymati baholanib, sudga hisobot topshirilishi belgilangan edi.

"Meni sudga olib borishdi. Juda asabiy boʻldim. Oyoqlarim ogʻridi, baʼzan qon bosimim oshib ketadi. Yoshim katta, 66 yoshdaman. Men ulardan koʻp narsa soʻramadim. Faqat uyimning umumiy maydoni uchun kompensatsiya qilishlarini soʻradim. Nabiram birinchi sinfdan beri shu yerda maktabga qatnaydi. Hozir yettinchi sinfda. Shunday ekan, ulardan menga bir xonali, farzandlarimga esa ikki xonali xonadon berishlarini soʻradim. Men ulardan hech qanday bemaʼni narsani talab qilganim yoʻq", deydi ayol.

Keyinchalik "Steel Quality Business" kompaniyasi Langerni sudga bergan ishini qaytarib olgan. Langer kompensatsiyani qabul qilishga qaror qildi va oʻz uyidan chiqib ketadi...

Birgina ushbu holat Niyozbek Yoʻli koʻchasidagi holat Oʻzbekistonda xususiy mulk huquqlarini buzib, davlat tomonidan uylarni majburiy ravishda olib qoʻyilayotganini, bu esa koʻchmas mulk rivojlanishiga xalaqit berayotganini koʻrsatmoqda. Shuningdek, mulk va inson huquqlarining davlat organlari tomonidan buzilishi, sud tizimidagi zaifliklar, aholining samarali yechimga erishish imkoniyatlari cheklanganligini isbotlab bermoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi

XI Yevropa kino festivali 23–25-oktabr kunlari Toshkentda, 27-oktabr kuni esa ilk bor Urganchda o‘tkaziladi. Dasturdan 10 ta Yevropa davlati taqdim etgan 11 ta film o‘rin olgan. Barcha namoyishlar bepul.

Madaniy

13.10.2026, 10:26

MrBeast Toshkentga keladi

Dunyoga mashhur YouTube blogeri MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentdagi tadbirda ishtirok etadi. Uchrashuv formati, qatnashish shartlari haqida maqolada batafsil bilib oling.

Oʻzbekiston

09.10.2026, 09:32

Toshkentda Yevropa Ittifoqining 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkita tadbiriga jurnalistlar taklif etilmoqda

Yevropa Ittifoqi Toshkentda ikkita xalqaro tadbir o‘tkazadi: Transkaspiy transport yo‘lagi konferensiyasi va Yevropa tillari kuni

Oʻzbekiston

26.09.2026, 10:08

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi

Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuk, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston

15.09.2026, 11:46

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?

Toşkent şahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun yöriqnoma e'lon qildi. Unda şartnoma tuziş va pul tölaşdan oldin quriliş obyektining qonuniyligini tekşiriş böyiça tavsiyalar berilgan.

Oʻzbekiston

26.08.2026, 09:52

O‘zbekistonda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlanmoqda

Forum uch shaharda besh kun davom etib, 50 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin mehmon ishtirok etadi.

Madaniy

06.07.2026, 13:02

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Madaniy

16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

Rasm sun'iy intellektda yaratildi

Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi: O‘zbekistonda holat qanday?

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sur’ati 2027-yilda 5,3 foizga pastlaydi.

Iqtisodiyot

15.10.2026, 17:15

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi

Voyaga yetmaganlar bilan nikoh munosabatlariga kirishish, ularni turmushga berish yoki uylantirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan nikoh bo‘yicha diniy marosim o‘tkazish uchun jarimalar kuchaytirildi.

Oʻzbekiston

15.10.2026, 16:35

Xitoy eksporti 2026-yilda 36,3 foizga oshdi

Xitoy eksporti rekord darajada o'sgan bo'lsa-da, ichki iste’mol va investitsiyalar sustligicha qolmoqda. 

Iqtisodiyot

15.10.2026, 16:02

Turkiyalik reper Lvbel C5 ga turk adabiyotini o‘rganish sharti qo‘yildi

Lvbel C5 taxallusli reper "Kahpe" qo‘shig‘ining so‘zlari tufayli Istanbulda qo‘lga olindi. Qo‘shiqchi sud nazorati ostida turk adabiyoti bo‘yicha tahsil olish sharti bilan ozod etildi.

Jahon

15.10.2026, 14:52

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

Tilanchilik qilganlik uchun qonunda qanday choralar belgilangan?

Oʻzbekiston

15.10.2026, 14:37

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi

SpaceX kompaniyasi Ukrainada harakatlanayotgan Starlink terminallari tezligini chekladi. Ilon Maskning ta’kidlashicha, Starshield tizimiga oid tezlik va foydalanish cheklovlarini AQSh harbiylari belgilaydi.

Jahon

15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?

Xitoy 2027-yil 1-apreldan yangi energiya avtomobillari eksportida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) qaytarish stavkasini 13 foizdan 9 foizga tushiradi. Bu ishlab chiqaruvchilarning eksportdan oladigan foydasiga ta’sir qilishi mumkin.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 16:59

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan yangi choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi. Uning bayonoti AQSh va Isroil rahbarlari Eron bo‘yicha yangi harbiy operatsiyani muhokama qilgani haqidagi xabarlar ortidan yangradi.

Jahon

14.10.2026, 15:25

Kolumbiya nikohsiz tug‘ilishlar ulushi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

Our World in Data jahonning 37 davlatida nikohsiz tug‘ilishlar statistikasini e’lon qildi.

Jahon

14.10.2026, 15:12

Honda elektromobillarni simsiz quvvatlash tizimini ishlab chiqmoqda

Honda elektr yuk mashinalarini avtomagistralda harakatlanayotgan paytida simsiz quvvatlash texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqchi.

Fan-texnologiya

14.10.2026, 12:28

Qozog‘iston Tengizdagi avariya sababli 6 mln tonna neft qazib ololmadi

Qozog‘iston 2026-yilda Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK) infratuzilmasidagi muammolar va Tengiz konidagi avariya sababli qariyb 6 mln tonna neft qazib ololmadi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin ma’lum qildi.

Iqtisodiyot

14.10.2026, 12:22

Rossiyada migrantlar uchun majburiy imtihon bekor qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ayrim xorijiy ishchilarni rus tili, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon topshirish talabidan ozod etishni taklif qildi. Bu barcha migrantlarga taalluqli emas.

Siyosat

13.10.2026, 17:06

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ta’lim va ilm-fan vazirligi fuqarolarni soxta xabarlardan ehtiyot bo’lishga chaqirdi.

Ta'lim

13.10.2026, 16:30

Ozarbayjonda maktab formasi qoidalariga qarshi noroziliklarda 37 kishi hibsga olindi

Bokuda maktablarda yagona forma talablariga, jumladan diniy kiyimlarga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi noroziliklar ortidan 37 kishi hibsga olingani xabar qilindi. Hodisalar yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Jahon

13.10.2026, 11:48

Aholining banklar oldidagi qarzdorligi 10,6% ga oshdi

2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldig‘i 243,6 trln so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodiyot

13.10.2026, 11:02

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi

XI Yevropa kino festivali 23–25-oktabr kunlari Toshkentda, 27-oktabr kuni esa ilk bor Urganchda o‘tkaziladi. Dasturdan 10 ta Yevropa davlati taqdim etgan 11 ta film o‘rin olgan. Barcha namoyishlar bepul.

Madaniy

13.10.2026, 10:26

Yangi Toshkent uchun qancha yer maydoni ajratiladi?

Yangi Toshkentda Toshkent shahrining har bir tumani va mamlakatning qolgan 13 ta hududiga 100 gektardan yer ajratiladi. Bu hududlarda mahallalar tashkil etish va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston

12.10.2026, 17:00

Eng norozi avlod

Zoomerlar siyosiy kuchga aylanayaptimi? 

Madaniy

12.10.2026, 10:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →