Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.
Siyosat
06.11.2026, 10:32
Ulashish:

India Today
Özbekiston SSRda tuğilgan Serdjio Gor Marko Rubioning örnini egallaşi mumkin bölgan nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Biroq uning özi bu xabarlarni rad etdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida yuqori lavozimlar uçun ehtimoliy nomzodlar muhokama qilinmoqda. The Washington Sun naşrining 10 nafar manbaga tayanib yozişiça, AQŞning Hindistondagi elçisi va Janubiy hamda Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serdjio Gor davlat kotibi Marko Rubioning örnini egallaşi mumkin.
Naşr ma’lumotlariga köra, Gor Oq uy rahbari lavozimi uçun ham ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida körilmoqda. Bu haqdagi xabarlar 3 noyabr kuni bölib ötgan oraliq saylovlardan keyin Tramp ma’muriyatida kadrlar almaşinuvi ehtimoli ortgani fonida tarqaldi.
Biroq Serdjio Gor boşqa lavozimga ötiş niyati yöqligini bildirdi. U Marko Rubioni "almaştirib bölmaydigan" davlat kotibi deb atadi. Oq uy va AQŞ Davlat departamenti ham bu xabarlarni rad etgan.
Toşkentdan AQŞ siyosiy doiralarigaça
Serdjio Gor 1986 yil 30 noyabrda Toşkentda, öşa paytda Sovet Ittifoqi tarkibida bölgan Özbekiston SSRda tuğilgan. Times of Malta va Organized Crime and Corruption Reporting Project (OCCRP) qöşma suriştiruvida uning tuğilganidagi ismi Sergey Goroxovskiy bölgani aniqlangan.

Jurnalistlar bu ma’lumotni Malta köçmas mulk reyestridan olingan, notarial tasdiqlangan hujjat asosida aniqlagan. Gorning oilasi 1990-yillarda Maltaga köçib ötgan. Keyinçalik u AQŞga borib, siyosiy faoliyatini boşlagan.
Gorning yahudiy kelib çiqişiga ega oilada tuğilgani, onasi Leya Goroxovskaya Isroil fuqarosi bölgani haqida ham ma’lumotlar mavjud.
U 2008 yilda George Washington Universityni siyosatşunoslik va xalqaro munosabatlar yönalişida tamomlagan. Siyosiy faoliyatining dastlabki bosqiçida Respublikaçilar partiyasi vakillari bilan işlagan. Jumladan, Jon Makkeyn va Rend Pol kabi siyosatçilar bilan hamkorlik qilgan.
Keyinçalik Gor Donald Trampning siyosiy jamoasiga qöşildi. U Trampning saylov kampaniyasi va mablağ yiğiş işlarida qatnaşdi.
Tramp ma’muriyatidagi ta’siri
Gor Trampning birinçi va ikkinçi prezidentlik davrlari oraliğida ham uning siyosiy doirasida faol bölib qoldi. U Oq uyning Prezident kadrlar boşqarmasiga rahbarlik qilgan. Uşbu lavozimda davlat idoralariga siyosiy tayinlovlarni amalga oşiriş va nomzodlarni tekşiriş bilan şuğullangan.

The Washington Sun yozişiça, Gorning Tramp bilan yaqin aloqalari va yuqori darajadagi uçraşuvlarda tobora köproq qatnaşişi uning ta’sirini elçilik vazifasidan taşqariga olib çiqqan.
U AQŞning Hindistondagi elçisi sifatida yuqori martabali amerikalik amaldorlarning taşriflarini taşkil etişda qatnaşgan. Şuningdek, Hindistondan taşqaridagi diplomatik uçraşuvlarda, jumladan, Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bilan muloqotlarda ham iştirok etgan.
Gor AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Özbekistonga taşrifini taşkil etişda ham muhim rol öynagan. Uning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakil sifatidagi faoliyati ham mintaqadagi diplomatik aloqalar bilan boğliq.
Gor Rubioning örnini egallaydimi?
The Washington Sun manbalarining ta’kidlaşiça, Tramp ma’muriyatidagi ayrim siyosiy doiralarda Marko Rubioning kelajakda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş uçun hukumatdan ketişi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Biroq Rubio ham, Oq uy rahbari Syuzi Uayls ham ma’muriyatni tark etiş niyatini oçiq bildirmagan.
Serdjio Gor esa davlat kotibi lavozimiga da’vogarlik qilayotgani haqidagi xabarlarni keskin rad etdi.
"Bu xabar mutlaqo bema’nilik", — dedi u The Washington Sun naşriga.
Gor Marko Rubioni AQŞ tarixidagi eng malakali, eng tajribali va eng yaxşi davlat kotibi deb atadi. U Rubioni almaştirib bölmasligini, uni yaqin dösti deb bilişini va boşqa lavozimga ötişga qiziqişi yöqligini ta’kidladi.

AQŞ Davlat departamentining global jamoatçilik bilan aloqalar böyiça yordamçisi Dilan Jonson ham xabarlarni rad etib, Rubio va Gor örtasida yaxşi iş munosabatlari hamda şaxsiy döstlik borligini bildirdi.
Hozirça Serdjio Gorning AQŞ davlat kotibi yoki Oq uy rahbari lavozimiga tayinlanişi haqida rasmiy qaror yöq. Uning nomzodi haqidagi xabarlar manbalar ma’lumotlariga asoslangan taxminligiça qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi
Siyosat
20.08.2026, 16:33

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp
Jahon
11.07.2026, 11:14

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
