Oʻzbekistonda olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda borligi aniqlandi

Bir necha kun avval "Ayrtom" chegara oʻtkazish punkti orqali 26 ta transport birligida Pokiston davlatidan olib kirilgan mandarin partiyasida karantinosti zararkunanda borligi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Oʻzbekistonda olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda borligi aniqlandi

Oʻzbekistonda olib kirilgan mandarinlarda zararkunanda borligi aniqlandi

Import qilingan mandarinlar laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilganida ularda "Qizil pomeranes" qalqondori mavjudligi aniqlangan. 

Mazkur turdagi hasharot limon, xurmo, anjir, olma, olxoʻri, zaytun, uzum kabi oʻsimliklarning shirasi bilan oziqlanib, ularning hosildorligiga taʼsir koʻrsatadi. Asosan Pokiston, Afgʻoniston, Jazoir, Angola, Gvineya, Misr, Tanzaniya, Janubiy Afrika hududida tarqalgan. 

Holatga oydinlik kiritish maqsadida Karantin agentligi Pokiston karantin xizmati bilan bogʻlangan. Muloqotda Pokiston tomoni dekabr oyida Oʻzbekistonga mandarin eksporti uchun fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib berilmaganligini maʼlum qilgan. 

Shundan keyin Pokistondan import boʻlgan mahsulot uchun rasmiylashtirilgan 30 dan ortiq fitosanitariya sertifikati qalbaki ekanligi aniqlangan. 

Taʼkidlanishicha, Pokistondan mandarin eksporti uchun import karantin ruxsatnomasi (IKR) rasmiylashtirilishi vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Oʻzbekiston

23.12.2024, 12:02

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, hokimiyat balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, fuqarodan 18 ming 500 AQSh dollar talab qilib, 9500 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

04.07.2025, 09:30

Sirdaryoda yuz bergan YTH natijasida bir kishi vafot etdi

Boshqaruvni yoʻqotgan “Lacetti”ning yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa urilishi va shu yoʻnalishda kelayotgan avtobus bilan toʻqnashishi bir kishining oʻlimiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 19:34

Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

Shoir va mutafakkir Muhammad Fuzuliy nomi bilan ataladigan bu shahar azaldan Qorabogʻning "janubiy darvozasi" hisoblanadi.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 18:41

Gʻazoda Isroil hujumlari oqibatida bir sutkada 63 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroil armiyasining bugun Gʻazo sektoridagi turli hududlarga amalga oshirgan havo va artilleriya zarbalari natijasida kamida 63 nafar falastinlik halok boʻldi. Ularning 31 nafari insonparvarlik yordamini kutayotgan kishilar edi.

Jahon

03.07.2025, 17:43

Bankdan 90 ming dollarni talon-toroj qilganlar qoʻlga olindi – poytaxt IIBB

Bir necha shaxslar bank kartasida mavjud 90 ming AQSh dollarini naqdlashtirish maqsadida POS-terminalga yolgʻon axborot kiritish yoʻli bilan 90 ming AQSh dollarini olib ketgan.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 16:34

Ozarbayjonda barcha rus maktablarini yopish haqidagi xabar rad etildi

Rus tilida taʼlim beradigan maktablar yopilishi mumkinligi haqidaga maʼlumot bir maktabdagi manba tomonidan tasdiqlagandi. 

Jahon

03.07.2025, 15:33

Bir oyda 135,6 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlandi, huquqbuzarliklar boʻyicha 471 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi. 

Oʻzbekiston

03.07.2025, 15:24

Yevropada anomal issiq sabab toʻrt kishi vafot etdi

Havo haroratining keskin isib ketishi oqibatida Fransiya va Ispaniyada ikkitadan odam vafot etdi.

Jahon

03.07.2025, 14:21

Chevrolet Tracker’ning yangilangan modeli namoyish qilindi

Chevrolet oʻzining ommabop krossoveri Tracker’ning restayling qilingan versiyasini rasman namoyish qildi. Yangi model ikki qavatli old yorugʻlik uskunalari va sezilarli darajada yangilangan salon bilan ajralib turadi.

Jahon

03.07.2025, 12:41

Oʻzbekistonda xususiy OTM ochish uchun qoʻshimcha shartlari belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga koʻra, oliy taʼlim muassasi ochmoqchi boʻlgan talabgor dastlabki ustav fondini 2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishi zarur.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 11:45

Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi

Oʻzbekiston MTJ sardoriga 8 million yevro  evaziga “Istanbul Bashakshehir” klubiga oʻtishi kutilmoqda.

Sport

03.07.2025, 10:20

Bugun havo harorati 46 gradusgacha koʻtariladi

Bugun kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 38-43°, shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46° gacha boʻladi.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 10:00