Yevropa uchun Oʻzbekistondagi inson huquqlari endi muhim emasmi?
Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan soʻng, bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlarining Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi sezilarli darajada ortdi. Bu holat mintaqadagi geosiyosiy muvozanat oʻzgarayotgani, shuningdek, Yevropa Ittifoqining yangi tashqi siyosiy strategiyasidan dalolat beradi.
Siyosat
05.06.2025, 16:22
Ulashish:

Misol uchun, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan koʻrishib hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Oʻzbekiston bilan oʻzaro munosabatlarni yanada faollashtirib, iqtisodiy va xavfsizlik yoʻnalishlarida muloqotniyaxshilanayotganini aytgan edi. Bundan tashqari, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ham Samarqandga tashrifi mobaynida strategik hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim kelishuvlarni imzoladi.
Joriy yilning 4 aprel kuni Samarqandda boʻlib oʻtgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammitida "Human Right Watch" tashkilotidan Iskra Kirova Yevropa yetakchilaridan Oʻzbekistonda inson huquqlari holati yuzasidan ochiqchasiga muhokama yuritishga chaqirgan edi. Biroq sammit davomida inson huquqlari va diniy erkinlik rasmiy bayonotlarda alohida tilga olinmadi yoki keng ommaga ochiqlanmadi.
Siyosatshunos Farhod Tolipovning "PARADIGMA.UZ" nashriga bergan intervyusida aytishicha, soʻnggi paytlarda inson huquqlari masalasining Yevropa Ittifoqi tomonidan ochiq muhokama qilinmasligi diplomatik yondashuvdagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq.
"Bu masala balki sal yumshatilgan tarzda ifodalanayotgandir, ammo kun tartibidan butunlay chiqarib tashlangan emas. Masalan, yaqinda Dublin shahrida inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilayotgan ayol faol mukofot bilan taqdirlandi", — degan u.
Uning soʻzlariga koʻra, qars ikki qoʻldan chiqadi degan maqolni eslasak, yevropaliklar oʻz qoʻlini choʻzish orqali doʻstlik va sheriklikni taklif qilmoqda.
"Albatta, ular uchun diktatorlar, avtoritar rejimlar bilan hamkorlik qilinmasligi kerak. Yevropa bunday rejimlardan tarixda juda koʻp jabr koʻrdi. Shu sababli, ular faqat demokratik yoʻlni tanlagan davlatlar bilan doʻstlashishni maqsad qiladi. Agar biz ham ulardan katta yordam kutayotgan boʻlsak, hamkorlikni jadallashtirishni istasak, soʻnggi sammitlar, bayonotlar va tadbirlar shuni koʻrsatmoqda – bizda intilish bor, istak bor", -degan siyosatshunos.
Tolipov Yevropa Ittifoqining bu yondashuvini "shartsiz doʻstlik" emas, balki demokratik islohotlar evaziga taklif qilinayotgan sheriklik deb hisoblaydi. Uningcha, agar Oʻzbekiston inson huquqlari va soʻz erkinligi boʻyicha yanada amaliy va chuqur islohotlarni amalga oshirsa, Yevropa va AQSh kabi strategik hamkorlardan katta yordam olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Siyosat
05.06.2025, 16:22
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa davlati eshiklarini ochmoqda: 500 ming muhojir qabul qilinadi
Jahon
03.11.2025, 09:26

Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vazirini qabul qildi
Siyosat
15.10.2025, 14:36

YI elchisi: Oʻzbekiston yashil kelajak sari qadam tashlamoqda
Siyosat
27.09.2025, 12:54

Fransiyada 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Jahon
11.06.2025, 16:41

Oʻzbekiston Rossiyadagi migrantlarning huquqlari buzilganligi yuzasidan Federatsiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi
Oʻzbekiston
11.06.2025, 11:07

"Kimgadir yoqadimi-yoʻqmi, biz YI bilan hamkorlikni davom ettiramiz" — Abdulaziz Komilov
Oʻzbekiston
02.06.2025, 17:28
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
So‘nggi yangiliklar

2025 yil Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi
Jahon
10.12.2025, 18:25

Oʻzbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz tartibga oʻtadi
Iqtisodiyot
10.12.2025, 17:05
Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi
Jahon
10.12.2025, 16:41

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 4,5 foizgacha qisqaradi
Oʻzbekiston
10.12.2025, 15:14

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin
Oʻzbekiston
10.12.2025, 11:10

Oʻzbekiston va Al-Azhar oʻrtasida yangi ilmiy hamkorlik loyihalari yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
10.12.2025, 10:14

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona
Jahon
09.12.2025, 19:00

Oʻzbekistonda 70 ga yaqin onlayn qimor platformalari bloklandi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:48

Markaziy Bank plastik kartadan noqonuniy pul yechib olinishi yuzasidan munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 14:40

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?
Oʻzbekiston
09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi
Oʻzbekiston
09.12.2025, 09:01
Mashhur yangiliklar

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?
Oʻzbekiston
28.11.2025, 16:27

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01
