Oʻzbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamgʻarma tashkil etiladi
Yaqin Sharqda Falastin mojarosi avj olgan beri Oʻzbekiston hukumati mojaroni xalqaro huquq normalari asosida tinch yoʻl bilan tezroq hal etish tarafdori boʻlib kelmoqda.
Siyosat
15.08.2025, 00:57
Ulashish:

Mamlakat prezidenti bu boradagi mamlakat pozitsiyasini turli xil xalqaro va mahalliy darajadagi yigʻilishlarda gapirmoqda.
2023 yil 3 noyabr kuni prezident Sh.Mirziyoyev tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni toʻxtatishga, oʻt ochishni toʻxtatishga va gumanitar maqsadlarda sulhga oʻtishga chaqirdi.
Unga koʻra. Yaqin Sharqdagi bu muammoning yagona va eng adolatli yechimi "ikki xalq uchun ikki davlat" tamoyili asosida qabul qilinishi kerak. BMT rezolyutsiyalarida belgilanganidek, Falastin xalqi mustaqil davlat tuzish huquqiga ega.
2023 yil noyabr oyida Sh.Mirziyoyev BMTning Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA) Gʻazo sektoridagi falastinlik qochqinlarga yordam berish uchun 1,5 million dollar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagan edi.
2024 yil 26 dekabr kuni 100 nafar yaralangan falastinlik ayollar va bolalar kuzatuvchilari bilan birga Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan edi.
Ular vaqtincha yashash joylariga joylashtirildi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, kerakli dori-darmonlar va kundalik ehtiyojlar bilan toʻliq taʼminlandi.
Falastindan Oʻzbekistonga olib kelingan fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Joriy yilning 12 avgust kuni bu yoʻnalishda alohida chora-tadbirlardan iborat prezident farmoni qabul qilindi. Uning maqsadi – Oʻzbekistondagi falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Prezident farmoni koʻra:
- Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqa tayinlanadi;
- har bir mehnat yoshidagi mehmon (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bundan mustasno) uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida yashash nafaqasi joriy etiladi;
- mehmonlarning har bir oilasiga yashash manzili boʻyicha uy-joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi;
- mehmonlarga farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda dafn etish uchun nafaqa toʻlovi Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi;
- mehmonlarning har bir oilasiga birlamchi zaruriy vositalar xaridi uchun bir martalik koʻtarma pul qoʻshimcha toʻlab beriladi;
- mehmonlarning oila aʼzolariga shaxsiy hamrohlik qilish va individual koʻmak koʻrsatish uchun bittadan mahalladagi ijtimoiy xodim biriktiriladi.
Siyosat
15.08.2025, 00:57
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
