"Qoʻli qichigan" oʻqituvchi endi direktor oʻrinbosarini kaltakladi
Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabida bolani kaltaklagan rus tili oʻqituvchisi boshqa bir qancha huquqbuzarliklarni sodir etgani sababli javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Oʻzbekiston
26.09.2024, 14:01
Ulashish:

"Qoʻli qichigan" oʻqituvchi endi direktor oʻrinbosarini kaltakladi
Unda yozilishicha, joriy yilning 24 sentabr kuni 1980 yilda tugʻilgan R.O. qizi J.R. (2010 yilda tugʻilgan) tahsil oladigan Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib qolgan. Shundan soʻng maktab direktorining MMIB (maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha) oʻrinbosari Gʻ.M.ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.
"Ayoldan jamoat joyida tartibiga rioya qilishi soʻralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan gʻayriijtimoiy munosabatda boʻlib, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik koʻrsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. koʻplab maktab oʻquvchilari koʻz oʻngida sodir etgan", deyiladi ombudsman xabarida.
25 sentabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan. R.O. sud tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197 (5) moddasi (taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) bilan aybdor deb topilgan.
Unga nisbatan BHMning 3 baravari (1 020 000 soʻm) hamda 7 baravari (2 380 000 soʻm) jarima tayinlangan. Shuningdek, uzil-kesil jazo sifatida 7 sutka maʼmuriy qamoq chorasi qoʻllanilgan. Bu faqatgina direktor oʻrinbosariga nisbatan qilgan xatti-harakatlari uchun jazo edi.
Hozirda R.O.ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabda 6-sinf oʻquvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmaniga koʻra, pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus psixologik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Nomunosib xulqli, bola sogʻligʻi uchun xavfli shaxslar taʼlim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Oʻzbekistonning ichki ishiga aralashib, Chilonzor tumani 188-maktabda yuz bergan holat boʻyicha Oʻzbekiston hukumatidan bu vaziyatga izoh berishini soʻragan edi.
Oʻzbekiston
26.09.2024, 14:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
30.01.2026, 10:29

9 yoshli bolaga jarohat yetkazgan oʻsmirning onasi jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
15.10.2025, 10:31

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari ochiladi
Ta'lim
02.10.2025, 11:52

B2 sertifikati yoʻq ingliz tili oʻqituvchilari yil oxirigacha ishlaydi
Ta'lim
25.09.2025, 17:08

Toshkentda oʻquvchilar oldida oʻqituvchilarni haqorat qilgan direktor ishdan boʻshatildi
Ta'lim
12.09.2025, 09:03
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
