9 yoshli bolaga jarohat yetkazgan oʻsmirning onasi jarimaga tortildi

Bektemir tumanida 9-sinf oʻquvchisi 3-sinf oʻquvchisiga tan jarohati yetkazgani haqidagi holat boʻyicha oʻsmirning onasi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ulashish:

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 4 oktabr kuni taxminan soat 16:20 larda Bektemir tumanidagi 290-sonli maktab hovlisida 2010 yilda tugʻilgan S.A. hamda 2016 yilda tugʻilgan F.A. oʻrtasida ogʻzaki janjal kelib chiqqan. Janjal chogʻida S.A. velosipedda ketib borayotgan F.A.ni oyogʻi bilan tepib yuborgan, natijada 9 yoshli bola yiqilib jarohat olgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, F.A. yuz qismi, yelka va qoʻl sohalarida yengil tan jarohatlari olgan. Bu jarohatlar sogʻliqni qisqa muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil tan jarohati sifatida baholangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan va ish Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazoratiga olingan.

Hozirda voyaga yetmagan S.A.ning onasiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik”) asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, u jarimaga tortildi.

Shuningdek, maktab maʼmuriyati va ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar koʻrildi.

Oʻzbekiston

15.10.2025, 10:31

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbulning Bekirkyoy tumanida oʻzbek maktabi qurilishini boshlab berdilar.

Oʻzbekiston

30.01.2026, 10:29

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari ochiladi

MMTV Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari, shuningdek vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim va kasbiy taʼlim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi.

Ta'lim

02.10.2025, 11:52

B2 sertifikati yoʻq ingliz tili oʻqituvchilari yil oxirigacha ishlaydi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 15 sentabrdagi buyrugʻiga koʻra, xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglar 2025 yil yakuniga qadar ishlashda davom etishi mumkin.

Ta'lim

25.09.2025, 17:08

Toshkentda oʻquvchilar oldida oʻqituvchilarni haqorat qilgan direktor ishdan boʻshatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Uchtepa tumanidagi 62-maktab direktori 1-sinf oʻquvchilari oldida maktabning ayol oʻqituvchilarini haqorat qilayotgani aks etgan.

Ta'lim

12.09.2025, 09:03

Oʻzbekistonda olti oyda 68 ta yangi maktab qurildi

Ularning 34 tasi, yaʼni teng yarmi qishloqlarda qurilgan.

Oʻzbekiston

26.08.2025, 13:14

So‘nggi yangiliklar

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51