updated: 22.03.2026, 16:07

Rim papasi Falastin davlatini tan olishga chaqirdi

Rim papasi Lev XIV Falastin–Isroil mojarosining «yagona adolatli yechimi» Falastin davlatini tuzish va uni xalqaro darajada tan olish ekanini taʼkidladi. "Falastin davlatini tan olish — mojaroni hal qilishning yagona toʻgʻri yoʻli deb hisoblaymiz», — dedi u.

Jahon

02.12.2025, 16:20

Ulashish:

Rim papasi Falastin davlatini tan olishga chaqirdi

Bu haqda u Turkiyadan Livanga parvoz vaqtida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Papaning aytishicha, Vatikan har ikki tomon bilan doʻst sifatida muloqot qilib, adolatli yechimga erishishda vositachilik qilishga tayyor.

«Hammamiz bilamizki, Isroil bu qarorni hozircha qabul qilmayapti. Ammo biz Falastin davlatini tan olish — mojaroni hal qilishning yagona toʻgʻri yoʻli deb hisoblaymiz», — dedi Lev XIV.

Bu Rim papasi saylangandan keyingi birinchi xorijiy tashrifi boʻlib, 27 noyabrda Turkiyada boshlangan va 2 dekabrda Livanda davom etmoqda.

Vatikan Falastinni avvaldan tan olgan

Vatikan Falastin davlatini 2015 yilda rasman tan olgan. Bu Fransisk papa taxtiga chiqqanidan ikki yil oʻtgach amalga oshirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Vatikan amalda 2013 yildan boshlab Falastinni tan olgan, oʻsha yili Falastin BMTda kuzatuvchi maqomini olgan.

Isroil esa oʻsha paytda Vatikanning mazkur qarori Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoniga yordam bermasligini bildirgan.

Isroil pozitsiyasi oʻzgarmagan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu noyabr oyi oʻrtalarida Falastin davlatiga qarshi ekanini yana bir bor takrorlagan. U sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ham Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada tomonidan Falastinni tan olishni «sharmandali qaror» deb atagan edi.

Jahon

02.12.2025, 16:20

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil Gʻazo sektoriga hujumlarni toʻxtatgani aytilmoqda

Isroil nashrlarining  xabar qilishicha, Isroil armiyasiga Gʻazoga hujumlarning shiddatini kamaytirish boʻyicha koʻrsatma berilgan va yaqin vaqt ichida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. HAMAS ham muloqotga tayyor ekanini bildirib, barcha garovdagilarni ozod qilishga, halok boʻlganlarning jasadlarini topshirishga va Gʻazoni texnokratlar hukumati boshqarishiga rozi boʻlishini maʼlum qildi.

Jahon

04.10.2025, 12:31

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqi. 

Siyosat

04.07.2025, 16:28

Gʻazoda Isroil hujumlari oqibatida bir sutkada 63 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroil armiyasining bugun Gʻazo sektoridagi turli hududlarga amalga oshirgan havo va artilleriya zarbalari natijasida kamida 63 nafar falastinlik halok boʻldi. Ularning 31 nafari insonparvarlik yordamini kutayotgan kishilar edi.

Jahon

03.07.2025, 17:43

BMT rahbari Isroilning Rafah lageriga uyushtirgan zarbasini qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 45 nafar falastinlik halok boʻlgan Rafah qochqinlar lageriga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarbani keskin qoraladi. Bu haqda seshanba kuni uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.

Jahon

29.05.2024, 14:27

AQSh bir qator Yevropa davlatlarining Falastinni tan olish qarorini qoʻllab-quvvatlamadi

AQSh bir qator Yevropa davlatlarining Falastinni tan olish qarorini qoʻllab-quvvatlamadi

Chorshanba kuni AQSh maʼmuriyati Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyaning Falastinni tan olish qarorini tanqid qilib, Falastin davlatchiligiga “bir tomonlama tan olish” orqali erishib boʻlmasligini taʼkidladi.

Siyosat

23.05.2024, 11:12

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi / foto: Al Jazeera /

Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektori markazidagi Dayr al-Bala shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi, deb xabar berdi Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA.

Jahon

13.05.2024, 10:05

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45