updated: 22.03.2026, 06:46

Shahrisabz shahrida mast fuqaro qurol yordamida qotillik sodir etdi

Aniqlashtirilishicha, qotillik qoʻlbola usulda yasalgan qurol orqali 2024-yilning 29-mart kuni taxminan 19:30 da  sodir etilgan.

Ulashish:

Shahrisabz shahrida mast fuqaro qurol yordamida qotillik sodir etdi

Bildirilishicha, ulfatlar kafeda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda bazm pulini toʻlash ustida tortishib qolgan.

Sh.U. tanishi T.A.ga yoʻlda kelayotgan paytda 50 ming soʻm pul berganligini, shu bois ovqatlanish xarajatini toʻliq toʻlashini aytgan. Sherigi esa unga hamma pulni toʻlamasligini bildirib, undan olgan 50 ming soʻm pulini qaytarib bergan. U.Sh. pulni olmasdan unga “Pulni choʻntagingga solib qoʻy”, deya jahl qilib, avtomobilidagi temir quvurdan qoʻlbola usulda yasalgan qurolni olib, sherigining boshiga bir marta oʻq uzgan. Hamda voqea joyidan ketib qolgan. Natijada T.A. olgan tan jarohati oqibatida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilganligi aytilmoqda.

Qoʻshimcha qilinishicha, sherigiga oʻq uzgan U.Sh. hodisa joyidan qochmoqchi boʻlib, avtomobilida ketayotgan paytda voqea joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda boʻlgan IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan. 

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining 29-mart kuni taqdim etilgan maʼlumotnomasida T.A.ning tanasida ogʻir ochiq teshib oʻtuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metal va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan koʻrinishida tan jarohatlari borligi, ahvoli oʻta ogʻir darajada ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usulda qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Oʻzbekiston

01.04.2024, 12:31

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Qobiljon millatchilik qurboni

Bugungi globallashuv davrida millatchilikning yangi shakllari namoyon boʻlmoqda. Migratsiya oqimlari, iqtisodiy tengsizlik va madaniy idenitet yoʻqolishidan qoʻrquv jamiyatda “biz” va “ular” qarama-qarshiligini kuchaytirmoqda.

Jahon

22.12.2025, 11:02

Tojikistonda Kobiljon Aliyev bilan bogʻliq marosimlar suratga olinishi cheklandi — jurnalistlar

Mahalliy jurnalistlar maʼlum qilishicha, Tojikiston rasmiylariga Kobiljon Aliyevning jasadini olib kelish va dafn marosimlari bilan bogʻliq jarayonlarni suratga olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Jahon

19.12.2025, 10:29

Angrenda qaynonasi va erini oʻldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Angren shahrida sodir boʻlgan shafqatsiz jinoyat yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi. Maʼlumotlarga koʻra, bir ayol oʻz qaynonasi va erini oʻldirgani uchun javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga koʻra, u 12 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Oʻzbekiston

30.10.2025, 14:21

Qashqadaryoda sobiq harbiy xizmatchi ikki ayolni pichoqlab oʻldirdi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ikki nafar ayol pichoqlab oʻldirildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 16:19

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Toshkent tumanida bolalar maydonchasida qotillik yuz berdi

Toshkent tumanida bolalar maydonchasida qotillik yuz berdi

Joriy yilning 12 fevral kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi bolalar maydonchasida 17 yoshli yigit oʻzidan bir yosh katta bolani pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

15.02.2025, 11:31

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45