Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo–Rossiya” sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo–Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda strategik sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy barqarorlikni birgalikda taʼminlashga qaratilgan 10 dan ortiq tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Siyosat
10.10.2025, 13:00
Ulashish:

Foto: Prezident.uz
Xususan:
– birgalikda qabul qilingan qaror va loyihalar ijrosini tezlashtirish uchun hukumat rahbarlari oʻrinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash taʼsis etishni;
– tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonlarini yengillashtirish maqsadida “Markaziy Osiyo–Rossiya agroekspressi” loyihasini ishga tushirishni;
– avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya aloqalari sohasida milliy dasturlarni uygʻunlashtirish uchun mamlakatlarimiz Transport-logistika konturini ishlab chiqish tashabbusini;
– Buxoro shahrida ilgʻor muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan “Markaziy Osiyo–Rossiya” sanoat injiniring xabini tashkil etishni;
– Toshkentda oʻtkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” koʻrgazmali forumiga mintaqaning asosiy sanoat va innovatsiya maydoni maqomini berishni;
– atom energetikasi yoʻnalishida Mintaqaviy kompetensiyalar markazini Oʻzbekistonda tashkil etish, shuningdek, Moskva davlat muhandislik-fizika institutining Toshkent filiali negizida Kadrlar tayyorlash dasturini qabul qilishni;
– “Markaziy Osiyo va Rossiya energetik sherikligi” kompleks dasturini ishlab chiqish, shuningdek, uglevodorodlarni qidirish va qayta ishlash, energiya tejovchi va “yashil” texnologiyalarni joriy etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni;
– Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar boʻyicha Mintaqaviy ekspert kengashini tashkil etish, shuningdek, mamlakatlarda “Skolkovo” innovatsiya markazi filiallarini ochishni;
– “Kelajak muhandislari” konsorsiumini tuzib, Markaziy Osiyo va Rossiyaning yetakchi oliygohlari va ilmiy markazlari salohiyatini birlashtirish hamda yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini taʼsis etishni;
– har yili oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, sanʼati va ijodiyoti festivali — Etnomadaniyat forumini tashkil etishni;
– terrorizm, ekstremizm, kibertahdidlar va odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha birgalikda choralar koʻrish muhimligini qayd etdi hamda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qildi.
Siyosat
10.10.2025, 13:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi
Oʻzbekiston
21.10.2025, 13:12

Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vazirini qabul qildi
Siyosat
15.10.2025, 14:36

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi
Siyosat
14.10.2025, 16:51

Mahalla raislari 5 ming kv m gacha davlat mulklarini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
14.10.2025, 15:31

Oʻzbekiston grezidenti Tojikistonga joʻnab ketdi
Siyosat
09.10.2025, 15:10

Oʻzbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi
Oʻzbekiston
08.10.2025, 19:08
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
